• Funksiya nima
  • Funksiyalar qanday yaratiladi
  • Endi 2-turga o’tamiz: qiymat qaytaruvchi funksiyalar
  • Amaliy ishi




    Download 3.75 Kb.
    Sana17.02.2024
    Hajmi3.75 Kb.
    #158187
    Bog'liq
    Amaliy ishi Mavzu Classlar va funksiyalar yordamida misol va ma-fayllar.org
    1 labaratoriya, joriy nazorat, 5-sinf 7- nazorat ishi, 50 positive words to describe people, statistika o\'rtacha miqdorlar, 7-amaliy ish (1), IOM mustaqil, seminar mashg`uloti mno, Shukurova Mohinur, ma`ruza matni, geometriyadan tarqatma, MTM, 2 ma\'ruza, 8. Тарқатма материаллар , 1-topshiriq

    Amaliy ishi Mavzu: Classlar va funksiyalar yordamida misol va masalalar yechish Ishdan maqsad

    TATU Samarqand filiali Kompyuter injenering fakulteti ATS yo’nalishi 21-06 guruh talabasi RAzzoqov Sarvarning Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanidan bajargan




    1. amaliy ishi




    Mavzu: Classlar va funksiyalar yordamida misol va masalalar yechish


    Ishdan maqsad:
    Turli xil misol va masalalar uchun algoritm tuzish va python asosida yechimini topish.


    Mavzu bo’yicha qisqacha tushunchalar:

    Funksiya nima?

    Funksiya – biror vazifa bajarishga mo’ljallangan kodlar majmui. Funksiya o’z navbatida bir xil kodni takrorlamaslik uchun ishlatiladi. Biz ko’p ishlatadigan print() ham funksiya hisoblanadi.


    Funksiya turlari

    Funksiyalar 2 xil turga ega: qiymat qaytaruvchi va qaytarmaydigan. Masalan, print() funksiyasi qiymat qaytarmaydi, shunchaki chop etadi.


    Funksiyalar qanday yaratiladi?

    Python buning uchun sodda sintaksisni taklif qiladi.


    def funksiya_nomi(parametr1, parametr2, parametrN): # N bu istalgan son
    funksiya kodlari
    Masalan:
    def songa_bir_qosh_va_chop_et(son):
    print(son+1)
    Endi funksiyani ishlatib ko’ramiz:
    songa_bir_qosh_va_chop_et(5)
    Natija: 6
    Bu funksiyamiz bitta parametrga ega: son
    Funksiya parametriga berilgan qiymat argument deyiladi, demak, 5 bizda argument.
    Yana bir misol:

    a = 3
    def ayir(son):
    global a
    a = a-son
    Funksiyamiz, global o’zgaruvchi a ning qiymatidan berilgan argumentni ayiradi.
    ayir(1)
    print(a)
    Natija: 2
    Demak, 1-tur funksiyalar tushunarli. Ular nimanidir o’zgartirish, chop etish va shu kabilar uchun ishlatiladi.

    Endi 2-turga o’tamiz: qiymat qaytaruvchi funksiyalar

    Funksiya qiymat qaytarishi uchun kod yakunida return qiymat qo’shiladi. Funksiya argument qabul qilib uni o’zgartiradi va yakunda natijani qaytaradi.


    def qaytar(son):
    natija = son+2
    return natija
    a = qaytar(1)
    print(a)
    Natija: 3
    Agar biz funksiyaga return natija ni qo’shmaganimizda, funksiya hech qanday qiymat qaytarmasdi, va kutilgan natija olinmasdi.
    PYTHONDAGI KLASSLAR
    Klass tushunchasi siz uchun yangi bo'lishi mumkin, lekin biz shu vaqtgacha ulardan doimiy ravishda foydalanib keldik.
    Keling x o'zgaruvchi yaratamiz, unga biror qiymat yuklaymiz va type() funksiyasi yordamida uning turini kuramiz:
    x = 10
    print(type(x))
    Natija:
    matn = "salom"
    print(type(matn))
    Natija:
    Yuqoridan ko'rayabmizki, x bu int klassidagi, matn esa str klassidagi obyektlar ekan. Demak biz o'zgaruvchi yaratganimizda, aslida Python int yoki str klassidan foydalangan holda yangi obyektlar yaratib kelayotgan ekan.
    Huddi shu kabi, agar yangi funksiya yaratib, uning ham turini tekshirsak, funksiyamiz function klassiga tegishli obyekt bo'lib chiqadi.
    def salom_ber():
    print("Assalom alaykum")

    print(type(salom_ber))
    Natija:
    Demak, Pythondagi har qanday o'zgaruvchi, funksiya va boshqa elementlar aslida obyektlar ekan.


    http://fayllar.org
    Download 3.75 Kb.




    Download 3.75 Kb.