• Kerakli jihozlar
  • Mustaqil ish topshiriqlari




    Download 2,12 Mb.
    bet9/21
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #153125
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
    Bog'liq
    AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI

    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Kipriklilar (Ciliophora) kenja tipining umumiy tavsifi

    2. Erkin yashovchi infuzoriyalar-Paramecium caudatumning hayotiy jarayonlari

    Amaliy mashg’ulot-6.
    Parazit infuzoriyalar. Balantidium, ixtioftirus va boshqa vakillarning tuzilishi.
    Trixomastomatidlar turkumi. Vakil: Balantidium coli. Tuzilishi va ko’payishi.
    Kerakli jihozlar: Mavzuga doir tablitsalar, mikroskop, doimiy preparatlar, taqdimotlar.
    Nazariy tushuncha. Kiprikli infuzoriyalar sinfiga kiruvchi teng kipriklilar kenja sinfining ko’plab turlari har xil umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning turli organlarida parazitlik qiladi. Parazit kiprikli infuzoriyalardan teng kipriklilar kenja sinfiga kiruvchi balantidiya (Balantidium coli)ning zarari ayniqsa kattadir.
    Balantidium coli asosan odamlarning yo’g’on ichagida parazitlik qiladi.
    Shu turning o’zi yoki unga o’xshash bo’lgan, cho’chqa to’ng’iz va kalamushlarning yo’g’on ichagida ham parazitlik qiladi. Balantidiya ichakda jarohat hosil qilib balantidioz, yani xavfli qonli ichburug’ga o’xshash kasalliklarni keltirib chiqaradi. Balantidiyaning shakli oval, loviyasimon, yumoloq va tuxumsimon ko’rinishda, oldingi tomoni biroz toraygan, keying tomoni esa biroz kengaygan bo’ladi.
    Infuzoriyaning tanasi pellikula bilan qoplangan bo’lib, uning tagida tiniq bo’lgan ektoplazma qatlami joylashgan. Dona-dona endoplazmasida 2ta yadro joylashgan bo’lib, loviya shaklidagi katta-yadrosi makronekleus o’ng tomonida joylashgan yadrochasi esa mikronekleus deyiladi. Tanasi sirtqi tomondan bir xildagi mayda kipriklar bilan qoplangan. Kipriklar harakatlanish va o’g’izni tutish vazifasini bajaradi. Oldingi tomonidagi og’zi-sitostom qisqa tomoqqa sitofarinksga tutashadi.
    Balantidiyaning uzunligi 40 mkm dan 150 mkm gacha va eni 20 mkmdan 70 mkm gacha boradi. Blantidiyada ikkita vakuola bo’lib, biri tanasining oldingi tomonida va ikkinchisi tanasining keying tomonida joylashgan. Blantidiya sistaga o’ralish qobilyatiga ham ega. Bunda balantidiya kiprikchalarini tushurib, ikki qavatli zich parda-sistaga o’raladi. Sistalar yirik bo’lib, uning diametric 50-60 mkm ga yetadi. Blantidiyalar ikkiga bo’linib, jinsiz va jinsiy usulda ko’payadi.
    Chunki balantidiy cho’chqa, sichqon va kalamushlar ichagida ham parazitlik qiladi. Cho’chqalarning tezagi orqali parazitning sistalari tashqariga chiqadi va odamlar bu sistalarni yutib balantidiy bilan kasallanadi.
    Kasallanishga sabab, gigiyena qoidalariga rioya qilinmaslik natijasida sistalari iflos qo’l orqali odam ichagiga tushadi. To’g’ri ichakda parazit sistadan chiqadi. Blantidioz bilan ko’pincha cho’chqachilik fermalarida va kolbasa tayyorlash korxonalarida ishlaydigan xodimlar kasallanadi.
    Balantidioz bilan asosan sutdan chiqqan cho’chqa bolalari kasallanadi. Kasallik o’tkir vasurunkali kichadi. O’tkir kechganda kasallangan hayvon harorati ko’tariladi, qon va shilliq aralash ichi ketadi. Surunkali bo’lganda esa oziqlanmaslik, ichi ketishning vaqti-vaqti bilan takrorlanishi kuzatiladi. Balantidioz
    Ixtioftirius. Parazit infuzoriyalar orasida, ayniqsa ixtioftirius baliqlarga katta zarar keltiradi. Parazitning kattaligi 0,5-1 mm keladi. Sitoplazmasida taqasimon makronukleusi va ko’p sonli ovqat hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalari mavjud. Trixosistalari bo’lmaydi. Parazit zog’ora baliq, gulmoyi, do’nhpeshona, oq amur kabi baliqlarning suzgich qanotlari va jabralarida parazitlik qiladi. Baliq terisi va jabrasiga chuqur kirib, zararlangan epiteliy hujayralari va eritrositlar bilan oziqlanadi hamda bu joylarda yara hosil qiladi.
    Kasallangan baliqlarning terisi ustida juda ko’p oq nuqtachalar shaklidagi ixtioftirius bo’ladi. Kasallangan baliqlarning jabralari qonsizlanib jarohatlanadi. Parazitning yosh individlari baliq terisiga va jabrasiga chuqurroq o’rnashib, faol oziqlanadi va kattalashadi.
    Ma’lum vaqtdan keyin, ya’ni tashqi muhit sharoitiga qarab 3 kundan 3 haftagacha rivojlanib, parazit baliq terisidan ajralib suvga chiqadi va sistaga o’raladi. Sistada esa ko’payish boshlanadi.
    Yadrosining ketma-ket bo’linishi tufayli 2000 tagacha yangi harakatchan yosh parazitlar rivojlanad. Sistadan chiqqan yosh ixtioftiriuslar yana baliqlar terisi va jabrasiga yopishib o’z taraqqiyotini davom ettiradi. Bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikdan yosh baliqchalarning 90-100 % nobud bo’ladi. Ixtioftirioz bilan kasallangan baliqlarni davolash uchun ular yashaydigan suvliklarga nim sho’r tuzli suv solish lozim yoki 0,001 % li triptoflavin preparati eritmasini solish kerak. Bunday holatda suvdagi mavjud yosh ixtioftiriuslar qirilib ketadi.
    Shuningdek, profilaktik chora-tadbirlar ham olib borilishi lozim, ya’ni urg’ochi baliqlar tuxum qo’ygandan keyin ularni boshqa suv havzalariga olish, chetdan baliqlarni kirishiga yo’l qo’ymaslik, baliqlarni oqadigan suvlarda boqish va ularni to’yimli ozuqa berish lozim.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




    Download 2,12 Mb.