• Nazariy tushuncha.
  • Ixtisoslashgan hujayralar to‘qima deyiladi.
  • Metazoa
  • Metazoa (shu bilan birga lotincha Animalia
  • Mustaqil ish topshiriqlari




    Download 2,12 Mb.
    bet20/21
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #153125
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI

    Mustaqil ish topshiriqlari:
    1. Radiolyariyalar. Heliozoalarning tuzilishi va xilma-xilligini o‘rganish.
    2. Actinophris sol haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
    3. Radiolyariyalar. Heliozoalar tuzilishi aks ettirilgan rasmlar chizing.
    Amaliy mashg’ulot-15.
    Ko‘p hujayralilar. Tuzilishi: hujayralari; to‘qimalari va skeleti; ko‘payishi va rivojlanishi.
    Kerakli jihozlar: Mavzuga doir tablitsalar, mikroskop, doimiy preparatlar, taqdimotlar.
    Nazariy tushuncha. Ko‘p hujayralilar tanasi har xil tuzilgan va turli vazifani bajarishga moslashgan hujayralardan iborat. Bu hujayralar mustaqil yashash xususiyatiga ega bo‘lmasdan yaxlit organizmning bir qismi hisoblanadi. Hujayralar turli darajada ixtisoslashgan bo‘lib, maʼlum bir vazifani bajarishga moslashgan. Masalan, muskul hujayralari faqat qisqarish, nerv hujayralari esa sezish xususiyatiga ega. Ixtisoslashgan hujayralar to‘qima deyiladi.
    Ko‘p hujayralilar murakkab rivojlanish sikliga ega. Bu jarayonda urug‘langan va urug‘lanmagan tuxumdan voyaga yetgan organizm shaklanadi. Ularning individual rivojlanish sikli (ontogenez) urug‘langan tuxum hujayraning juda ko‘p mayda hujayralarga bo‘linishi (maydalanish) va ulardan asta-sekin embrion varaqlari hamda organlarning hosil bo‘lishidan iborat.
    Metazoa bu hayvonlar deb ataluvchi ko‘p hujayrali organizmlarning ilmiy nomlanishidir. Oldingi adabiyotlarda, umuman olib aytganda fanda avvallari protozoa, yaʼni bir xujayralilar hamda Metazoa ko‘p hujayrali xayvonlar deb hisoblanilgan. Metazoa (keyingi xayvonlar) nomi esa ularni bir hujayralilar (Protozoailk hayvonlar)dan kelib chiqqanini ifodalaydi. Ammo, bugungi kunda xayvon iborasi faqatgina ko‘p hujayralilar - Metazoa (shu bilan birga lotincha Animalia) nisbatan qo‘llanilmoqda.
    Metazoa – bu ko‘p hujayrali geterotrof, harakatlanuvchi eukariotlardir. Ularning tanalari qutblangan, yaʼni tananing oldingi va orqa tugash qismlarining tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Ular orqali tasavvurda orqa va old qismni tutashtiruvchi va yo‘nalishi organizmni xarakat yo‘nalishi bilan mos keluvchi o‘q (lokomotor o‘q) ni o‘tkazish mumkin.



    Download 2,12 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 2,12 Mb.