Ustav kapitali (fondi) auditi




Download 13,28 Mb.
bet138/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Ustav kapitali (fondi) auditi

Ustav kapitali shakllanishining tekshiruvi vaqtida Ustav kapitali o`z vaqtida, ya'ni uning belgilangan muddatlarda shakllanganligi, e'lon qilingan kirim ulushi to`liq kiritilganligi va shakllanish manbalari (ta'sischilarning yoki ishtirokchilarning xususiy mablag`lari hisobiga, uchinchi shaxslar ulushlari hisobiga) aniqlanadi.
Ustav kapitali - bu xojalik yurituvchi subyektning Nizomida ro`yxatga olingan kapitalning eng kam miqdoridir.
Boshqacha qilib aytganda, Nizom kapitali (jamg`armasi) bu korxona tashkil etilishida, uning ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorda faoliyatini amalga oshirish uchun ishtirokchilar (mulk egalari) tomonidan mol-mulkka kiritilgan ulushlarining yig`indisi hisoblanadi.
21-son BHMS1 ga binoan, Korxona ustav kapitalining holati va harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8310 - «Oddiy Aksiyalar»; 8320 - «Imtiyozli aksiyalar»; 8330 - «Pay va ulushlar».
Bozor sharoitida Nizom kapitali, bir tomondan, korxona mol-mulki qiymatini, ikkinchi tomondan esa - ta'sischilar, investorlar oldida korxona


1 21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekitson Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS), O’z R. AV 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan .
.
majburiyatlari bo`yicha summalarni ifoda etadi. Nizom kapitali bo`yicha moliyaviy-xojalik operatsiyalarni aks etish tartibi bo`yicha o`zgarishlar respublikada hosil bo`lgan zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan. Nizom kapitalining shakllanishi amaldagi qonunchilik va ta'sis hujjatlari bilan tartibga solinadi. Nizom kapitalining shakllanishi xojalik subyektining mulkka egalik qilish shaklidan kelib chiqqan holda: aksiyadorlik jamiyatlarida - aksiyadorlar aksiyalarga yozilganligi hisobiga, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda

  • har bir ishtirokchining bergan ulushi hisobiga, davlat korxonalarida-mazkur iqtisodiy subyektga biriktirilgan davlat mulki hisobiga amalga oshiriladi.

