MAVZU. HISOB-KITOB, KREDIT MUOMALALARI VA BOSHQA




Download 13,28 Mb.
bet85/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

MAVZU. HISOB-KITOB, KREDIT MUOMALALARI VA BOSHQA

QARZLAR AUDITI

    1. Hisob-kitob, kredit va boshqa qarzlar bo’yicha muomalalar

auditining uslubi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar o`zaro hisob- kitoblarni amalga oshiradilar, ya'ni erkin iqtisodiy munosabatga kirishadilar. Bunda mol yetkazib berish, ish, xizmatlar bajarish va boshqa xojalik muomalalari vujudga keladi. Natijada subyektlar o`rtasida hisob-kitob muomalalarini amalga oshirish jarayoni vujudga keladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilar bilan sotib olingan xom-ashyo, material, asbob-uskuna va boshqa tovar-moddiy boyliklar, haridor va buyurtmachilar bilan ortib jo`natilgan mahsulot, transport tashkilotlari bilan yuklarni tashish, soliq organlari bilan budjetga to`lovlar yuzasidan va h.k. Bulardan tashqari jismoniy shaxslar, xodimlar bilan turli xil hisoblashishlarni amalga oshirish mumkin. Masalan, hisobdor shaxslar bilan safar xarajatlari yuzasidan, kreditga olingan tovar-moddiy boyliklarga to`lovlar yuzasidan va h.k.
Xojalik yurituvchi subyektlar o`rtasidagi hisob-kitoblar asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi. Naqd pullar korxonaning xizmat safarlariga, xojalikning mayda xarajatlariga hisobdorlik asosida beriladi.
«Korxonaning ba'zi xarajatlari hisobdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Korxonaning ayrim xodimlariga xizmat safari xarajatlari, ayrim mayda xojalik xarajatlari uchun kassadan mablag` beriladi. Hisob-kitob muomalalari xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo`yicha, hisobdor shaxslar bilan va boshqa muomalalar bo`yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o`z ichiga oladi. Bu hisob-kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki hisob-kitoblar ataylab yoki bilmasdan ko`p xato-kamchiliklarga yo`l qo`yiladigan soha bo`lib, auditordan tekshiruvda maxsus e'tibor qaratishni talab etadi»1.
Hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazishdan asosiy maqsad buxgalteriya hisobidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir debitorlar va majburiyatlar aks ettiriladigan bo`limning ishonchliligi, qo`llanilayotgan hisob va soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi to`g`risida fikr shakllantirib, quyidagilarni aniqlashdan iborat:

  • to`liqligi - barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi, hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yuqligi;

  • mavjudlik - balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor summalar va boshqalar) bo`yicha majburiyatlar mavjudligi;

  • majburiyatlar - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari qonuniyligi va to`g`riligi;

  • baholashlar - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me'yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi;

  • aniqligi - mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat safari bo`yicha sutkalik xarajatlar summasi va boshqalarning to`g`ri hisoblanganligi,





1 Umarova M. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. Darslik.-T.: 2004., 95-b.
.
buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi ma'lumotlarga mosligi;

  • hisob davrining cheklanganligi - ichki hisob-kitoblarga doir barcha majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo`lsa, aynan mana shu hisob davrida aks ettirilganligi;

Taqdim etish va bayon qilish - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning barchasi hisob va hisobotga oid me'yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan, turkumlangan va taqdim qilinganligi.
Ushbu maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:

  • auditor tekshiruv mobaynida hisobot ko`rsatkichlarida jiddiy xatolar yo`qligiga yetarli darajada ishonch hosil qilish;

  • dalillarni to`plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalanish;

  • auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun zarur bo`lgan me'yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va boshlang`ich hujjatlarni jamlash;

  • ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish;

  • soliqqa tortish bo`yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar paketini mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirish.

Auditor ichki hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo`yicha sintetik va analitik hisob registrlari korxonada qo`llaniladigan hisob shakliga (jurnal-order, memorial-order, jadval va h.k.) bog`liqligini bilishi kerak. Masalan, buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida yuritiladigan korxonalarda 7- ASK 8-ASK va 10-ACK jurnal-orderlar, jadval-avtomatlashtirilgan (yoki kompyuterlashtirilgan) shaklida – 4210 - «Mehnat haqi bo`yicha berilgan bo`nak», 6510 - «Sug`urta bo`yicha to`lovlar», 6710 - «Mehnat haqi bo`yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720 - «Deponentlangan mehnat haqi», 4220 - «Xizmat safari uchun berilgan bo`naklar», 4230 - «Umumxojalik xarajatlari uchun berilgan bo`naklar», 4290- «Xodimlarga berilgan boshqa bo`naklar», 6870-«Hisobdor shaxslardan qarzlar», 4710 - «Kreditga sotilgan tovarlar bo`yicha xodimlarning qarzlari», 4720-«Berilgan qarzlar bo`yicha xodimlarning qarzlari», 4730 -
«Moddiy zararni qoplash bo`yicha xodimlarning qarzlari» va 4790 -
«Xodimlarning boshqa qarzlari» schyotlari bo`yicha debet va kredit oborotining mashinogrammalari tekshiriladi.
Hisob-kitob va kredit operatsiyalar auditining asosiy manbasi bo`lib quyidagi me'yoriy va dastlabki hujjatlar hamda buxgalteriya hisobi registrlari hisoblanadi (7.1-jadval).




Download 13,28 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   211




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU. HISOB-KITOB, KREDIT MUOMALALARI VA BOSHQA

Download 13,28 Mb.