Mustaqil ish topshiriqlari:
Kinetoplastida sinfining umumiy xususiyatlari.
Parazit hayvonsimon xivchinlilarning zarari
Amaliy mashg’ulot-4.
Chlorophyta tipi, volvokslar (Eudorina yelegans, Volvoks aureus). Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar. Yoqali xivchinlilar (bodo)ning tuzilishi.
Kerakli jihozlar: Mavzuga doir tablitsalar, mikroskop, doimiy preparatlar, taqdimotlar.
Nazariy tushuncha.Volvoks kolonial xivchinlilar ichida eng yirigi (2 mm gacha) boʻlib, uni hovuzlarda, koʻllarda va baʼzan sholipoyalarda uchratish mumkin. Volvoksning tanasi sharsimon, koloniya holda yashovchi bir hujayrali xivchinlilardandir (1-rasm).
1-rasm. Volvoks-Eudorina yelegans ning sharsimon koloniyasi.
1-3-hujayradan iborat koloniya; 2-jinsiz koʻpayish.
Koloniyadagi bir necha ming individlar (hujayralar) sitoplazmatik koʻprikcha orqali bir-birlari bilan tutashgan. Har qaysi xujayraning tuzilishi xuddi evglenaning xujayra tuzilishiga oʻxshaydi, yaʼni har bir individning ikkitadan xivchini, yadrosi, xromatoforalari, qisqaruvchi vakuolasi va “koʻzchasi” (stigma) boʻladi (2-rasm).
1-rasm. Volvoks aureus koloniyasining bir qismi.
1-koloniyaning vegetativ hujayralari; 2-sitoplazmatik koʻprikcha; 3-koloniyadagi eng yirik hujayralar boʻlib, ularning taraqqiy etishi natijasida yangi qiz koloniyalar hosil boʻladi.
Shuning uchun volvoks tarkibidagi individlarning har birini mustaqil bir hujayrali organizmlar deb qarash lozim. Lekin bu individlarning koʻpchiligi boʻlinib koʻpayish xususiyatiga ega emas, ularni volvoks tarkibidagi somatik hujayralar deb ataydilar. Volvokslarda koʻpayish xususiyatiga ega boʻlgan individlar juda oz, atigi 4-10 boʻlishi mumkin. Bular partenogonidiyalar yoki “koʻpayuvchi vegetativ hujayralar”dir. Ularda hech qanday organoidlar boʻlmaydi va faqat koʻpayish uchun xizmat qiladi. Koloniyadagi ana shu individlar (partenogoniyalar) ning bir nechtaga boʻlinishi natijasida yangi yosh koloniya hosil boʻladi (3-rasm).
Shuning uchun volvokslar ichida (“ona” tarkibida) bir necha yosh (“qiz”) koloniyachalar boʻladi.
|