Nizom kapitalining tekshiruvida auditor uning summasi haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. U buxgalteriya balansi va xususiy kapital to`g`risidagi hisobotda aks ettiriladi. «Nizom kapitali hisobi bo`yicha schyotlar»ga oid qoldiq korxonaning ta'sis hujjatlarida aks ettirilgan Nizom kapitali miqdoriga muvofiq bo`lishi lozim.
Auditor xojalik subyekti davlat ro`yxatiga olingandan keyin ushbu korxonaning buxgalteriyasida Nizom kapitali ta'sischilarning Nizom kapitaliga ulushlarini kiritish bo`yicha qarzlarini hisobga olish schyotlarining debetlash va Nizom kapitalini hisobga olish bo`yicha schyotlarining kreditlashini hisobga olishlari kerakligini nazarda tutishi lozim.
Agar, tekshirish vaqtida ushbu schyotlar bo`yicha balansdagi qoldiqlar teng bo`lsa, bu ta'sischilar tomonidan Nizom kapitaliga o`z ulushlarini kiritilmaganligini ifodalaydi. Bunday korxonalar ta'sis etilmagan (tashkil topmagan) deb hisoblanadi va tugatilishi lozim.
Korxonaning Nizom kapitaliga ulush sifatida binolar, inshootlar, jihozlar va boshqa moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar, qo`shma korxona ishtirokchilari davlatlarining pul mablag`lari ko`rinishidagi valutalar va erkin konvertatsiya qilinadigan valuta sifatida kiritilishi mumkin.
Auditor ta'sischilar tomonidan kiritilgan ulushlarni dastlabki hujjatlar asosida va asosiy vositalar va pul mablag`lari, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish zaxiralari va boshqalarni hisobga olish schyotlarining debeti bilan korrespondentlangan Nizom kapitali ulushlar bo`yicha ta'sischilarning qarzi schyotning kreditidagi yozuvlari asosida tekshiradi.
Masalan, kirim kassa orderlari, asoslovchi hujjatlar ilova qilingan bankning hisob-kitob va valuta schyotlaridan ko`chirmalar asosida ta'sischilar ulushi hisob- kitob va valuta schyotlariga to`liq va o`z vaqtida kirim qilinganligi tekshiriladi.
Ta'sis hujjatlarida qayd etilgan va Nizom kapitaliga ulush sifatida kirim qilingan moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar ta'sischilar kelishuvi bo`yicha aniqlanadi va baholanadi. Valutalar va valuta qiymatliklari jamiyat ro`yxatdan o`tkazilgan kuniga amalda bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining kursi bo`yicha baholanadi. Nizom kapitaliga ulush sifatida kiritilgan qimmatli qog`ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar ta'sischilarning kelishuviga asosan baholanadi.
Nizom kapitaliga yoki aksiyalarni to`lash uchun haqiqatda kiritilgan moddiy qiymatliklar, nomoddiy aktivlar jamiyat aktiviga o`tkazish davrida amalda bo`lgan bozor narxlari bilan baholanadi. Bozor narxlariga ega bo`lmagan nomoddiy
aktivlar ta'sis hujjatlarida qayd etilgan yoki tomonlar kelishuvi bilan belgilangan narxlar bilan baholanadi. Ushbu obyektlarni baholash, odatda, yuqori malakali mutaxassislarga topshiriladi.
Nizom kapitaliga ulush sifatida amalda kiritilgan valuta va valuta qiymatliklari, jamiyatga kirim qilinishi vaqtida amalda bo`lgan rasmiy kurs bo`yicha baholanadi. Qimmatli qog`ozlar oxirgi birja kursi bo`yicha baholanadi.
Moliyaviy aktivlar va birjada kotirovkaga ega bo`lmagan qimmatli qog`ozlar tomonlar kelishuviga asosan baholanadi. Murakkab sharoitlarda hamda amaldagi qonunchilik talab qilganda, Nizom kapitaliga ulush sifatida kiritilgan aktivlarning to`g`ri baholanishi mustaqil auditor xulosasi bilan tasdiqlanadi.
Ulush sifatida Nizom kapitaliga amalda kiritilgan moddiy va valuta qiymatliklari, nomoddiy va moliyaviy aktivlarning baholanishi ularni ta'sis hujjatlari va dastlabki kelishuvlardagi baholanishidan farq qilishi mumkin.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, ma'lumotlar, nomoddiy aktivlar kelib tushishini tasdiqlovchi hujjatlar va asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish schyotlarining debet aylanmalariga asosida o`tkazilgan uskunalar, binolar, inshootlar, ma'naviy mol-mulkka egalik huquqlarining qiymati aniqlanadi. Materiallarni qabul qilish dalolatnomalari, tovar- transport yuk xatlari, ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olish bo`yicha schyotlari ma'lumotlariga ko`ra kelib tushgan moddiy qiymatliklar qiymati aniqlanadi.
Har bir qo`yilma, Nizom kapitalini shakllantirish tartibiga izoh qilingan hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. Bundan tashqari, Nizom kapitaliga ulush sifatida kiritilayotgan mablag`larning alohida turlari ta'sischilar - jismoniy shaxslarning shaxsiy mulk egaligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo`lishi lozim. Bularga, masalan, xususiylashtirilgan xonadon, ma'naviy molk-mulk, transport vositalari va boshqalar kiradi. Shunday qilib, auditor ta'sischilar kiritgan ulushlarga oid ularning har biri bo`yicha yuritiladigan varaqalar yoki qaydnomalarda aks etirilgan ulushlar bo`yicha qarzlar, to`lash muddatlari, kiritilgan aktivlar summasi va qarzlarni qoplanishi bo`yicha tahliliy hisobni tekshiradi.
Ishtirokchilarning Nizom kapitaliga kirim qilingan ulushlari hisobda va balansda ular amalda kelib tushishi bo`yicha aks ettiriladi. Korxonaning Nizom kapitaliga ulushning amalda kelib tushish vaqti bo`lib quyidagilar hisoblanadi:

    • pul mablag`lari uchun - pullar hisob-kitob (valuta) schyotiga kirim qilingan sanasi;

    • moddiy va nomoddiy aktivlar uchun - moddiy va nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va ushbu obyektlar kelib tushganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar rasmiylashtirilgan sanasi.

Korxona Nizom kapitaliga ta'sischilar tomonidan kiritilgan ulushlarning to`liqligi uning ta'sis hujjatlarida qayd etilgan va Nizom kapitali hisobining schyotlaridagi aks etilgan miqdorini Nizom kapitali ulushlar bo`yicha ta'sischilar qarzi schyotidagi miqdori bilan solishtirish yo`li bilan aniqlanadi.
Nizom kapitalini tekshirish vaqtida buxgalteriya hisobida to`g`ri rasmiylashtirilganligi va 13-sonli jurnal-orderda Nizom kapitali hisobi bo`yicha schyotda qonuniy va to`g`ri aks etilganligi, ular amaldagi qonunchilikka muvofiq ekanligi aniqlanishi lozim.


    1. Download 13,28 Mb.
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   211




Download 13,28 Mb.