|
Bank kreditlari auditining obyektlari
|
bet | 93/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditBank kreditlari auditining obyektlari
-
Ko`rsatkichlar
|
Ko`rsatkichlar keltirilgan
moliyaviy hisobot shakllari
|
Nomi
|
Schyotla
r
|
1- shakl
|
2- shakl
|
4- shakl
|
Satr
|
Satr
|
Satr
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Uzoq muddatli bank kreditlari
|
7810
|
570
|
|
|
Uzoq muddatli qarzlar
|
7820
|
580
|
|
|
Qisqa muddatli qarzlar
|
6820
|
740
|
|
|
Foizlar shaklidagi xarajatlar
|
|
|
180
|
|
Valuta kursi farqidan daromadlar
|
|
|
150
|
|
Olingan va to`langan foizlar
|
|
|
|
110
|
Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar
bo`yicha pul tushumlari va to`lovlari
|
|
|
|
150
|
Investitsion faoliyatning sof pul kirimi va
chiqimi
|
|
|
|
100
|
Bularni tekshirish uchun auditorga korxonada qo`llanilayotgan buxgalteriya hisobi shakliga xos quyidagi sintetik va analitik hisob registrlari taqdim qilinadi:
agar jurnal-order shakli qo`llanilsa, 4 va 12 jurnal-orderlar;
agar hisob ishlari komputerlashtirilgan bo`lsa, 6810, 6840, 7810, 7820, 7830 va 7840 - schyotlar bo`yicha komputer shakllari, analitik vedomostlar va bosh daftar.
Tekshiruvning ushbu sohasiga kirishishdan oldin auditor kredit va qarz shartnomalari o`rtasidagi asosiy farqlarni bilishi lozim.
21–son BHMS ga muvofiq, kredit va qarzlardan foydalanganlik uchun to`lanadigan foiz to`lovlari moliyaviy faoliyatga doir chiqimlar tarkibida hisobga olinishi, ya'ni moliyaviy natijalarga - 9610 - «Foiz ko`rinishidagi xarajatlar» schyotining debetiga olib borilishi, soliqqa tortish maqsadida esa foyda solig`i bo`yicha qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinishi lozim.
Foizlarni hisobga olishning shunga o`xshash tartibi ishlab chiqarish zaxiralari sotib olish uchun olingan qarz mablag`lari bo`yicha ham qo`llaniladi. 4- son «Tovar-moddiy zaxiralari» nomli BHMS ga muvofiq, korxonalar kredit uchun to`lovlarga doir xarajatlarni, agar bular sotib olish bilan bog`liq bo`lsa, moddiy ishlab chiqarish zaxiralarining haqiqiy tannarxiga qo`shiladi. Bu tartibga sotib olingan tovar moddiy zaxiralarni omborga kirim qilinishiga qadar rioya qilishi, so`ng esa foizlar odatdagi tartibda hisobga olinadi.
Kredit va qarzlarni hisobga olishning tashkil etilishini tekshirishda auditor olingan kreditlar bo`yicha qoldiqlar qanday baholanayotganligini ham aniqlashi zarur. Auditor kreditlarning maqsadga muvofiq sarflanishini va ssuda qarzlarini qaytarish tartibini (pul mablag`lari ko`rinishida, veksel berish yo`li bilan, o`zaro qarz surishish orqali) aniqlashi kerak. Kreditlarni qaytarishning to`liqligi va o`z vaqtidaligini auditor bank ko`chirmalari bo`yicha tekshiradi.
7810 - «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti bo`yicha uzoq muddatli kreditlarning qaytarilishigacha 12 oy to`lmasdan, hisobot tuzishda qaytarilmagan qoldiq qisqa muddatli qarz tarkibida ko`rsatiladi.
Auditor kreditlar bo`yicha muddati o`tib ketgan qarzlar mavjudligini tekshiradi, o`z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini va ularni qaytarish uchun qanday choralar ko`rilayotganligini aniqlaydi. Bunda bank ssudalari bo`yicha muddati o`tib ketgan qarzlar mavjud bo`lganida kreditlar uchun foiz stavkalarining qanday ko`tarilib borganini aniqlashi zarur. Chunki bu korxona daromadlariga salbiy ta'sir ko`rsatadi. 6810 - «Qisqa muddatli bank kreditlari» yoki 7810 - «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlari bo`yicha 5110 - «Hisob-kitob schyoti» 5210 -
«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» bilan bog`langan debet yozuvlarini tahlil qilib, auditor olingan kreditlarning o`z vaqtida qaytarilishini tekshiradi.
Amaliyotda auditor ayrim kreditlarning muddati, bir yoki bir necha marta uzaytirilganligini uchratishi mumkin. Bunday hollarda auditor kreditlarni o`z vaqtida qaytarish imkoniyati haqida va ko`rilgan zararlarning hajmi to`g`risida fikr bildirishi lozim.
Auditor kreditlarning qaytarilishi ta'minlanganligi masalalariga ham e'tibor qaratishi zarur. Kafolat xati, qimmatli qog`ozlar, tovarlar va boshqa mulklarni garovga qo`yish kredit ta'minotining asosiy turlaridir. Shulardan garov to`g`risidagi shartnomalar keng tarqalgan. Bunda quyidagilarni tekshirish zarur: garov to`g`risidagi shartnomaning haqqoniyligi, uning yuzaki tuzilmaganligi, unda garovga qo`yilgan mulklarning qanchalik aniq ko`rsatilganligi va hokazo.
Kreditlar hisob-kitob schyoti yoki valuta schyotidan pul o`tkazish, hamda qimmatli qog`ozlarni berish yuli bilan qaytarilishi mumkin.
Auditor kreditlardan foydalanganlik uchun foiz summalarining qanday schyotlarda aks ettirilganligi yoki qaysi manbalar - moliyaviy natijalar yoki boshqa manbalar hisobidan qoplanganligini tekshiradi.
|
| |