|
Hujayra, to‘qima va skeleti
|
bet | 21/21 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #153125 |
Bog'liq AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARIHujayra, to‘qima va skeleti
Bir hujayralilarda barcha hayotiy funksiyalar yagona hujayrada amalga oshiriladi. Metazoa hujayralari tana bo‘yicha ixtiyoriy tartibda joylashmagan bo‘lib, ular guruhlangan va to‘qima deb nomlanuvchi maxsus qavatlar hosil qiladi. Ko‘p hujayrali hayvonning tanasi kolonial bir hujayralilarga nisbatan solishtirilganda eng kamida ikki hil hujayradan tashkil topgan bo‘ladi. Misol uchun kolonial bir hujayrali Volvoxning somatik hujayralari birgalikda “to‘qima” deb atash mumkin bo‘lgan yagona qavatga to‘planadi. Kolonial yoqali yoki Choanoflagellatalar ikkita “to‘qima”li qavatga ega bo‘lishi mumkin, ammo xoanoflagellata (Choanoflagellata) Metazoadan oldingi takson hisoblanadi.
Ko‘p hujaralilar jinsiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinsiz ko‘payish birmuncha sodda tuzilgan ko‘p hujayralilar uchun xos bo‘lib, ikkiga bo‘linish, kurtaklanish va ko‘p marta bo‘linish orqali sodir bo‘ladi.
Jinsiy ko‘payishi gametalar yaʼni har xil jinsli ixtisoslashgan jinsiy hujayralar ishtirokida boradi. Urg‘ochi jinsiy hujayra oogameta, erkaklik urug‘ hujayra spermatozoidir.
Mustaqil ish topshiriqlari:
Ko’p hujayralilarning evolyutsiyada kelib chiqish sabablarini tushinish
Ko’p hujayralilarda to’qima va organlarning paydo bo’lish jarayonlarini o’rganish
Ko’p hujayralilarning ko’payish jarayonlarini tahlil qilish
|
| |