Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi




Download 13,28 Mb.
bet90/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi

Xojalik yurituvchi subyektlar bilan o`zaro hisob-kitob munosabatlarida korxonada tugallanmagan hisob-kitoblar bo`yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga keladi.
Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda, auditor avvalo debitor va kreditor qarzlarning paydo bo`lishi sabablarini aniqlashi zarur. Hisob- kitoblarning belgilangan qoidalariga muvofiq keladigan qarzlardan tashqarisi, katta miqdordagi debitor va kreditor qarzlarning mavjudligidan dalolat beradi.
«Debitorlik qarzi tovarlar haqiqatda yuklab jo`natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko`rsatilgan kundan boshlab 90 kun o`tgach muddati o`tgan hisoblanadi»1.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari bo`yicha muomalalarni tekshirishga kirishishdan oldin qarzlarning tegishli qoldiqlari balans moddalari bo`yicha to`g`ri aks ettirilganligini aniqlash lozim. Buning uchun tekshirish davri boshidagi hisob- kitoblarning har qaysi turi yuzasidan analitik hisob registrlarining ma'lumotlari bo`yicha hisob-kitoblarni hisobga olish uchun mo`ljallangan schyotlar bo`yicha qoldiqlari balansning tegishli moddalari qoldiqlari bilan taqqoslanadi. So`ngra hisob-kitoblar har qaysi turi bo`yicha alohida tekshiriladi. Bunda auditor qarzning paydo bo`lishi sabablarini, u kimning aybi bilan va qachon paydo bo`lganligi, uni undirib olish mumkin yoki mumkin emasligini, ya'ni debitorlar o`z qarzlarini tan olgan xatlar yoki hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomalari mavjudligini, da'vo qilish muddatlari o`tkazib yuborilmaganligini, qarzlarni yopish yoki undirish uchun qanday choralar ko`rilayotganligini aniqlashi lozim.
Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda quyidagilarni aniqlash lozim:

  • kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar to`g`riligi;

  • shartnomalar mavjudligi;

  • xaridorlar topshiriqnoma-majburiyatlarining taqdim etish muddatlari;

  • kreditni qoplash tartibi va boshqalar.

Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha hisob-kitoblar holati 4700 - “Xodimning boshqa operatsiyalar bo`yicha qarzi hisobi schyoti” schyotlar guruhi bo`yicha, shuningdek, 4710 - “Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha xodimning qarzi” schyot ko`rsatkichlari asosida o`rganiladi. Eng muhimi, Xaridorlarning muddati o`tgan qarzlari bo`yicha hisob-kitoblar o`rganib chiqiladi va muddati o`tgan qarzlar paydo bo`lishi sabablari aniqlanadi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

  • kredit berish qoidalariga rioya qilmaslik;

  • ijro varaqalari bo`yicha boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslar foydasiga summalar to`g`ri va asosli ushlab qolinganligi, shuningdek, ushlab qolingan summalar oluvchilarga o`z vaqtida o`tkazilmaganligi;

  • korxona ixtiyoridagi xonadonlarda istiqomat qiluvchilar va yotoqxonalarda, mehmonxonalarda yashovchi shaxslar bilan korxona hisobidagi xonadonlardan foydalanganligi va maishiy xizmat ko`rsatilganligi uchun hisob- kitoblar to`g`ri hisoblanmaganligi.



1 O’zR Prezidentining 1999 yil 19 iyuldagi PF-2340 son Farmoni.
Turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi bo`yicha 4800 -
«Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 - «Turli kreditorlarga bo`lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarning hisob registrlari va hisobotlardagi buxgalteriya yozuvlari hamda ulardagi hisobda turgan qarzlar tekshiriladi. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tekshirish uslubiyoti va ketma-ketligi boshqa barcha hisob-kitob muomalalarini tekshirishga o`xshash.
Yuqorida keltirilgan schyotlarda hisobga olinadigan muomalalarning xilma- xilligini etiborga olgan holda, auditor hisob-kitoblar ahvolini tahlil qilish mobaynida ushbu schyotlar qo`llanishining qonuniyligini aniqlaydi. (Ya'ni, 4800, 6900 schyotlarida aks ettiriladigan muomalalar boshqa schyotlarda aks ettirilmayotganligini aniqlaydi yoki aksincha).
Auditor yil oxirida to`lanmagan, deponentlanmagan summalar bo`yicha haqiqatda to`langan ish haqi summalaridan hisoblanishi lozim bo`lgan daromad solig`ining qayta hisoblanganligini aniqlash zarur.
Ijro varaqasi bo`yicha boshqa korxonalar foydasiga ushlanadigan summalar (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni undirish va h.k.) to`g`riligi va asoslanganligi hisob yozuvlarini hisoblashuv-to`lov vedomostlari va ushlash uchun asos bo`lgan boshqa hujjatlar bilan solishtirish orqali tekshiriladi. Bunday summalarni o`tkazishning o`z vaqtidaligi va to`liqligi shaxslar bo`yicha qarzlarning ahvoli va harakatini tahlil qilishda va summalarning xodimlardan ushlangan hamda o`tkazilgan sanasi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
Budjet tashkilotlari bilan hisob-kitoblarni tekshirishda shartnomalar mavjuddigi, ish (xizmat) bajarilishining hujjat bilan tasdiqlanishi, ularning xususiyatlari, ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarishga taalluqli ekanligi aniqlanadi. Bular sarflarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashning to`g`riligini tasdiqlash uchun zarur. Chunonchi, o`qitish, malaka oshirish bilan bog`liq va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur bo`lsa, O`quv uchun to`lovlar xarajatlar tarkibi to`g`risidagi nizomga muvofiq tannarxga qo`shilishi mumkin.
Ayrim hollarda hisob-kitoblarni debitor qarz summasi katta bo`lgan tashkilotlardagi tegishli hujjatlar bilan taqqoslab ko`rish tavsiya qilinadi. Bunday qarama-qarshi tekshiruvlar birinchi navbatda, savdo va ta'minot tashkilotlarida o`tkaziladi.
Debitor va kreditor qarzlarining da'vo muddatlari hamda debitor qarzlarni undirish bo`yicha xojalik sudiga murojat qilish tartibi tekshiriladi. Shunindek, debitor va kreditor qarzlarining inventarizatsiyasi va uning natijalari tahlil qilinadi. Buning uchun auditor turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishni yakunlashda ishchi hujjatlardagi malumotlarni umumlashtiradi va 4800, 6900 – schyotlar bo`yicha hisob hamda hisobot ma'lumotlarining ishonchliligi, hisobni yuritish to`g`riligini baholaydi.


    1. Download 13,28 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   211




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi

Download 13,28 Mb.