|
Amaliy mashgulotlat 1-mavzu (Neytral aralashmalarda zaryad tashuvchilarni rezonans sochilishi) seminar mashg‘ulotning texnologik kartasi
|
bet | 4/50 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 1,68 Mb. | | #158962 |
Bog'liq 11066 амалийVizual materiallar
1-ilova
Mavzu: Kristallografiya elementlari
Reja:
1. Kristall panjara.
2. Kristallik sinflar.
3. Miller indekslari.
Darsning maqsadi: Kristall panjarasi elementlari bilan to‘liq tanishtirishi. Elementar katakcha turlari haqida ma’lumot berish. Miller indekslari bilan batafsil tanishtirishi.
O‘quv faoliyatining natijalari:
- Kristall singoniyalari bilan to‘liq tanishish.
- Miller indekslarini tuza bilish.
- Kristallda yo‘nalishlarni Miller indekslari orqali yoza bilish.
2-ilova
Aqliy xujum savollari
Qanday moddalar kristallik strukturaga ega bo‘ladi?
Qimyo fanidan qanday kristallik birikmalarni bilasiz?
Umuman olganda simmetriya deganda nimani tushunasiz?
3-ilova. Asosiy qism boshlanadi (mavzuni rejaga asosan bayon etish)
Kristall panjarasi. Kristalni tashkil qiluvchi zarralar (ionlar, atomlar) muvozanat nuqtalari atrofida tebranma harakatda bo‘ladi. Ushbu muvozanat nuqtalarini fikran birlash- tirsak kristall panjarasi hosil bo‘ladi. Muvozanat nuqtalari esa kristall panjarasi tugun- lari deb ataladi.
Kristall tuzilishga ega bo‘lgan jismlarni tavsiflashda yuqorida keltirilgan kristall panjarasi tugunlari tushunchasi muhim ahamiyatga egadir.
Kristall panjarasining tuzilish qiyofasini saqlagan eng kichik bo‘lagini elementar katakcha (elementar yacheyka) deb aytiladi. Odatda elementar yacheyka parallelepipeddan iborat bo‘ladi. Ushbu paralelipipedning uchta qirrasi bo‘ylab vektorlarni yo‘naltiramiz, bu vektorlar uzunliklari shu parallelepiped qirrasi uzunligiga teng bo‘lsin. Bunday vektor- lar asosiy (translyasion) vektorlar (yoki davrlar) deb aytiladi (2-chi rasm, a-kubik).
Translyasion vektorlarning asosiy xossasi shun- dan iboratki, bu vektorlar yordamida cheksiz kristallni
vektor bo‘ylab ko‘chirsak, kric-stal o‘z-o‘ziga ustma-ust tushadi. Ko‘p hollarda bir qancha atomlar birikmalari kristall panjarasini hosil qila- di. Bunday takrorlanuvchi atomlar guruhini bazis deb aytiladi. Ixtiyoriy kristallning bazisi va translyasi- on vektorlari aniqlangan bo‘lsa kristall panjarasi aniqlangan hisoblanadi.
Kristallik sinflar. Modomiki murakkab kris- tall panjara Brave panjaralaridan tashkil topgani uchun, kristallarni birinchi navbatda Brave panjaralari simmetriyasiga asosan tartiblash maqsadga muvofiq. Hammasi bo‘lib 7 ti turdagi kristall sistemalari mavjud. YAngi atomlarni Brave panjaralariga joylashtirsak 14 ta turdagi Brave panjaralari hosil bo‘ladi (2, 3-rasm)׃ a-kubik, b-tetragonal, v-geksagonal, g-romboedrik, d-rombik, e-monoklin, j-triklin.
Jadval −1
Kristallik sistema
|
Elementar yacheyka parametrlari
|
Brave panjaralarini soni
|
Fazoviy gruppalar soni
|
Triklin
|
|
1
|
2
|
Monoklin
|
|
2
|
13
|
Rombik
|
|
4
|
59
|
Romboedrik
|
|
1
|
7
|
Geksagonal
|
|
1
|
45
|
Tetragonal
|
|
2
|
68
|
Kubik
|
|
3
|
36
|
Miller indekslari. Atom tekisliklarni mahsus belgilar – Miller indekslari orqali belgilanadi. Analitik geometriya kursidan ma’lumki uch o‘lchovli fazoda ihtiyoriy tekislikning to‘g‘richiziqli koordinatalarda (to‘g‘riburchakli bo‘lishi shart emas) tengla- masi ko‘rinishda yoziladi , bu erda , , − o‘q birligidagi (4, 5, 6 rasmlar). Belgilanishi .
Bunday sanok tizimida tanlab olingan atom tekisligini urnini uchta son: x, u, z, koordinatalari orkali belgilanadi. Bu koordinatalar berilgan nuktadan mos xolda X Y, X Z, Y Z koordinata tekisliklarigacha bulgan oralikdir.Uchta x, u, z koordinatani koordinata boshidan tekshirilayotgan M nuktagacha utkazilgan yunalishga ega bulgan bitta kesmaga yoki r radius - vektorga birlashtirish mumkin. x, u, z lar r ning koordinata uklariga proeksiyasi xisoblanadi, shuning uchun
|
4 - rasm
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Amaliy mashgulotlat 1-mavzu (Neytral aralashmalarda zaryad tashuvchilarni rezonans sochilishi) seminar mashg‘ulotning texnologik kartasi
|