Budjet bilan hisob-kitoblar auditi




Download 13,28 Mb.
bet91/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Budjet bilan hisob-kitoblar auditi

O`zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq ko`pchilik korxonalar budjetga umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig`imlar to`laydilar.
Soliqlar va boshqa to`lovlar bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazishning maqsadi - tekshiriladigan xojalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha qarzdorlikni aks ettirish qismida, hamda soliqqa tortishdagi tartibga solinmagan masalalar bilan bog`liq sezilarli holatlarni aks ettirishdan iborat.
«Korxonada budjet bilan hisob-kitoblar auditining asosiy maqsadi soliq va yig`imlarning barcha turlari bo`yicha hisoblar to`g`ri tashkil etilishi, ular to`liq va o`z vaqtida budjetga o`tkazilishi, soliq to`lovlarining kechiktirish sabablari va boqimandalar qaysi schyotlarga o`tkazilganligi, mablag`lar o`z vaqtida o`tkazilmaganligiga aybdor shaxslarga nisbatan va yo`l qo`yilgan kamchiliklarni oldini olish uchun qanday choralar ko`rilganligini aniqlashdan iboratdir. Budjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda auditor xojalik yurituvchi subyektga soliq va yig`imlar noto`g`ri hisoblanishi hamda ular o`z vaqtida budjetga o`tkazilmaganligi uchun soliq idoralari tomonidan ko`riladigan jarima va boshqa choralari bilan bog`liq bo`lgan moliyaviy yo`qotishlarni oldini olishga yordam berishi lozim.
Xojalik yurituvchi subyektlarning budjet bilan hisob-kitob muomalalari bo`yicha tekshiruvining asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • to`lovlar va yig`imlar alohida turlari bo`yicha ma'lumotnomalar va hisoblar;

  • tegishli summalar budjetga o`tkazilganligi to`g`risidagi dastlabki hujjatlar ilova qilingan bank ko`chirmalari;

  • soliq idoralari tomonidan o`tkazilgan tekshiruvlar bo`yicha dalolatnomalar;

  • buxgalteriya hisobi schyotlari bo`yicha yozuvlar;

  • jurnal-orderlar va hisob registrlarining boshqa turlari;

  • Bosh kitob, moliyaviy hisobot va boshqalar.

Budjet bilan olib boriladigan hisob - kitoblar auditor jiddiy e'tibor berishi lozim bo`lgan murakkab obyekt hisoblanadi. Birinchidan, budjetga to`lanadigan soliqlarning noto`g`ri hisoblanganligi va to`langanligi uchun korxonaga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo`llaniladi. Bu esa uning moliyaviy ahvoliga sezilarli darajada ta'sir qiladi. Ikkinchidan, hisob-kitoblarning to`g`riligini tasdiqlovchi auditorlik xulosalari soliq inspektsiyasi tomonidan qabul qilinishi ayrim hollarda shubha ostiga olinib, qabul qilinmasligi ham mumkin. So`ngi holatda soliq organi taqdim qilingan auditorlik xulosasini qaytadan tekshirib chiqishga haqlidir. Agar auditor xulosasi davlat budjeti manfaatlariga zid, amaldagi qonunchilikka va me'yoriy hujjatlarga rioya qilinmasdan, sifatsiz tuzilganligi aniqlansa, amaldagi qonunchilikka muvofiq sanksiyalar kuchga kiradi. Bunday hollarda auditorlik firmasi aditorlik faoliyati bilan shug`ullanishga huquq beradigan litsenziyadan mahrum qilinishi mumkin. Soliqlar to`lanishini tekshirishdan oldin soliqqa tortiladigan obyekt bo`yicha ko`rsatkichlarning to`g`riligi, soliqqa tortiladigan baza va soliq stavkalariga rioya qilinishi tekshirilishi kerak»1.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil mulkchilikka asoslangan korxonalarning budjet bilan o`zaro munosabatlari kengaymoqda. Respublikamizning barcha hududlarida budjetga to`lanadigan to`lovlarning


