Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi




Download 13,28 Mb.
bet88/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatida eng ko`p uchraydigan hisob-kitoblardir. Hisob-kitoblar mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatish shartnomlari bo`yicha bajarilgan majburiyatlar uchun keyin haq to`lash yoki oldindan to`lash tarzida amalga oshiriladi. Xojalik subyektlari o`rtasidagi o`zaro hisob-kitoblar shakllari O`zR. Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Unga ko`ra, mulk shaklidan qat'iy nazar barcha xojalik yurituvchi subyektlar o`z majburiyatlari bo`yicha boshqa xojalik subyektlari bilan hisob-kitoblarni, shuningdek, tovar- moddiy boyliklar uchun jismoniy va yuridik shaxslar o`rtasidagi hisob-kitoblar, odatda, bank muassasalari orqali naqd pulsiz tartibda amalga oshirilishi lozim.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan bo`ladigan hisob-kitoblarni hisobga olishda 6010 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan schyotlar» schyotidan foydalaniladi.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirish quyidagi asosiy ikki yunalish bo`yicha amalga oshirilishi mumkin:

  • olingan tovar-moddiy boylik (ish, xizmat) lar uchun to`lovlar yoki ortib jo`natilgan tovar (bajarilgan ish va xizmat) lar uchun tushgan summalarning to`g`riligini aniqlash;

  • tovar-moddiy boyliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to`liqligini tekshirish.

«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditining asosiy vazifasi hisob-kitob holati to`g`risidagi ma'lumotlar haqiqiy va qonuniyligi, hisob-kitob va moliyaviy intizomga rioya qilinishi va u korxona to`lov qobiliyatiga ta'sirini tekshirish, qarzlar haqiqiyligini aniqlashdan iborat.
Yuqorida qayd etilgan hisob-kitoblarni tekshirish uchun ma'lumot manbasi bo`lib, mahsulot (ish, xizmat) larni yetkazib berishga oid shartnomalar, hisob- kitoblar bo`yicha o`zaro solishtiruv dalolatnomalari, hisob-kitoblarni inventarlash dalolatnomalari, to`lov hujjatlarining nusxalari, 4310 - «Tovar-moddiy boyliklar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo`naklar», 5010-
«Kassadagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar», 5110 - «Hisob-kitob schyoti», 5200 - «Chet el valutasidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar», 6010 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan schyotlar» va boshqa schyotlar bo`yicha hisob registrlari (ro`yxatlar, jurnal- orderlar, mashinogrammalar), Bosh kitob, moliyaviy hisobot va boshqalar hisoblanadi»1.
Mol yetkazib beruvchilar va haridorlar o`rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko`pa naqd pulsiz amalga oshiriladi va ular ikki guruhga bo`linadi:

  1. tovar muomalalari bo`yicha;

  2. moliyaviy majburiyatlar bo`yicha.



1 Tulaxodjaeva M.M. va boshqalar. Audit. O’quv qo’llanma.-T.: 2004., 106 b.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi asosiy shakllari mavjud: to`lov topshiriqnoma, to`lov talabnoma, akkreditiv; inkassa topshirig`i, cheklar va o`zaro talablarni uzishga asoslangan hisob shakli.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitob muomalalarni auditdan o`tkazish ham yuqorida bayon qilingan, barcha hisob-kitob muomalalari uchun xos bo`lgan umumiy qoidalariga asosan o`tkaziladi.
Hisob-kitob ma'lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob registrlari ma'lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi.
Agar hisob-kitob ma'lumotlarini solishtirish amallarini bajarish mobaynida nomuvofiqliklar aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vujudga kelish sabablarini aniqlaydi.
Hisob va hisobot ma'lumotlarining o`zaro tengligi aniqlaganidan so`ng, auditor mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldig`ining haqqoniyligini baholashi kerak. Shu maqsadda u quyidagilarni tekshiradi:

  • analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar va shartnomalarning raqamlari hamda tuzilgan sanalari to`g`risidagi ma'lumotlar mavjudligi;

  • analitik hisob registrlarida ko`rsatilgan shartnomalar va dastlabki hujjatlarning haqiqatda mavjudligi (tanlab tekshiriladi);

  • dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi ma'lumotlarning mosligi (tanlab tekshiriladi).

Majburiyat summalarining hujjat bilan tasdiqlanmaganlari shubhali qarzdorliklar qatoriga qo`shiladi. Bunday qarzlarning haqqoniyligi hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish (solishtirish dalolatnomasi tuzish) yo`li bilan tasdiqlanadi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir qarzdorliklar haqqoniyligini baholashda ularning vujudga kelish muddatlari, hisob- kitoblar bo`yicha majburiyatlar bajarilishining belgilangan chegara muddati o`tib ketgan, talab qilib undirib olinmagan debitor qarzlar bor yoki yo`qligi tekshiriladi.
Hisob-kitoblar bo`yicha inventarizatsiya materiallarini tekshirish mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar qoldiqlarining haqqoniyligini baholashda muhim ahamiyatga egadir.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalar quyidagi yo`nalishlar bo`yicha tekshiriladi:

  • shartnomalar mavjudligi va rasmiylashtirilish holati;

  • sotib olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat) lar to`liqligi va to`g`ri kirim qilinganligi;

  • moddiy qiymatlik (ish, xizmat) lar uchun o`z vaqtida va to`liq haq to`langanligi.

