Amaliy audit




Download 13,28 Mb.
bet140/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Zaxira kapitali auditi

Zaxira kapitali, agar Nizomda ko`zda tutilgan bo`lsa, sof foydani zaxira qilish yo`li bilan xususiy kapitalni to`ldirib borish uchun tashkil etiladi. O`zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilikka muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari jamiyat Nizomi bilan belgilangan, lekin Nizom kapitalidan 15% kam bo`lmagan miqdorda zaxira kapitali tashkil etish huquqiga ega.
21-son BHMS ga ko`ra, «Korxona ta'sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan zaxira kapitali, mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyatsiya rezervlari, pul mablag`laridan tashqari tekinga olingan mulklar to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8510 - «Mulkni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar»; 8520 - «Rezerv kapitali»;
8530 - «Tekinga olingan mulk».
Auditor zaxira kapitali hisobi bo`yicha buxgalteriya o`tkazmalari to`g`ri ekanligini tekshirishi lozim.
Korxona Nizom kapitalini xorijiy kapital ishtirokida shakllantirishda qo`shilgan kapital deb ko`rsatiladigan kurs farqi hosil bo`lishi mumkin.
Nizom kapitaliga ulush sifatida haqiqatda kiritilgan, moddiy qiymatliklar, nomoddiy va moliyaviy aktivlarni baholash ularni ta'sis hujjatlarida va dastlabki kelishuvlarda baholashdan farq qilishi mumkin.
Auditor, shuningdek, zaxira kapitali to`g`ri tashkil etilganligi va to`ldirilganligi, ya'ni: foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilgan zaxira kapitali Nizom kapitalining 15% dan kam emasligi, mol-mulkni (asosiy vositalarni) qayta baholashdan hosil bo`lgan barcha inflyatsiya zaxiralari zaxira kapitali ko`payishiga o`tkazilganligi, bepul kelib tushgan mol-mulkning barchasi zaxira kapitalning ko`payishiga o`tkazilganligini tekshiradi. Tekshirish manbasi bo`lib korxona Nizomi, O`zbekiston Respublikasi hukumatining qayta baholash to`g`risidagi qarori, qayta baholash bo`yicha hisob-kitoblar, mol-mulkni bepul olish to`g`risida shartnomalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, bildirishnomalar (avizo) va boshqalar hisoblanadi.
Zaxira kapitali ishlab chiqarishni rivojlantirish, korxona faoliyati tugatilganda ish haqi va soliqlarni budjetga to`lash, inflyatsiya bo`yicha zararlarni qoplash, aksiyadorlik jamiyati hay'ati qaroriga muvofiq Nizom kapitalini to`ldirish, qayta baholash summalarini qoplash va aksiyadorlik jamiyatining boshqa yo`nalishlari uchun foydalaniladi. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarida foyda yo`qligi yoki u yetarli emasligida zaxira kapitali imtiyozli aksiyalar bo`yicha dividendlarni to`lash uchun yo`llanishi mumkin.
Auditor zaxira kapitali mablag`lari korxona xodimlariga moddiy yordam ko`rsatishga, mehnatga haq to`lashga yoki mukofotlar to`lashga ishlatilganligi holatlari bilan to`qnash kelishi mumkin. Shu bois, auditor zaxira kapitali ishlatilishini zaxira kapitali schyotidagi yozuvlarni tahlil qilish yo`li orqali ta'sischilar bilan hisob-kitoblar hisobi va taqsimlanmagan foyda schyotlari bilan korrespondentlanishini sinchkovlik bilan tekshirishi lozim.




    1. Download 13,28 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   211




Download 13,28 Mb.