• Amaliy mashg’ulot-8. Koksidiyalar: eymeriya, toksoplazma, sarkosporidiyalarning tuzilishi Kerakli jihozlar
  • -rasm. Gregarinalarning rivojlanishi




    Download 2,12 Mb.
    bet11/21
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #153125
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
    Bog'liq
    AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI

    12-rasm. Gregarinalarning rivojlanishi

    1-ichak epiteliy hujayrasi; 2-spora; 3-sporazoitlar; 4-5-epiteliy hujayrasidagi sporozoit; 6-7-sporozoitning o’sib gregarinaga aylanishi; 8-deytomerit; 9protomerit; 10-epimerit.




    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Sporalilarning o’ziga xos xususiyatlari

    2. Gregarinaning tuzilishi va rivojlanishi



    Amaliy mashg’ulot-8.
    Koksidiyalar: eymeriya, toksoplazma, sarkosporidiyalarning tuzilishi
    Kerakli jihozlar: Mavzuga doir tablitsalar, mikroskop, doimiy preparatlar, taqdimotlar.
    Nazariy tushuncha.Eimeria magna ingichka, harakatchan sporozoitlar bo’ladi. Hayvonlar koksidiyalarning oosistalik stadiyasini suv yoki oziq moddasi orqali yuqtiradilar.
    Quyon ichida oosistaning qobig’i erib ketadi, sporaiarning po’sti yorilib, ulardan duksimon ko’rinishdagi harakatchan sporozoitlar chiqadi va tezlikda epitelial hujayralarga kirib oladi. Epitelial hujayralarda sporozoitlar yumaloqlashib, o’sib hajmiga kattalashadi va yadrosi bir nechtaga (8-60 ta) boMinadi. Shundan keyin yadrolar soniga qarab protoplazma ham o’shancha boMakka bo’linadi va yangi avlod merozoitlar shakllanadi. Merozoitlar epiteliy hujayralaridan ichak bo’shlig’iga chiqib, qaytadan sog'lom epitelial hujayralariga kirib oladi va yana jinssiz yo’1 bilan ko’payib navbatdagi avlodni hosil qiladi.
    Ko’p marta bo’linish orqali jinssiz ko’payish shizogoniya deyiladi. Shizogoniya natijasida parazitlaming soni keskin ko’payib ketadi. Jinssiz ko’payish 4-5 marta takrorlangandan so’ng, merozoitlar-dan jinsiy hujayralar- makro va mikrogametositlar hosil boMadi. Keyinchalik har bir makrogametositdan bitta makrogameta (urg’ochi) har qaysi mikrogametositdan esa kichkina, uzunchoq va bir jufit xivchinlari boMgan bir nechta harakatchan mikrogametalar voyaga yetadi. Mikrogametaiar epiteliy hujayralaridan ichak bo’shlig’iga chiqib, hujayradagi kam harakatchan makrogametalar bilan qo’shiladi. Buning natijasida zigota hosil boMadi. Zigota o’zidan ikki qavatli mustahkam qobiq ishlab chiqarib oosistaga aylanadi. Eymeriya avlodining oosistalari faqat kislorodli muhitda rivojlana oladi. Shu tufayli oosista xo’jayinning tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda oosista yadrosi ikki marta bo’linadi, ya'ni 4 ta yadro hosil boMadi. Yadrolar soniga qarab protoplazma ham o’shanchagacha ajraladi va oosistada sporoblastlar shakllanadi. Keyinchalik sporoblastlardan sporalar, sporalar ichida esa ikkitadan sporozoitlar hosil bo’ladi. Shunday qilib oosista ichida 4 ta spora va 8 ta sporozoitlar voyaga yetadi. Oosista invazion (zararlaydigan) stadiya bolib, shunday oosistani o’ziga yuqtirgan hayvonlar koksidiya bilan zararlanadi.
    Toksoplazma (Toxoplasma gondii) har xil kushlar va sutemizuvchilar, shu jumladan odamlarning jigari, talog’i, miyasi, qon tomirlari va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Parazit dastlab 1908 yili fransuz olimlari Nikol va Manso tomonidan kemiruvchilarda aniqlangan edi. Uzoq vaqt davomida toksoplazmaning bir hujayralilar orasidagi sistematik o’rni nomaʼlum bo’lib keldi. Faqat, 1970 yili Daniya, Angliya va AQSH0 olimlari bir vaqtning o’zida toksoplazmaning rivojlanish siklini o’rganishganidan so’ng parazitni koksidiyalar turkumiga kirishi aniq bo’ldi. Toksoplazmalarning hayot sikli xo’jayin almashtirish orqali boradi. Toksoplazmalar hujayra ichida parazitlik qiladi. Hayvonlar parazitning merozoitlari bo’lgan sistasini yutib yoki kasal hayvonlarni yeb zararlanadi. Sutemizuvchilarda parazit yo’ldosh orqali embrionga o’tadi. Toksoplazmalarning jinsiy ko’payishi mushuk organizmida kuzatilgan. Mushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni yuqtiradi. Mushuk organizmida toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo’lganidek: jinsiy ko’payish va sporotsistalar hosil bo’lishi bilan tugallanadi. Toksoplazmalar hayvonlarga har xil taʼsir ko’rsatadi. Ayrim hayvonlar kasallikka berilmaydi, boshqalari esa juda taʼsirchanligi tufayli halok bo’lishi mumkin. Odamlarni toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa, mushuklar katta o’rin tutadi. Mushuklar bu kasallik bilan eng ko’p zararlanadi. Bir qancha hollarda ular kasallikka chalinmasdan parazitni tashuvchi bo’lib qoladi. Toksoplazmoz bilan kasallanish limfatik sistema, nerv sistemasi va ko’zni shikastlanishiga sabab bo’ladi. Odam va boshqa sutemizuvchilar embrioni ona qornida toksoplazmoz bilan zararlanganida tushib ketadi yoki uning ayrim muhim organlari og’ir jarohatlanadi.
    Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), yaʼni go’sht sporalilari turli uy hayvonlari (qoramollar, cho’chqalar, parrandalar) va bir qancha yovvoyi hayvonlar muskullarida parazitlik qiladi. Ular go’shtda uzun xalta shaklda 0,5-5 mm kattalikdagi sistalar hosil qiladi. Sistalar ichida yuzlab chuvalchangsimon bir yadroli merozoitlar buladi. Go’sht sporalilarining hayot sikli koksidiyalarga o’xshab ketadi, lekin rivojlanishi ikkita xo’jayinda o’tadi. Sutemizuvchilar va parrandalar parazitning oraliq xo’jayini hisoblanadi. Ular organizmida parazit jinssiz shizogoniya yo’li bilan ko’payadi. Yirtqich hayvonlar (mushuklar, itlar) va odamlar asosiy xo’jayin bulib, ular organizmida parazitning jinsiy bo’g’imlari rivojlanadi. Go’sht sporalilari bilan zaharlangan hayvonlarda odatda kasallanish alomatlari kam seziladi. Ayrim hollarda parazit organizmda juda tez ko’payib ketganida kasallanish alomatlari paydo bo’lishi mumkin.

    Download 2,12 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




    Download 2,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Gregarinalarning rivojlanishi

    Download 2,12 Mb.