• Amaliy mashg’ulot-2. Euglenozoa tipi. Euglenoidea sinfi. Euglena viridis yoki Euglena gracilis tuzilishi. Euglenasimonlar turkumi. Vakillar
  • Nazariy tushuncha.
  • Mustaqil ish topshiriqlari




    Download 2,12 Mb.
    bet2/21
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #153125
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI

    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Mikroskopning asosiy qismlarini ko’rsating.

    2. Bir hujayralilarning tuzilishi va harakat organoidlari izohlab bering

    3. Bir hujayralilarning hayotiy jarayonlarini tushuntiring

    4. Bir hujayralilarning ko’payish ususllari



    Amaliy mashg’ulot-2.
    Euglenozoa tipi. Euglenoidea sinfi. Euglena viridis yoki Euglena gracilis tuzilishi.
    Euglenasimonlar turkumi. Vakillar: Euglena viridis yoki Euglena gracilis.Tuzilishi va ko’payishi.
    Kerakli jihozlar: Mavzuga doir tablitsalar, mikroskop, doimiy preparatlar, taqdimotlar.
    Nazariy tushuncha.Evglenalar chirigan organik moddalarga boy boʻlgan koʻlmak suvlarda, hovuzlarda va boshqa ifloslangan suvlarda yashaydi. Lekin ular orasida Euglena acus, E. spirogyra kabi turlari ham uchrashi mumkin. Evglenaning tanasi duksimon, keyingi uchi oʻtkirlashgan boʻladi. Sitoplazmasi endoplazma va ektoplazmadan iborat boʻlib uning usti yupqa elastik parda-pellikula bilan qoplangan. Shuning uchun ham evglenaning shakli nisbatan oʻzgarmasdir. Lekin harakatlanish paytida shakli oʻzgarib, hatto u dumaloqlanishi ham mumkin (7-rasm). Tanasining oldingi uchida bitta xivchini bor, u harakatlanish organoidi. Uning asosida esa harakatni boshqaruvchi bazal tanacha joylashgan. O’nga yaqin joyda yorugʻlikni sezadigan, yaʼni qizil dogʻsimon “koʻzcha” stigmani koʻrish mumkin. Evglena sitoplazmasining asosiy orgonoidlaridan yana bittasi qisqaruvchi vakuola boʻlib, uning atrofida bir nechta yigʻuvchi vakuolachalar mavjud. Vakuola qisqargan paytda suv, qoldiq moddalar uning tashqi muhit bilan toʻtashgan rezervuariga oʻtadi va tashqariga chiqariladi. Evglenaning tanasida xlorofill donachalariga ega boʻlgan xromatoforlar bor. Shuning uchun ham ular oʻsimliklar singari fotosintez yoʻli bilan oziqlanadi. U yorugʻlik taʼsirida karbonat angidrid gazi va suvdan uglevodlarni sintez qiluvchi avtotrof organizmdir. Bu jarayonda hujayrada ehtiyoj ozuqa modda paramil (tarkibi oʻsimlik kraxmaliga yaqin) toʻplanadi. Lekin evglena qorong’i joyda saqlansa, rangsizlanadi va pellikulasi orqali suvda erigan organik moddalarni shimib, saprofit ovqatlanishga oʻtadi. Ayrim evglenalarning ikki xil avtotrof va geterotrof oziqlanishi isbotlangan. Ular bir vaqtning o’zida ham fatosintez, ham saprofit yoʻli bilan oziqlanadilar. Bu aralash yoki miksotrof ovqatlanish deyiladi. Evglena sitoplazmasida bitta yadro boʻlib, u tananing keyingi uchiga yaqin joylashadi.




    Download 2,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 2,12 Mb.