|
Mustaqil ish topshiriqlari
|
bet | 16/21 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #153125 |
Bog'liq AMALIY MASHGʻULOT MATERIALLARIMustaqil ish topshiriqlari:
Mikrosproidiyalar yoki knidosporidiyalar tipiga tavsif bering
Mikrosproidiyalar vakillarining zarari
Amaliy mashg’ulot-13.
Amyobasimon bir hujayralilar. Ildiz oyoqlilar: amyoba, arsella, difflyugiya. Foraminiferalar va aktinopodalarning tuzilishi.
Amyobalar turkumi. Vakil: Oddiy amyoba. Tuzilishi va ko’payishi.
Kerakli jihozlar: Mavzuga doir tablitsalar, mikroskop, doimiy preparatlar, taqdimotlar.
Nazariy tushuncha. Tashqi tuzilishi. Kichik chuchuk suv havzalarining chirindiga boy loyli tubida ancha yirik (0,5 mm) oddiy amyoba uchraydi. Tanasi tiniq sitoplazmadan tashkil topganligi uchun uni oddiy ko‘z bilan payqab olish qiyin. Amyobaning psevdopodiylari uzun va to‘mtoq uchli (lobopodiylar) bo‘ladi. Psevdopodiylar shakli va soni doimiy bo‘lmaydi. Qulay sharoitda amyoba doimo harakat qilib turadi. Uning harakatlanishi bir tomchi suvning oqishiga о‘xshaydi. Sitoplazmasi yangidan hosil bo‘layotgan psevdopodiylari tomoniga oqib o‘tishi tufayli amyoba siljiydi (15-rasm).
15-rasm. Oddiy amyoba (Amoeba proteus) ning tuzilishi
1-ektoplazma; 2-endoplazma; 3-qisqaruvchi vakuola;
4-ovqat hazm qilish vakuolasi; 5-yadro.
Turli tashqi omillar (harorat, yorug‘lik, kimyoviy moddalar) amyoba harakatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sirlar amyobada to‘g‘ri yoki aks taksis paydo qiladi; natijada amyoba u yoki bu tomonga harakat qiladi.
Ichki tuzilishi. Psevdopodiylar oziqni qamrab sitoplazmaga о'tkazish funksiyasini ham bajaradi. Amyobalar sitoplazmasiga oziq modda har xil usulda o‘tadi. Amoeba proteus psevdopodiylari oziq zarrasini (bakteriya, suv o‘tlari va boshqa mayda jonivorlar) ikki tomonidan oqib o‘tib qamrab oladi. Avval suv o‘tining bir uchi amyoba tanasi sirtiga yopishib qoladi, so‘ngra sitoplazmaga botib kirib, hazm suyuqligi ta’sirida spiralga o‘xshab o‘raladi. Sitoplazmaga o‘tgan oziq zarrasi atrofiga hazm suyuqligi ajralib, ovqat hazm qilish vakuolasi shakllanadi. Oziqning hazm bo‘lgan qismi sitoplazmaga so‘riladi; hazm bo‘lmagan qismi esa sitoplazmaning to‘g‘ri kelgan joyidan tashqi muhitga chiqarib tashlanadi. Oziq moddalarning hujayra ichiga tortib olinib, hazm qilinishi fagotsitoz deb ataladi. Ko‘pchilik bir hujayralilar va tuban tuzilgan ko‘p hujayralilar fagotsitoz usulida oziqlanadi. Amyobalar sitoplazmasi aniq ikki qismdan iborat. Sitoplazmaning tashqi birmuncha yupqa, lekin tiniq va quyuqroq qatlarni ektoplazma, ichki suyuqroq va donador qatlarni endoplazma deb ataladi. Bu ikki qatlam o‘rtasida aniq chegara bo‘lmaydi. Psevdopodiylar hosil bo‘lishi jarayonida oqib kelayotgan sitoplazmaning sirtqi qismi yelimga o‘xshash quyuqlasha borib, ektoplazmaga aylanadi. O‘sha daqiqada tanasining qarama-qarshi tomonidagi ektoplazmasi suyuqlashib, qisman endoplazmaga aylanadi. Amyobaning endoplazmasida hazm qilish vakuollar bilan birga tiniq va yirik pufakcha shaklidagi qisqaruvchi vakuol joylashgan. Bu vakuol bir daqiqa yo‘qolishi va yana hosil bo ‘lishi mumkin. Vakuol sitoplazmadan sizib o‘tadigan suyuqlik bilan to‘lib turadi. Uning o‘lchami ma’lum bir darajaga yetgach, qisqarish sodir bo‘ladi va suyuqlik maxsus teshikcha orqali sitoplazmadan chiqarib tashlanadi. Oddiy amyoba vakuolining suyuqlik bilan to‘lishi va qisqarishi xona haroratida 5-8 minut davom etadi. Qisqaruvchi vakuol tana bosimini muqobillashtirib turuvchi osmoregulyatsiya organoidi hisoblanadi. Tashqi muhitdan amyoba sitoplazmasiga sizib o‘tadigan suvning ortiqcha qismi ana shu yo‘l bilan chiqarib turiladi. Vakuoldagi suyuqlik bilan birga hujayrada hosil bo‘ladigan modda almashinish mahsulotlari ham chiqarab yuboriladi. Vakuol ishlashi natijasida sitoplazma orqali doimo suv oqib turadi. Amyoba ana shu tarzda suv tarkibidagi kislorod bilan nafas oladi. Amyoba endoplazmasida faqat bitta yirik yadro bo‘ladi, lekin tirik hayvonda uni payqab olish qiyin. Yadroni maxsus bo‘yovchi moddalar 30 bilan ishlangan preparatlarda ko‘rish mumkin. Amyoba faqat ikkiga bo‘linish orqali jinssiz ko‘payadi. Bu jarayon haqiqiy mitozdan iborat bo‘lib, dastlab yadro moddalari teng ikkiga ajraladi, so‘ngra amyoba tanasi bo‘linadigan joyidan siqilib, ikkiga ajraladi va har qaysi bo‘lagidan bittadan yadro hosil bo‘ladi. Bo‘linish haroratga bog‘liq bo‘lib, 1-2 sutka davom etadi.
|
| |