|
Mustaqil ish topshiriqlari
|
bet | 19/21 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #153125 |
Bog'liq AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARIMustaqil ish topshiriqlari:
1. Chig‘anoqli amyobalar va foraminifеralarning tuzilishi va xilma-xilligini o‘rganish.
2. Ildizoyoqlilarning geologik qoldiqlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
3. Amyoba, chig‘anoqli amyobalar va foraminifеralarning tuzilishi aks ettirilgan rasmlar chizing.
Amaliy mashg’ulot-14.
Radiolyariyalar. Heliozoalar. O‘ziga xos belgilari
Kerakli jihozlar: Mavzuga doir tablitsalar, mikroskop, doimiy preparatlar, taqdimotlar.
Nazariy tushuncha. Nurlilar plankton hayot kechiruvchi dengiz hayvonlari bo’lib, 8000 ga yaqin turi maʼlum. Ularning ko’pchilik turlari iliq suvli tropik va subtropik dengizlarda turli chuqurlikda tarqalgan, sovuq suvli dengizlarda kam uchraydi. Tuzilishi ancha murakkab bo’lib, plankton hayot kechirishga moslashgan. Kattaligi 40—50 mkm dan 1 mm gacha, baʼzan undan ham yirikroq bo’ladi. Ko’pchilik turlarining tanasi sharsimon bo’lib, ichki murakkab mineral skeletga ega. Tanasidan har tomonga qarab juda ko’p ingichka ipga o’xshash psevdopodiylar chiqadi. Ko’pchilik nurlilar hujayrasining markazida bitta yirik yadrosi bo’ladi. Yadro gomogen bir xil tiniqlikda quyuq, sitoplazma bilan o’rab olingan. Sitoplazmaning bu qismi va yadro markaziy kapsula ichida joylashgan. Kapsula organik moddadan iborat, uning devorida juda ko’p teshikchalari bo’ladi.
Markaziy kapsula nurlilarning sitoplazmasini ichki va tasqki zonalarga ajratib turadi. Kapsula teshikchalari orqali sitoplazmaning ichki va tashqi zonalari tutashgan bo’ladi. Sitoplazmaning bunday ikki zonaga bo’linishi faqat nurlilar uchun xos bo’lib, boshqa bir hujayralilarda uchramaydi. Sitoplazmaning tashqi zonasi ham bir necha qismdan iborat.
Markaziy kapsulaga yaqin qismi donador quyuq sitoplazmadan, uning ustki qismi yogsimon shilimshiq kiritmalarga boy bulgan juda qalin ko’pikli qavatdan iborat. Ko’pikli qavatning sirtida yupqa to’rsimon sitoplazma qavati joylashgan. Bu qavat tashqi muhit bilan chegaralanadi.
Quyoshsimonlar (Heliozoa)
Ularning vakillari chuchuk suvlar va dengizlarda yashaydi. Kattaligi 1 mm keladigan Actinosphaerium eichhorni va Actinophris sol ko‘p uchraydi.
Sitoplazmasi kataklarga bo‘lingan keng ekto va endoplazma zonalariga ajralgan. Endoplazmadan ko‘p radial aksopodiylar chiqadi. Shuning uchun ko‘rinishi quyoshga o‘xshaydi. Endoplazmasida bitta yadro yoki bir nechta yadrosi, chuchuk suvda yashovchi turlarining ektoplazmasida ikkita qisqaruvchi vakuolasi bo‘ladi. Ozig‘ini aksopoditlar yordamida yorishtirib oladi. Ular jinsiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinsiz ko‘payish oddiy ikkiga bo‘linish yo‘li bilan boradi. Jinsiy ko‘payishi esa o‘ziga xos murakkab jarayonni o‘z ichiga oladi. Masalan, Actinophris sol ning jinsiy ko‘payishi murakkabroq boradi. Dastlab aksopodiylar qisqaradi. Tanasi ikkiga bo‘linadi. Ikkala hujayra bitta umumiy sista hosil qiladi. Har qaysi hujayra sista ichida reduksion bo‘linish (meyoz) orqali gametaga aylanadi. Ular qo‘shilib zigotaga aylanadi. Zigota sista qobig‘idan chiqib, jinsiz ko‘payadi.
Bundan keyin hosil bo‘lgan yosh hujayralarning qo‘shilishi bilan boradigan jinsiy ko‘payish PEDOGAMIYa deb ataladi.
|
| |