|
Amaliy audit
|
bet | 81/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditAMALIY MASHG’ULOT UCHUN MASALALAR
6-MAVZU. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB CHIQARISH, TANNARX HISOBLASH VA SOTISH BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
1. Masala “Ramz” MChJ da mutaxassislar tomonidan materiallarga talablar va ish vaqti hisobi tabeli tayyorlaganlaridan keyin tekshirilmoqda. Yuk xatlari, limit-zabor kartalar va boshqalar oldindan raqamlanmaydi. Materiallarni sarflash bilan bog’liq ushbu dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining mehnat haqi hisobi va ishlab chiqarish hisobotiga mos kelishi har oyda tekshiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi bo’yicha xujjatlar aylanishiga rioya qilinadi.
“Ramz” MChJ da me’yoriy xarajatlar belgilab qo’yilgan, ular har yilda qayta ko’rib chiqiladi. Mazkur me’yorlashtirilgan xarajatlar hisobining qo’llaniladigan uslubiyati hamma vaqt ham to’g’ri soliqqa tortishni ta’minlamaydi. Xarajat elementlari va kakulyatsiya moddalari bo’yicha xarajatlar to’g’ri tasniflanadi. Tanlangan ushbu xarajatlarni hisobga olish usuli ishlab chiqarish xususiyatlariga mos keladi. Korxonada brakdan yo’qotishlar hisobi tashkil etilmaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarishlar inventarizatsiyasi muntazam o’tkazilmaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik va analitik hisobi har oyda taqqoslanadi.
6.1-Jadval Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va ichki nazorat tizimi holatlarini
tekshirish testlari
-
№
|
Savolnomalar
|
Javoblar
|
Eslatma
|
Javob
yo’q
|
Ha
|
Yo’q
|
|
1
|
Bo’lim mutaxassislari tomonidan materiallarga talablar va ish vaqti hisobi tabellari tayyorlangandan
keyin, ular tekshiriladimi?
|
|
|
|
|
2
|
Yuk xatlari, limit-zabor kartalari, naryadlar (topshiriqlar) va boshqa hujjatlar oldindan raqamlanadimi va ulardan mavjud
bo’lmagan(yo’qolgan) yoki sohta hujjatlarni aniqlash uchun foydalaniladimi?
|
|
|
|
|
3
|
Materiallarni sarflash bilan bog’liq dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining mehnat haqi hisobi va ishlab chiqarish hisobotlariga mosligi
tekshiriladimi?
|
|
|
|
|
4
|
Me’yoriy xarajatlar belgilanganmi va ular muntazam ravishda ko’rib
chiqiladimi?
|
|
|
|
|
5
|
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi bo’yicha hujjatlar aylanish grafigiga rioya qilinadimi?
|
|
|
|
|
6
|
Tugallanmagan ishlab chiqarishlar
|
|
|
|
|
|
inventarizatsiyasi o’tkaziladimi?
|
|
|
|
|
7
|
Umumishlab chiqarish xarajatlari
smetasi tuziladimi va nazorat qilinadimi?
|
|
|
|
|
8
|
Xarajat elementlari va kalkulyatsiya
moddalari to’g’ri turkumlanadimi?
|
|
|
|
|
9
|
Xarajatlar hisobining tanlangan usuli
ishlab chiqarishning xususiyatlariga mos keladimi va u amaliyotda
qanday amal qiladi?
|
|
|
|
|
10
|
Qo’llaniladigan me’yorlashtirilgan
xarajatlar hisobining uslubiyati soliqqa to’g’ri tortilishini ta’minlaydimi?
|
|
|
|
|
11
|
Brakdan yo’qotishlar hisobi tashkil
etilganmi?
|
|
|
|
|
12
|
Umumishlab chiqarish xarajatlarini
hisobdan chiqarish usullari belgilanganmi va ularga qanday
amal qilinadi?
|
|
|
|
|
13
|
Ishlab chiqarish xarajatlarining
yig’ma hisobi sxemasi ishlab chiqilganmi?
|
|
|
|
|
14
|
Ishlab chiqarish segment xarajatlari bo’yicha ma’lumotlar tekshiriladimi?
|
|
|
|
|
15
|
Xarajatlar hisobi “Omillarning
vaqtinchalik belgilanishi” tamoyiliga javob beradimi?
|
|
|
|
|
16
|
Ishlab chiqarish xarajatlarining
analitik va sintetik hisobi ma’lumotlari qanday davriylikda taqqoslanadi?
|
|
|
|
|
Talab qilinadi:
Auditor vaziyatni baholashda o’z fikrlarini qaysi me’yoriy hujjatlar bilan asoslaydi?
Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari hisobi nazorati baxolansin.
Auditor qanday usullar yoki auditorlik amallari bilan dalillar yig’adi?
Olingan natijalar asosida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari hisobining auditorlik tekshiruvi dasturi tuzilsin.
Auditorlik hisoboti uchun material tayyorlang.
2. Masala 2014 yil yanvarda mahsulot tannarxiga ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha to’lovlar qo’shildi:
D-t 2010- “Asosiy ishlab chiqarish”, K-t 6010-“Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lovlar schetlari” buxgalteriya provodkalari bilan – shahar aloqa tarmog’iga binoga yangi telefon liniyasi o’rnatganligi bo’yicha 1150000 so’m; yong’in signalizatsiyalari o’rnatish bo’yicha boshqa tashkilotlar 11000000 so’m; boshqa tashkilotlarga lokal kompyuter tarmog’ini o’rnatganligi uchun 5600000 so’m.
2014 yil aprelda “Ramz” MChJ ichki auditorga uning imtixon topshirishi va auditor guvoxnomasini olishi uchun tayyorlov bo’yicha kurslarda o’qishi bilan bog’liq xarajatlarni to’ladi. Bu muomala hisobda: D-t 4410-“Soliqlar va yig’imlar bo’yicha byudjetga avans to’lovlari (turlari bo’yicha)”, K-t 5110- “Hisob-kitob scheti” 5700000 so’m tarzidagi yozuvlar bilan hisobda aks etgan.
Joriy yilning yanvarida “Ramz” MChJda ta’sischilardan birining istagi bilan o’tgan yil yakunlari bo’yicha auditorlik tekshiruvi o’tkazildi. Ko’rsatilgan xizmatlari uchun “Odil – audit” auditorlik tashkiloti 26 yanvarda 18000000 so’mlik №6/06- raqamli schet taqdim etdi (QQS schetda aks ettirilmagan). “Ramz” MChJ ushbu schetni to’ladi.
|
| |