|
Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo`yicha hisob-
|
bet | 92/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditBank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo`yicha hisob-
kitoblar auditi
Kreditlarni berish va qoplash bilan bog`liq bo`lgan barcha masalalar bank qoidalari va qarz oluvchi korxona hamda bank bilan shartnomaviy asosida tuziladigan kredit shartnomalari bilan tartibga solinadi. Unda kreditlash obyekti, kreditni berish va qoplash muddatlari, foiz stavkalari, kreditdan foydalanganligi uchun foizlarni hisoblash va to`lash tartibi, majburiyatlarni ta'minlash shakllari, kreditni berish va qoplash yuzasidan tomonlar huquqlari va majburiyatlari, hujjatlar ro`yxati va ularni bankka taqdim etish muddatlari va boshqa turli shartlar ko`zda tutiladi.
Bank kreditlari va qarzlar bo`yicha hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish uchun ma'lumot manbalar quyidagilardan iborat: kredit shartnomalari, kredit va qarzlaridan foydalanganligi uchun foizlar to`lash bo`yicha hisob-kitoblar, to`lov hujjatlari ilova qilingan bank ko`chirmalari, 3-sonli jurnal-order va sintetik va tahliliy hisoblarning boshqa registrlari, Bosh kitob, balans, moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot va hokazolar.
Bank kreditlari va qarzlar hisobini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishdan maqsad korxonaning olingan kreditlar va boshqa qarz mablag`larini aks ettiruvchi hisobot ko`rsatkichlarining ishonchliligi to`g`risida yetarli dalil-isbotlarga ega bo`lishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilar tekshirilishi kerak:
kredit va qarzlarning haqqoniyligi hamda hujjatlashtirilganligi;
kredit va qarzlar olinishining asoslanganligini aniqlash (qarz mablag`larining olingan manbalari);
qarz mablag`lardan maqsadli foydalanish va ularni to`liq hamda o`z vaqtida qaytarish (qarz mablag`lari qaysi maqsadlar uchun ishlatilgan, kreditlar va qarzlar bo`yicha qarzdorlik qanday qaytarilmoqda, muddati uzaytirilgan qarzdorlik mavjudligi);
qaytarilmagan kredit va qarzlarning qoldiqlari hamda ular bo`yicha foizlar to`lanishini baholash;
kredit va qarzlar bo`yicha sintetik hamda analitik hisobning yuritilishini tekshirish (kredit va qarzlarni hisobga oladigan schyotlarning qo`llanilishi, qarz mablag`larini olish va qaytarish muomalalarini aks ettirish, moliyaviy natijalarni shakllantirish tamoyillariga rioya qilinishi).
Auditorlik dalil (isbot) larga ega bo`lish uchun turli usullar (hujjatlarni tekshirish, muomalalarni ko`pib chiqish, o`z mablag`lari bilan qarz mablag`larning
nisbatini aniqlash maqsadida analitik amallarni bajarish) va axborot manbalaridan foydalaniladi.
Bank kreditlari va qarzlarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazishda quyidagi ma'lumot manbalaridan foydalaniladi:
bank kreditlari va qarz olish masalalarini, buxgalteriya hisobini va soliqqa tortish muomalalarini tartibga soladigan me'yoriy hujjatlar;
bank kreditlari va qarzlar bo`yicha muomalalarni rasmiylashtirish va hisobda aks ettirishga doir shartnomalar va dastlabki hujjatlar (kredit va qarz shartnomalari, kreditlar bo`yicha foiz stavkalarining o`zgarishi to`g`risida kredit shartnomalariga qo`shimcha qilinadigan bitimlar, kreditni qaytarish muddatlari, kredit shartnomalarining boshqa shartlari);
kredit shartnomasiga muvofiq qaytariladigan kredit va foiz summalarining akseptsiz (roziliksiz) hisobdan o`chirilishini tasdiqlaydigan memorial-orderlar.
Yuqorida ko`rsatilgan muomalalarni hisobda aks ettirishga doir sintetik va analitik hisob registrlari hamda buxgalteriya hisobotlari puxta tekshiruvdan o`tkaziladi. Mazkur sohani tekshirish uchun zarur axborotlar moliyaviy hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi (7.3-jadval):
7.3-jadval
|
| |