Qo`shilgan kapital auditi




Download 13,28 Mb.
bet139/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Qo`shilgan kapital auditi

Qo`shilgan kapitalning tekshiruvi qo`shilgan kapital hisobi schyotlari bo`yicha amalga oshiriladi. Ushbu schyotlar Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori bo`lgan narxlar bo`yicha birinchi bor sotilishida vujudga kelgan emissiya daromadi va Nizom kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlarini hisobga olish uchun mo`ljallangan.
Auditor ushbu kapital to`g`ri shakllanishi va to`ldirilishini tekshirishi lozim. 21-son BHMS1 ga muvofiq, oddiy va imtiyozli aksiyadan olingan, nominal
qiymat summasidan yuqori bo`lgan qo`shilgan kapital mavjudligi va harakati to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish, ya'ni aksiyalarni birlamchi joylashtirishda nominal qiymatdan yuqori bahoda sotishdan olingan emissiya daromadi, hamda ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs farqlari quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8410 - «Emissiya daromadi»;
8420 0 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi».
Odatda, aksiyalar birinchi bor nominal qiymatidan yuqori bo`lgan narxlarda, ya'ni mukofot bilan sotiladi. Nominal qiymati Nizom kapitaliga o`tkaziladi, emissiya daromadi esa (bozor qiymatini nominal qiymatidan oshib ketishi) qo`shilgan kapitalga o`tkaziladi.
Shuningdek, korxonada «Nizom kapitali (fondi) hisobi schyotlari» bo`yicha, ya'ni, e'lon qilingan, obuna bo`lgan, to`langan kapital bo`yicha tahliliy hisob olib borilishi lozim.
Dastlabki obuna sifatida rasmiylashtirilmasdan sotilgan aksiyalar pul mablag`lari bo`yicha schyotlarning debetida va «Nizom kapitali hisobi bo`yicha schyotlar» yoki «qo`shilgan kapital hisobi bo`yicha schyotlar» ning kreditida aks ettiriladi.
Aksiyalarni sotib olish uchun obuna bo`lishga oid shartnomalar bilan belgilangan summaga aktsionerlik jamiyatining buxgalteriyasida, uning aktiviga pul yoki boshqa mol-mulk kelib tushishidan qat'iy nazar, Nizom va qo`shilgan kapital tashkil ettiriladi. Hisobda obuna summasiga debitorlik qarz aks ettiriladi.
Tekshiruvda auditor korxona tomonidan chiqarilgan va to`langan aksiyalar turlari, ularning egalariga oid schyotlari, yoki ta'sischilar va qo`yuvchilarning xususiy schyotlari bo`yicha ma'lumot taqdim etish imkoniyati borligiga katta ahamiyat beradi.
Aksiyalarga obuna bo`lish to`g`risidagi shartnomalarda aksiyalarning sotilish narxi, qarzlarni qoplash muddatlari, to`lovlar valutasi yoki obuna bo`yicha olinadigan aksiyalarni to`lash uchun mol-mulk turlari va qiymati ko`zda tutiladi. Aksiyalarga egalik qilishdan kelib chiqadigan huquqlarni obunachi, odatda, shartnomaga muvofiq, obuna bo`lgan aksiyalar bo`yicha to`liq to`lovlarni amalga oshirgandan keyin oladi.




1 21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekitson Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS), 340-band. O’zR. AV 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan .
Aksiyadorlik jamiyatlariga mol-mulk, pul mablag`lari aksiyalarga obuna bo`lish to`g`risidagi sharnomaga asosan beriladi. Qo`shilgan kapital tekshiruvi vaqtida jamiyatning o`zi tomonidan sotib olingan aksiyalar hisobi tashkil etilganligi tekshiriladi.
Xususiy aksiyalar aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan quyidagi maqsadlar uchun sotib olinadi:

    • aksiyalar kursini belgilangan darajada ushlab turish;

    • aksiya egalarida qolgan har bir aksiyaga dividendlarni ko`paytirish;

    • aksiyalarni o`z xodimlari orasida tarqatish yoki qolgan aksiyalar nominal qiymatini oshirish;

    • nazorat o`rnatish maqsadida boshqa firmalar tomonidan aksiyalarni sotib olinishiga yo`l qo`ymaslik.

Buxgalteriya hisobida sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olingan xususiy Aksiyalar bo`yicha schyotlarda sotib olingan narxlar bo`yicha aks ettiriladi.
Sotib olingan xususiy aksiyalarni jamiyat o`z balansida ushlab turishi yoki ularni jamg`arma bozorida qaytadan sotishi mumkin. Aksiya egalari qarori bilan Nizom kapitali sotib olingan xususiy aksiyalar summasiga kamaytirilishi, aksiyalarning o`zi esa bekor qilinishi mumkin. Lekin, « Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to`g`risida»gi qonunga muvofiq bunday aksiyalar hisobda bir yildan ortiq bo`lgan muddatda ushlab turilishi mumkin emas. Auditor buni tekshirib ko`rishi kerak, chunki sotib olingan va balansda bir yildan ortiq muddatda hisobda bo`lgan aksiyalar bekor qilingan deb hisoblanadi. Korxona ushbu muddat o`tgandan keyin ularni sotishi yoki Nizom kapitalini shu summaga kamaytirgan holda, bekor qilishi lozim.
Emitent o`zining xususiy aksiyalarini sotib olgan barcha holatlarda, bir vaqtning o`zida aksiyadorlik kapitali kamaygani bilan birga, uning mol-mulki ham kamayadi. Keyinchalik, sotib olish va xususiy aksiyalarni ikkinchi marotaba sotish operatsiyalari sodir etilganda, agar aksiya sotib olingan qiymatdan ortiq narxlarda sotilsa, ortiqcha olingan summa 9590-«Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa daromadlar» schyotining kreditiga yozib qo`yiladi.
Aksiyalar sotib olingandan past narxlarda sotilsa, oradagi farq 9690-
«Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar» schyotining debetida aks ettiriladi.
Sotib olingan aksiyalarning bekor qilinishi bir vaqtning o`zida Nizom kapitalini kamaytirish yo`li bilan amalga oshiriladi:
Debet «Nizom kapitali hisobi schyotlari»,
Kredit «Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi schyotlari».
Bularni tekshirayotganda auditor qimmatbaho qog`ozlar bilan operatsiyalar qonuniy ravishda amalga oshirilayotganligini bilishi kerak.




    1. Download 13,28 Mb.
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   211




Download 13,28 Mb.