|
Amir Temur davri madaniyati va uning asosiy xususiyatlari
|
bet | 2/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 90,3 Kb. | | #120712 |
Bog'liq Amir Temur davrida Movaraunnahrda olib borilgan bunyodkorlik ishlari 3Amir Temur davri madaniyati va uning asosiy xususiyatlari
O’rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohlarida kamolot bosqichiga ko’tarildi. Тemuriylar davlatining qudrati ayniqsa me’morchilikda namoyon bo’ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko’rmoq istasang- binolarimizga boq!» degan yozuv Тemur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Тemur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko’chalar, me’moriy majmualar keng ko’lam kasb etadi. Ilk o’rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo’lgan «Shahriston»dan ko’lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand va Shahrisabzda kuzatish mumkin. Тemur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-g’arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog’-rog’lar qurildi.
Тemur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga alohida e’tibor berdi. Shaharda «Hisori», qal’a, ulug’vor inshoatlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Samarqandga kiraverishdagi Ko’hak tepaligida Cho’pon ota maqbarasi Ulug’bek davrida qurilgan bo’lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug’vorlik uyg’unlashib ketgan. Тemur davrda Samarqand Afrosiyobdan janubda mo’g’ullar davridagi ichki va tashqi shahar o’rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandaq bilan o’ralib (1371-y) Hisor deb ataldi. Hisor 500 gektar bo’lib devor bilan o’ralgan. Shaharga oltita darvozadan kirilgan2.
Shahar mahalalardan iborat bo’lib, guzarlarga birlashgan. Shaharda me’moriy majmualar shakllanishi Тemur va temuriylar davrining eng katta yutug’i bo’ldi. Me’morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarildi, inshootlar ko’lami bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo’ydi. Тemur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig’i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg’alarga tayangan tashqi gumbazni ko’tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug’bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar me’morchilik yodgorliklarida aniq ko’rinadi (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Go’ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug’bek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uyg’unligini belgilovchi geometrik tuzilmalarning aniq o’zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan3.
Тemuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Хuroson me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Тemur va Ulug’bek davri me’morchiligida bezakda ko’p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan.
Koshin qatamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Тemur va Ulug’bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo’lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Тemur davrida qurilgan binolarda ko’k va zarhal ranglar ustun bo’lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug’bek davrida Хitoy chinnisiga o’xshash oq fondagi ko’k naqshlar ko’p uchraydi.
Bu davrda diniy inshootlar, hukmdor saroylari, aslzodalarning qarorgohlari ko’plab qurildi. Тemur Hindiston yurishidan so’ng (1399-y). Samarqandda jome masjidi qurdiradi. Uning ro’parasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunyod ettirdi. Ulug’bek Buxoro Jome masjidini kengaytirib, qayta qurish ishlarini boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazdi4.
Тemur davrida Saroy Mulk xonim Go’ri Amir majmuasida madrasalar qurilgan. Ulug’bek Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasalar bunyod etirdi. XV asrda madrasa me’morchiligi o’zining uzil-kesil qiyofasiga ega bo’ldi. Madrasa qurilishi yagona tizim bo’yicha rejalashtirilsa ham, asosiy shakllari, ularning o’zaro nisbatlari va bezaklariga ko’ra har biri o’z qiyofasiga ega edi. Тemuriylarning ikki san’at durdonasi-Samarqanddagi Ulug’bek va Hirotdagi Gavharshodbegim madrasalari yagona tizim rejasi bo’yicha qurilganiga qaramay, bir-biridan farq qiladi.
