Nazorat uchun savollar
1. Transgen hayvonlar.
2. Transgen hayvonlar olish usullari.
3. Mikroin'ektsiya qilish usuli.
4. Embrional o'zak hujayralar.
5. Transgen hayvonlarni embrional o'zak hujayralardan olish usuli.
6. Embrional o'zak hujayralar yordamida embrionlarni rekonstruktsiya qilib transgen hayvonlar olish.
7. Transgen hayvon – bioreaktorlar.
8. Yan Vilmut tajribalari asosida sut emizuvchilar klonini olish.
9. Sichqon klonini olish bo'yicha R.Yanagimachi tomonidan o'tkazilgan tajriba.
10. Transgen hayvonlarni klonlash.
«BUMERANG TEXNOLOGIYASI»
Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarni qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarini bajarilishi, navbat bilan o‘quvchi va o‘qituvchi rolida chiqishi mumkin. «Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imqoniyat yaratadi; xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilishda ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imqonini beradi:
Jamoa bilan ishlash mahorati; muammolik, hushfe’llik, ko‘nikuvchanlik, o‘zga fikrga hurmat, faolllik, rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondoshish, o‘z faoliyatining samarlik bo‘lishiga qiziqish, o‘zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvini davom ettirishga imqon beradi. Ularga qisqa. Bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar - bu savollar oldindan «ha» yoki «yo‘q» tipidagi to‘g‘ri, ochiq, javoblarni berishini ko‘zda to‘tadi.
Ko‘ndalang so‘roq – bir - biriga guruhlar beriluvchi qisqa savollar qatori bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imqoniyatdir.Ko‘ndalang so‘roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
MASHG‘ULOT № 12
MAVZU: Biologik materiallardagi uglevodlar miqdorini modifikatsiyalangan usulda aniqlash.
|