• Nazariy tushuncha.
  • Mustaqil ish topshiriqlari




    Download 2,12 Mb.
    bet7/21
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,12 Mb.
    #153125
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
    Bog'liq
    AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARI

    Mustaqil ish topshiriqlari:

    1. Chlorophyta tipining xarakterli xususiyatlari

    2. Koloniya bo‘lib yashovchi xivchinlilar

    3. Yoqali xivchinlilar – Bodoga ta’rif bering



    Amaliy mashg’ulot-5.
    Kipriklilar (Ciliophora) kenja tipi. Erkin yashovchi infuzoriyalar: Paramecium caudatumning tuzilishi.
    Kerakli jihozlar: Mavzuga doir tablitsalar, mikroskop, doimiy preparatlar, taqdimotlar.
    Nazariy tushuncha. Infuzoriya parameciya (tufelka) chuchuk suvlarda juda keng tarqalgan. Tanasining uzunligi 0,25-0,35 mm boʻlib, shakli duksimon, koʻndalang kesmasi esa doirasimondir. Usti yupqa kobik-pellikula bilan oʻralgan. Pellikulaning ustki qismi juda koʻp bir xil uzunlikdagi kiprikchalar bilan qoplangan. Biroq tananing keyingi tomonidagi tukchalar biroz uzunroq boʻladi. Bu kiprikchalarning hammasi harakat organoidi boʻlib, parameciya bir soniyada o’z tanasi uzunligiga 8-9-marta barobar yo’lni bosib oʻtadi. Kiprikchalarning har bittasining asosida bazal tanacha joylashgan. Pellikulaning ostida tashqi koʻrinishidan tayoqcha shaklidagi duksimon trixocistalar boʻlib, ular mexanik, kimyoviy va boshqa har xil taʼsirlar natijasida pellikulaning mayda teshikchalari orqali ipchaga oʻxshab otilib chiqadi. Trixocistalar himoya qilish vazifasini bajaradi.
    Protoplazmadan vakuolaga fermentlarning oʻtishi natijasida ovqat hazm boʻladi, hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlari esa pellikuladagi teshikcha (poroshica) orqali tashqariga chiqariladi.
    Tufelkada ikkita qisqaruvchi vakuola boʻlib, ularning biri tananing oldingi, ikkinchisi esa orqa uchida joylashgan. Har bir qisqaruvchi vakuola markaziy pufakcha va 5 ta yigʻuvchi naychalardan tashkil topgan. Tanada yig`iladigan ortiqcha suv, metabolizm mahsulotlari dastlab mazkur naychalarda toʻplanadi, keyin pufakchaga oʻtib undan tashqariga chiqariladi.
    Lekin bu vakuolalar odatda navbatlashib ishlaydi, bittasi qisqargan paytda ikkinchisida suv yig’iladi. Suv harorati 160 C boʻlganida har daqiqada 3-marta qisqaradi.






    Download 2,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




    Download 2,12 Mb.