|
Amaliy mashgʻulot materiallari
|
bet | 4/21 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #153125 |
Bog'liq AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI8-rasm. L.tropicaning tuzilishi.
1.Xivchin, 2.aksonema, 3.vakola, 4.bleforoplast, 5.bazal tana, 6. yadro.
Shunday qilib, leyshmaniya ham uyqu kasalligi qoʻzgʻatuvchisi singari tabiatda odam boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼiy nazar yovvoyi hayvonlar organizmida mavjud boʻladi. Parazitlarni bir hayvondan boshqasiga hasharotlar yuqtiradi. Rus parazitologi E. N. Pavlovskiy odamlar va hayvonlar oʻrtasida boʻgʻimoyoqlilar yordamida aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb ataydi.
Odamlarning jigari, talogʻi va limfa bezlarida parazitlik qiluvchi Leishmania donovani kalaazar deb ataluvchi ogʻir ichki leyshmaniozni paydo qiladi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. Kasallangan kishida kam qonlik paydo boʻlib, u ozib ketadi. Jigar va talogʻi shishib xalok boʻlishi mumkin. Kalaazarni qoʻzatuvchi leyshmaniya paraziti tabiatda itlar qonida yashaydi. Kalaazar Janubiy va Shimoliy Osiyo va Italiyada, Turkmanistonning ayrim hududlarida uchraydi.
Yuqorida koʻrsatilgan har ikkala leyshmanioz bilan ham koʻproq bolalar kasallanadi. Kasalliklardan keyin muntazam immunitet hosil boʻladi. Shuning uchun xar bir kishi leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi.
Ko’p xivchinlilar turkumi. Vakillar: trixomonas va lyambliya. Tuzilishi va ko’payishi.
Koʻp xivchinlilarga ancha murakkab tuzilgan parazit xivchinlilar kiradi. Xivchinlar soni toʻrtta yoki undan koʻproq, boʻladi. Odam va umurtqali hayvonlarning ichagida juda koʻp xivchinlilar parazitlik qiladi. Ichakda yashaydigan trixomonas butun tana bo’ylab oʻtuvchi ichki tayanch skeleti-aksostili va toʻlqinlanuvchi pardasi boʻladi.
9 -rasm. Trichomonas vaginalisning tuzilishi. 1.Xivchin, 2. sitostom,
3. to’lqinlanuvchi membrana, 4.yadro, 5.vakola, 6. aksostil,
Trixomonadalarning tanasi oval shaklida boʻlib, orqa qismi ingichkalashib ketgan. Oldingi qismida sharsimon yadrosi joylashgan boʻlib, yadro oldida blefaroplast yotadi. Barcha xivchinlilar sinfi vakillari singari trixomonadalaming harakat organoidlariga xivchinlari kiradi. Xivchinlarining soni 4-5 ta boʻlib, ulardan bittasi toʻlqinsimon parda boʻylab orqaga qayrilgan. Sitoplazmasida hazm qiluvchi vakuolalari bor. Ichak trixomonadasi ifloslangan ovqat yoki suv orqali yuqadi. Ichak trixomonadasiga tashxis qoʻyish uchun mikroskop ostida bemor axlatini tekshirib aniqlanadi.
Oʻn ikki barmoq va ingichka ichakda, oʻt yo’llarda uchraydigan lambliya (Lamblia intestinalis) tanasi ikki tomonlama simmetriyali boʻlib, ikkitadan yadrosi va aksostilga oʻxshash tayanch fibrillar apparati, 8 ta xivchinlari bor. Qorin tomonida ichakka yopishish uchun so’rgʻichi rivojlangan.
Ular sista orqali tarqaladi. Toʻgʻri ichakka tushgan lambliyalar xivchinini yo’qotadi va qalin poʻstga oʻralib, sista xosil qiladi. Lambliya ichakda juda koʻplab koʻpayganida ichakning normal faoliyatining buzilishiga, baʼzan oʻt pufagining yalligʻlanishi (xoletsistit)ga sabab boʻlishi mumkin.
10-rasm. Ichak lyambliyasining tuzilishi: a) yon tomondan, b) qorin tomondan ko‘rinishi, v) epiteliy to‘qimasiga yopishgan lyambliya. 1-xivchin; 2-bazal tanacha; 3-so‘rg‘ich; 4-yadro; 5- parabazal tanacha; 6-aksostil.
|
| |