|
Mustaqil ish topshiriqlari
|
bet | 10/21 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #153125 |
Bog'liq AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARIMustaqil ish topshiriqlari:
Parazit infuzoriya- Balantidium tuzilishi va ko’payishi
Ixtioftirus zarari va unga qarshi kurash chora-tadbirlari
Amaliy mashg’ulot-7.
Apicomplexa-Sporozoa. kenja tipi: Gregarinalar tuzilishi va rivojlanishi
Vakil: Suvarak gregarinasining tuzilishi va rivojlanishi.
Kerakli jihozlar: Mavzuga doir tablitsalar, mikroskop, doimiy preparatlar, taqdimotlar.
Nazariy tushuncha. Gregarinalar sporalilar orasida nisbatan yirikroq boʻlib uzunligi 0,1 mm dan 16 mm gacha boʻladi. Ular faqat umurtqasiz hayvonlar-suvaraklar, mitalar, ninachilar va plastinka mo’ylovli qo’ngizlar lichinkalarining ichagida, baʼzan tana boʻshligʻida parazitlik qiladi. Parazit boʻlib hayot kechirganligi uchun ularda ogʻiz, ovqatni hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalari boʻlmaydi.
Gregarinalar tayyor ovqatni butun tana yuzasi bilan shimib (osmotik yo’l bilan) oziqlanadilar. Gregarina tanasining shakli uzun chuvalchangsimon boʻlib, 3 qismdan iborat: oldingi qismi epimerit, oʻrta qismi protomerit va keyingi qismi deytomerit, deyiladi, unda bitta yadro joylashgan. Epimerit qismi xoʻjayinning ichak hujayralariga yopishishi uchun xizmat qiladi, shuning uchun u turli gregarinalarda har xil shaklda tuzilgan.
Gregarinaning tanasi qalin parda-kutikula bilan qoplangan, shuning uchun ham uning shakli doimo bir xildir. Tanasining ektoplazma qismi tiniq koʻrinishda, unda boʻyiga choʻzilgan va koʻndalang joylashgan muskul tolalari - mionemalar boʻladi. Bular gregarina gavdasining qisqarish va choʻzilishini taʼminlaydi. Ayrim gregarinalar butun tanasi bilan siljib harakatlanadi, ularda xech qanday harakatlanish organoidlari boʻlmaydi. Endoplazma donador boʻlib, unda koʻp mikdorda extiyoj ovqat moddasi-glikogen toʻplanadi.
Gregarinalar jinsiy yo’l bilan koʻpayadi, voyaga yetgan gregarinalarni-gamontlar yoki gametocitlar deyiladi. Ikkita gregarina juft boʻlib qoʻshiladi va sizigi hosil qiladi. Bunda bitta gregarina tanasining keyingi qismi bilan ikkinchi gregarinaning oldingi qismiga borib yopishadi. Keyin bu ikkala gregarina yumoloklanib, umumiy pardaga oʻraladi va sista hosil qiladi. Lekin sista ichida gregarinalar oʻzaro koʻshilmaydilar. Har bir gregarinaning yadrosi koʻp marta boʻlinib, ular tananing chetiga kuchadi va har xil bir necha mayda bir hujayrali jinsiy individlar-gametalar paydo boʻladi. Makro va makrogametalar qoʻshilib zigota hosil boʻladi. Zigotalar duksimon shaklda boʻlib, usti qalin poʻst bilan koplanadi va oocista yoki spora hosil qiladi. Sistaning ichidagi juda koʻp oocistalar bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Keyin oocistalarda sporozoid hosil boʻladi. Ana shunday sistalar xoʻjayin tomonidan oziqa bilan yutilganda sistaning qobigʻi yerib, undagi sporozoidlar ichak yepiteliysiga kirib oladilar. Demak gregarinalarning rivojlanish davrida gameta (gametogoniya) va sista hosil qilish (sporogoniya) jarayonlari takrorlanib turadi (12 rasm).
|
| |