1 Do’smuratov R. Audit asoslari. Darslik.-T.: 2003.
to`g`riligini aniqlaydigan va ularning o`z vaqtida o`tkazilishi ustidan qat'iy nazorat o`rnatadigan soliq xizmatlari tashkil etilgan.
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida Davlat soliq qo`mitasiga, xususan, Respublika Soliq qo`mitasi hamda viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi soliq organlariga quyidagi huquqlar berilgan: foyda va boshqa soliqqa tortiladigan obyektlarni yashirganligi yoki kamaytirib ko`rsatganligi uchun barcha yashirgan yoki pasaytirilgan summalarni va shu summa miqdorida jarima undirish uchun korxonalarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo`llash. Bunday xato ikkinchi marta takrorlanganida esa ikki baravar jarima solish, shuningdek budjetga soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni hisoblash hamda to`lash uchun zarur bo`lgan soliq deklaratsiyalari, hisobotlar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarni taqdim qilmaganliklari, kechiktirilganligi, foydaning hisobga olinmaganligi yoki bu hisobning belgilangan tartibni buzib yuritilganligi uchun tegishli soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar summasidan foizi undiriladi. Bunda mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining besh barobaridan etti barobariga ma'muriy jarima solinadi.
Auditor budjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda malakali maslahatchi va ushbu hisob-kitoblar to`liq hamda o`z vaqtida bo`lishi lozim. Budjet bilan hisob- kitoblarda korxona buxgalterlari tomonidan yo`l qo`yilgan xatolarni ko`rsatish bilan auditor ushbu korxonaga soliq inspektsiyasi tomonidan qo`llaniladigan moliyaviy jazo choralari bilan bog`liq bo`lgan zararlardan qutilib olishga yordam beradi. Shuning uchun u budjet to`lovlariga doir hisob-kitoblarning to`g`riligi va ularning O`zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka muvofiq o`z vaqtida o`tkazib berilishini sinchiklab tekshirishi lozim.
Budjetga to`lanadigan to`lovlarning ro`yxati O`zbekiston Respublikasining soliq Kodeksi bilan, ayrim to`lovlar bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi esa Davlat soliq qo`mitasi va Moliya vazirligining tegishli yo`riqnomalari bilan tartibga solinadi.
Soliqlar bo`yicha qarzlar yuridik shaxslarning budjet oldidagi majburiyati bo`lib hisoblanadi va odatda, ma'lum sanada to`lanadi. Soliq qonunchiligining tez- tez o`zgarishi va me'yoriy hujjatlar ayrim qoidalaridagi ziddiyatlar soliqlarga doir hisob-kitoblarda tasodifiy xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Soliqlar bo`yicha qarzlar sinchiklab tekshiruvdan o`tkazilganida quyidagi xatolar aniqlanishi mumkin:

  • soliqlarni hisob-kitob qilishda buxgalteriya hisobi tamoyillari, qonun hujjatlari va yo`riqnomalarning noto`g`ri qo`llanilishi;

  • soliq stavkalarining noto`g`ri qo`llanilishi;

  • soliqqa tortiladigan bazaning noto`g`ri aniqlanishi;

  • penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi;

Kreditorlik qarzlari va butun buxgalteriya hisobotini baholashga quyidagilar ta'sir ko`rsatadi:

  • soliqqa tortish bo`yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni taqdim etish;

  • soliq organlariga taqdim qinadigan ma'lumotlarning buzib ko`rsatilishi yoki yashirilishi;

  • budjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod etilganlar sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigan daromadlarni noto`g`ri turkumlash yoki hisob-kitob qilish;

  • soliqqa tortish bo`yicha imtiyoz olish uchun bosh va shuba korxonalar o`rtasidagi hisob-kitoblar bo`yicha hisobda qalbaki muomalalarni aks ettirish.

Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatida soliq stavkalarini qo`llash, soliq solinadigan bazani aniqlash, soliqlarni to`lash muddatlari, hisobotlarni tayyorlash va hokazo talablar aks ettiriladi.




    1. Download 13,28 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   211




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Budjet bilan hisob-kitoblar auditi

Download 13,28 Mb.