|
Amaliy audit
|
bet | 142/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditAMALIY MASHG’ULOT UCHUN MASALALAR
11-MAVZU. KORXONA USTAV, QO’SHILGAN VA REZERV KAPITALLARI AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
Masala. “Ramz” MChJ buxgalteriya hisobida ustav kapitali va ta’sichilar bilan hisob-kitoblar hisobi bo’yicha quyidagi provodkalar berilgan: 11.01.2014 yilda ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari bo’yicha qarzlari
aks ettirilgan:
D-t 4610 - “Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari bo’yicha qarzlari” schyoti– 34223000 so’m;
K-t 8310 – “Oddiy aktsiyalar” schyoti– 3422300 so’m;
11.01.2014 yilda: Ustav kapitaliga 1-sonli kassa kirim orderi asosida fuqaro
T. Parmonovdan ulush puli kelib tushdi:
D-t 5110 – “Hisob-kitob scheti” – 3421000 so’m;
K-t 4610 – “Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari bo’yicha qarzlari” schyoti – 3421000 so’m;
11.01.2014 yilda Ustav kapitaliga 2-sonli “Qabul qilish – topshirish” dalolatnomasiga asosan “KITinvest” OAJdan quyidagi ulush kelib tushdi:
D-t 0130 – “Mashina va uskunalar” schyoti – 17112000 so’m;
K-t 4610 – “Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlari bo’yicha qarzlari”schyoti – 17112000 so’m.
11.01.2014 yilda –QQS “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar” schyotiga olib borildi:
D-t 6410 – “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar” schyoti – 2852000 so’m.
K-t 6010 – “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar” schyoti – 2852000 so’m.
Talab qilinadi:
Vaziyatni baholashda auditor o’z fikrlarini qanday me’yoriy hujjatlar bilan asoslaydi ?
Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilar bilan hisob-kitoblarning o’z vaqtida bo’lishini tekshirish.
Hisob yuritish to’g’riligini tekshirish. Tekshirish natijalari bo’yicha aniqlangan xatoliklar va qoida-buzilishlarni qaydnomada rasmiylashtirish (28- jadval).
Hisobning ushbu bo’limi bo’yicha audit natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirish (11.1-jadval).
Auditorlik hisoboti uchun material tayyorlang.
|
| |