Auditor dastavval mahsulot yetkazib berish, ish bajarish va xizmat ko`rsatish uchun boshqa xojalik shartnomalarining mavjudligi hamda shartnomalarning to`g`ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi. Shartnomalar amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi lozim.
Auditor dastlabki hujjatlardagi ma'lumotlarni shartnomalar, schyot- fakturalar va loyiha-smeta hujjatlarining ma'lumotlari bilan solishtirish natijasida olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat) larni kirim qilishning to`liqligi, to`g`riligi va o`z vaqtidaligi to`g`risida dalillarga ega bo`ladi.
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda barcha hisoblashuv-to`lov hujjatlarida QQS summasining alohida satr bilan ajratib ko`rsatilganligiga va QQS summasining hisob-kitob yo`li bilan ajratib ko`rsatilishiga yo`l qo`yilmasligiga (me'yoriy hujjatlarda belgilangan holatlardan tashqari) e'tibor qaratiladi. Auditor ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish natijasida olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat) lar bo`yicha QQS ni hisobga olishning asoslanganligini tasdiqlovchi dalilga ega bo`ladi. Uning qoplanishi to`langan, kirim qilingan va ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilgan qiymatliklar bo`yicha amalga oshiriladi.
Hisob-kitob hujjatlari xali yetib kelmagan moddiy qiymatlik (ish, xizmat) larni tekshirishda ushbu olingan qiymatlik (ish, xizmat) larning puli to`langan, lekin yo`lda kelayotgan (debitor qarz) sifatida hisobda turmaganligi aniqlanadi.
Xorijdan olingan import mahsulot (ish, xizmat) lar uchun hisob-kitoblar bo`yicha tekshiruv o`tkazilganda, mulkchilik huquqi o`tgan paytni, moddiy qiymatlik (ish, xizmat) larni kirim qilish sanasiga amalda bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valuta kursini va to`lov hujjatlarining to`lanishini, kurs farqlarini, qo`shilgan qiymat solig`i summasini va franko (tovarni haridorga yetkazib berishda transport xarajatlarini qoplash va hisob-kitob qilish) shartlarini aniqlashning to`g`riligi tekshiriladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar schyotlarining to`lanishini tekshirishda auditor quyidagilarni aniqlaydi:

  • qarzlarni qoplash bo`yicha muomalalarning tegishli to`lov hujjatlari (bank ko`chirmalari va to`lov topshirig`i, o`zaro talablarni hisobga olish dalolatnomalari, cheklar va shunga o`xshash) bilan tasdiqlanganligi;

  • to`lov hujjatlarining haqiqiyligi va to`g`ri rasmiylashtirilganligi (barcha majburiy rekvizitlarining mavjudligi, QQS summasining alohida satr bilan ajratib ko`rsatilganligi, bank shtampi, chet tilidagi hujjatlarning tasdiqlangan tarjimasi va shunga o`xshash);

  • to`lov hujjatlari ma'lumotlarining 3110 - «Oldindan to`langan ijara haqi», 3120 - «Oldindan to`langan xizmat haqi», 3190 - «Boshqa oldindan to`langan xarajatlar», 4310 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo`naklar», 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan schyotlar» (joriy qismi), 7010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyotlari bo`yicha hisob registrlarining ma'lumotlariga mosligi, ushbu schyotlar bo`yicha hisob registrlari ma'lumotlarining 5110, 5210, 5220, 4310, 4010, 4020, 6310, 4220, 4230, 6870, 4810-4890, 6810, 6820, 6830 va

6890 schyotlar bo`yicha hisob registrlariga mosligi.
Qarzdorliklarning o`zaro hisoblashish tartibida qoplanishini tekshirish natijasida, auditor o`zaro hisob-kitoblar uchun asos (shartnoma, tomonlardan birortasining o`zaro hisob-kitoblar tartibidagi to`lovni amalga oshirish to`g`risidagi iltimosnomasi) mavjudligini, qarz summasi va qoplash sanasini, hamda hisob registrlarida aks ettirishning to`g`riligiii aniqlaydi.
O`zaro talablarni hisobga olish, hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi va har ikkala tomon ishtirokida tuzilgan o`zaro talablarni hisobga olish to`g`risidagi tomonlardan birortasining xati (arizasi). Dalolatnomalarda majburiy rekvizitlardan tashqari, qarzdorlikni vujudga keltirgan shartnomalar va dastlabki
hujjatlar ma'lumotlari, QQS summasi alohida ajratilgan holda ko`rsatilishi lozim. Da'vo muddati o`tib ketgan qarzdorliklar bo`yicha o`zaro talablarni hisobga olishga yo`l qo`yilmaydi.




    1. Download 13,28 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   211




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi

Download 13,28 Mb.