|
MAVZU. KORXONA USTAV, QO’SHILGAN VA REZERV KAPITALLARI AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
|
bet | 136/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditMAVZU. KORXONA USTAV, QO’SHILGAN VA REZERV KAPITALLARI AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
Auditning maqsadi va ma'lumot manbalari
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvini o`tkazishdan maqsad, ustav kapitalining shakllanishi, holati aks ettirilgan moliyaviy hisobot ko`rsatkichlarining ishonchliligi hamda uni hisobga olish uslubiyotining me'yoriy hujjatlarga mosligi to`g`risida fikr bildirishdan iborat.
Ustav, qo`shilgan va zaxira kapitallarini shakllanishi, harakati, shuningdek zaxiralarni tashkil etish va foydalanish auditini o`tkazishda auditor quyidagi asosiy hujjatlarga amal qilishi lozim:
11.1-jadval
Ustav, qo`shilgan va zaxira kapitallari auditini tartibga soluvchi me'yoriy- huquqiy hujjatlar
-
№
|
Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
|
1.
|
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 2002 - yil 30 - avgust holatiga o`zgarishlar bilan. 1996 -yil 29 - avgustda 257-1-sonli O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori
bilan 1997 -yil 1 -martdan kuchga kiritilgan
|
2.
|
O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 2008y.
|
3.
|
«Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni (keyingi o`zgarishlar va qo`shimchalar bilan). 1996 -yil
26 -aprelda qabul qilingan
|
4.
|
«Mas'uliyati cheklangan va qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to`g`risida»gi O`zbekiston
Respublikasi qonuni. 2001 -yil 6 -dekabrda qabul qilingan
|
5.
|
Fermer xojaliklari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni (keyingi o`zgarishlar va
qo`shimchalar bilan). 1998 -yil 30 -aprelda qabul qilingan.
|
6.
|
«Dehqon xojaliklari to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi qonuni (keyingi o`zgarishlar va
qo`shimchalar bilan). 1998 -yil 30 -aprelda qabul qilingan
|
7.
|
«Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to`g`risida'»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni
(keyingi o`zgarishlar va qo`shimchalar bilan). 2001 -yil 12- mayda qabul qilingan
|
8.
|
«Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni. 1996 -yil 30 -
avgustda qabul qilingan.
|
9.
|
Auditorlik faoliyati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni. 2000 -yil 26 -mayda
qabul qilingan
|
10.
|
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 -yil 7 -fevraldagi 31-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to`ldirish qoidalari» (keyingi
o`garishlar va qo`shimchalar bilan)
|
11.
|
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq o`mitasi tomonidan 2002 -yil 17- aprelda 51 va 002-40-sonli qarori bilan qabul qilingan «Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda Nizom kapitallarini (jamg`armalarini) shakllantirmagan xorijiy investitsiyalarga ega bo`lgan korxonalardan soliqlarni undirib olish tartibi to`g`risidagi
Nizom»
|
12.
|
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Mulk qo`mitasi va Davlat Soliq qo`mitasi tomonidan 2002 -yil 25 -martda 47, 10-1-48, 2002-33-sonli qarori bilan qabul qilingan «Xojalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat tasaruffidagi (davlat ulushi) aktsiyalar bo`yicha dividendlarni hisoblash, to`lash va maqsadli foydalanish tartibi
to`g`risida Nizom»
|
13.
|
1-sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya
hisobi milliy standarti (BHMS). O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
|
|
1998- yil 26 -iyulda 17-07G`86-son bilan tasdiqlangan
|
14.
|
19-sonli «Inventarizatsiyani tashkil etish va o`tkazish» O`zbekiston Respublikasi BXMAsi.O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 -yil 19 -oktyabrda EGG`17-19- 2075-son bilan tasdiqlangan
|
Ustav (nizom), qo`shilgan, zaxira kapitali va zaxiralarni shakllanishi va harakatining auditorlik tekshiruvini o`tkazish uchun auditor (auditorlik tashkiloti) tomonidan quyidagi asosiy hujjatlardan foydalaniladi (11.2-jadval):
11.2-jadval
XIII. Audit manbalari
-
№
|
Hujjatlar nomi
|
1.
|
Xojalik yurituvchi subyekt Nizomi
|
2.
|
Ta'sis shartnomasi
|
3.
|
Ta'sischilar majlislarining bayonnomalari
|
4.
|
Davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnoma
|
5.
|
Korxonalarni xususiylashtirish va aktsionerlash bilan bog`liq bo`lgan hujjatlar;
|
6.
|
Statistika, davlat soliq idoralari, nafaqa jamg`armasi, bandlik jamg`armasi, ijtimoiy
sug`urta jamg`armasi idoralarida ro`yxatdan o`tganligi to`g`risida guvohnomalar
|
7.
|
Bank xizmati ko`rsatish to`g`risida guvohnoma
|
8.
|
Ta'sis hujjatlariga kiritilgan va ro`yxatga olingan o`zgarishlar
|
9.
|
Emissiya prospekti
|
10.
|
Aksiyadorlik jamiyatlari uchun aksiyadorlar reestri
|
11.
|
Aksiyadorlarning yillik majlisi bayonnomalaridan ko`chirma
|
12.
|
Aksiyadorlar, ta'sischilarning majlisi bayonnomalaridan ko`chirma
|
13.
|
Direktorlar Kengashi majlislarining qarorlaridan ko`chirma
|
14.
|
Ijro direktsiyasining buyruqlari va farmoyishlari
|
15.
|
Ma'lum bir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruxsatnomalar
|
16.
|
Ta'sischilar va aksiyadorlar bilan yozishuvlar
|
17.
|
Ichki Nizomlar
|
18.
|
Ustav kapitaliga ta'sischilar tomonidan o`z ulushlarini pul, natura, nomoddiy shaklda yoki qimmatli qog`ozlar ko`rinishida kiritilganini tasdiqlovchi hujjatlar (bank
ko`chirmalari, kirim kassa orderlari, Nizom kapitaliga ulush sifatida natura ko`rinishida taqdim etilgan mol-mulkni kirim qilish to`g`risida dalolatnomalar va boshqalar)
|
19.
|
Ustav kapitaliga natura va nomoddiy ko`rinishida kiritiladigan ulushlarning baholash
uslubi
|
20.
|
Xojalik yurituvchi subyekt davlat ro`yxatidan o`tganidan keyingi boshlang`ich faoliyat
davri bo`yicha hisobot
|
21.
|
Moliyaviy hisobot. Dastlabki hujjatlar va hisob registrlari
|
Me'yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o`zida mujassamlashtirgan me'yoriy hujjatlar to`plami zarur. Auditor bunday to`plamni tekshirilayotgan korxonaning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirishi lozim.
|
| |