|
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|
bet | 38/74 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #230250 |
Bog'liq Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik «SKARABEY» texnologiyasi
“Skarabey” interaktiv texnologiya bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog’liklik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda turli g’oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quv materialining turli bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi:
Boshida – o’quv faoliyatini rag’batlantirish sifatida;
Mavzuni o’rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilish va mazmunini belgilash, ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash, mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;
Ohirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida;
“Skarabey” texnologiyasini o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan xolda ishlab chiqilgan. U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni engillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko’rsatish mumkin. “Skarabey” alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanilishi mumkin.
«BLITS-O’YIN» TEXNOLOGIYASI.
№
|
Tayyorlash bosqichlari
|
Yakka tartib
|
To’g’ri javob
|
Xato
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
5
|
|
|
|
|
6
|
|
|
|
|
7
|
|
|
|
|
8
|
|
|
|
|
9
|
|
|
|
|
10
|
|
|
|
|
«BLITS-O’YIN» uslubida talabalarni mashg’ulot mavzusini tekshirish uchun jadvalda keltirilgan mavzu bosqichlarini to’gri ketma-ketligini belgilashdan iborat. Bunda taldaba jadvalda keltirilgan tayyorlash bosqichiga raqamlar qo’yib chiqadi (yakka tartibdagi javob katagiga). So’ng, o’qituvchi tomonidan e'lon qilingan «to’gri javob» katagiga yoziladi. Yakka tartibdagi va to’gri javoblar ayirmasi «xato» katagida qayd etiladi va ularning jami mezon bo’yicha baholanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|