|
- rasm. Yashil evglena (Euglena viridis)
|
bet | 3/21 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #153125 |
Bog'liq AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI3- rasm. Yashil evglena (Euglena viridis)
1-xivchin; 2-xivchin tubidagi rezuvar; 3-stigma; 4-qisqaruvchi vakuola;
5-xromatoforlar; 6-yadro.
Evglenalar jinssiz, boʻyiga ikkiga boʻlinib koʻpayadi. Noqulay sharoitda u yumoloqlanib uz atrofida zich paradaga oʻralib sista hosil qiladi. Baʼzan sista ichida boʻlinish yoʻli bilan ham koʻpayishi mumkin.
Mustaqil ish topshiriqlari:
Euglenozoa tipiga umumiy tavsif bering
Euglena viridis yoki Euglena gracilis tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlar
Amaliy mashg’ulot-3.
Kinetoplastida sinfi. Hayvonsimon xivchinlilar: tripanosoma, leyshmaniya, trixomonada, lyambliyalarning tuzilishi.
Kerakli jihozlar: Mavzuga doir tablitsalar, mikroskop, doimiy preparatlar, taqdimotlar.
Nazariy tushuncha. Parazit kinetoplastidlar orasida odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit yashovchi Tripanosomalar (Trypanosoma) urugʻi vakillari ayniqsa, katta ahamiyatga ega (11rasm). Ularning tasmaga oʻxshash yassi tanasi 20-70 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasinnng yonidan orqaga qarab yoʻnalgan. Xivchin yupqa toʻlqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan. Uyqu kasali Tripanosomasi (Trypanosoma rhodesiense) Afrikaning tropik qismida yashovchi xalqlarda ogʻir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Tripanosomaning plazmasida va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinchalik orqa miya suyuqligiga oʻtib oladi. Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanadi va sekin asta organizm ogʻir xastalikka chalinadi. Parazit xivchinlilar kasal kishi koʻp uxlaydi va juda ozib ketadi, davolash choralari koʻrilmaganda halok boʻladi.
7-rasm. Trypanosoma rhodesiense ning tuzilishi.
1.Bleforoplast, 2. bazal tanacha, 3.orqaga yo’nalgan xivchin, 4. yadrocha, 5.yadro,
6. to’lqinlanuvchi membrana, 7. xivchin, 8. pellide, 9. ektoplast, 10. endoplast,
11. zahira ovqat zarrachalari.
Uyqu kasali tripanosomasi tabiatda yovvoyi hayvonlardan antilopalar qonida uchraydi. Tripanosomani se-se chivinlari (Glossina morsitans, G.palpalis) antilopalardan odamlarga yuqtirishi aniqlangan. Chivinlar ichagida Tripanosoma boʻyiga boʻlinib koʻpayadi va tana suyuqligi orqali avval chivinning soʻlak bezlariga, soʻngra uning xartumiga oʻtib oladi. Pashsha soʻlagidan qonga oʻtgan parazitlar qon plazmasida yana jinssiz boʻlinib koʻpayadi. Parazit hayvonlarga ziyon keltirmaydi. Antilopalar kasallikning tabiiy manbasi, se-se chivinlari esa kasallik qoʻzgʻatuvchining tarqatuvchisi hisoblanadi.
Leyshmanioz Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubiy Gʻapbiy Osiyoning birqancha mamlakatlarida tarqalgan. Kasallik Oʻzbekistonning janubiy rayonlarida tarqalgan boʻlib, uning tabiiy manbai asosan choʻl mintaqasidagi yumronqoziqlar ini bilan bogʻlangan.
|
| |