|
a-materialning ekstraksiyagacha bo‘lgan massasi, g.
b
|
bet | 62/107 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #15319 |
a-materialning ekstraksiyagacha bo‘lgan massasi, g.
b-materialning ekstraksiyadan keyingi massasi, g.
B-olingan namuna massasi, g.
Dorivor o‘simliklar tarkibidagiumumiy moy miqdorini
Sokslet usulida aniqlash.
Dorivor o‘simliklar tarkibidagi moymikdorini Sokslet usulida aniqlash moy miqdorini aniqlashda keng qo‘llaniladi. U turli organik erituvchilar yordamida o‘simlik materiallaridan moyni ajratib olishga asoslangan.
Ish tartibi: O‘simlik urug‘lari, masalan kungaboqar, kanakunjut qobig‘idan tozalanib, mag‘zi bir hil og‘irlikkacha quritiladi va hovonchada maydalanib 5-10 g li qog‘oz pakeggchalarga solinadi. Paket osonlik bilan Sokslet apparatiga sig‘adigan bo‘lishi kerak. So‘ngra paket 2 soat davomida 90-100°C da quritiladi, sovitilgach eksikatorga (g) solinadi. Sokslet apparati erituvchi quyilgan kolba (3), eksikator (g) va suv sovitgich (1) dan iborat.
Oldindan tortilgan va massasi ma’lum bo‘lgan kolbaga hajmining 2/3-3/4 kismiga teng efir quyiladi va eksikator bilan ulanadi. Sovitgich ulangach suv hammomi ishga tushiriladi.Suv hammomi harorati shunday bo‘lishi kerakki, bunda har bir soatda efir o‘simlik materialini 8-10 marta to‘liq ravishda yuvib bo‘lishi kerak. Odatda suv hammomining haroragi 40-45'°C atrofida bo‘ladi. Moyning t o‘liq ajralishi materialdagi moy miqdoriga bog‘lik bo‘lib, 6-10 soat davom etadi. Moy tuliq ajralgandan so‘ng kolba apparatdan ajratib olinadi, efirhaydaladi va kolba quritilgach, shkafda 90-100°C da quritiladi. Keyin yana kolba tortilib, moy miqdori aniqlanadi.
|
| |