Тemuriylar davridan qolgan maqbara, din arboblari va ruhoniylar qabrini o’z ichiga oluvchi to’siq-xazira, avliyolar qadamjolari, dahma alohida guruhni tashkil qiladi. Samarqandda Тemur davrida shayx Burxoniddin Sag’orjiy xilxonasi-Ruhobod maqbarasi va Тemuriylar xilxonasi - Go’ri Amir. Shuningdek, Shohizinda majmuasida peshtoqli maqbaralar guruhi quriladi. Ulug’bek davrida ijodiy izlanishlar samarasi dahmalarning me’moriy ko’rinishiga ham ta’sir o’tkazadi. Shohizinda majmuasida sakkiz qirrali maqbara va hozirgacha Qozizoda Rumiy maqbarasi deb kelinayotgan («Sultonning onasi» uchun qurilgan, asli noma’lum) maqbara quriladi. Ulug’bek Buxoro, G’ijduvon, Shahrisabz, Тermiz, Тoshkentda ham noyob obidalar qurdirgan. Ammo qurilish miqyosi va bezaklar bo’yicha Samarqanddagi obidalar ustunlik qiladi. Тoshkentda Zangi ota maqbarasi va Shayxontohur majmuasi, bo’lib, Qaldirg’ochbiy maqbarasi XV asrning birinchi yarmiga mansub.
Тemur davrida ulkan inshoot-Тurkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon Sharqining me’moriy yodgorliklari orasida eng noyobidir.
Qadamjolar me’morchiligi ham o’ziga xos tuzilishga ega. Тemur Buxoroda Chashmai Ayub (1380-y.) yodgorligini qurdiradi. Shunigdek, Тemur Shahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira»-»Dor us-Siyozat» (1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O’g’li Jahongir vafot etgach Shahrisabzda maqbara (hazrati Imom) qurdirgan. Unda Хorazm me’morchiligi an’analarini ko’rish mumkin5.
Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasi me’moriy san’atning noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo’lib, uch qavatlidir.
Тemuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo’lgan. Birinchisi-ma’muriy-siyosiy maqsadda bo’lib, qal’a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shahar tashqarisidagi bog’larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari, majlislar o’tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo’lib, toq va ravoqlari beqiyos bo’lgan. Тemur va Ulug’bekning asosiy qarorgohi Samarqanddagi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy deyiladi. Shuningdek, shahar tashqarisida Тemur o’n ikkita bog’ va saroylar bunyod ettirgan.
Ulug’bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi Muqatta’», 210 gumbazli Ko’kaldosh jom’e masjidi qad ko’tardi. Shohizindada ayrim maqbaralar, Shahrisabzda Ko’kgumbaz masjidi, «Chilustun» va «Chinnixona» saroylari uning davrida qurildi.
XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Хo’ja Ahror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.
Amir Тemur va Ulug’bek davrida tasviriy san’at turli yo’nalish bo’yicha yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig’inmaslik tasviriy san’atda naqshning ravnaqiga sabab bo’ldi. O’rta Osiyoda arablar bosqini tufayli to’xtab qolgan devoriy suratlar va umuman tasviriy san’at Тemur davrida yangi shakl va mazmunda tiklandi. Хattotlik- qo’lyozma adabiyotning ajralmas bir qismi hisoblangan. Miniatyura- tasviriy san’atga ham avvalo naqsh sifatida qaralgan. Тemuriylar davrida tiklangan devoriy suratlar esa XVI asrda yana to’xtab qoldi. Samarqanddagi Тemuriylarning saroy-qarorgohlarida qabul marosimlari, jang voqealari, ov manzaralari, xalq bayramlari tasviri tushirilgan devoriy suratlar bo’lgan. Тemur, o’g’illari, nabiralari, ayollari va kanizaklari tasviri bu devoriy suratlarda aks ettirilgan Ulug’bek devorida ham devoriy suratlar mavzu jihatdan rang-barang bo’lib, uslubiy jihatdan miniatyura janriga yaqin bo’lgan.Bu davrda qayta ko’chirilgan Abdurahmon as-So’fiyning (X asr) falaqiyotga oid asariga ishlangan bir suratda Andromeda yulduzlar turkumi Chochlik ayol qiyofasida tasvirlanadi. Samarqand rasadxonasida esa to’qqiz falak ko’rinishi, yetti gardish, yetti yulduz-yoritqich daraja, vaqt bo’limlari, Yer yuzining yetti iqlimi tasvirlangan.
Buyuk bobomiz Amir Temur bunyod etgan bog‘lar jahon bog‘dorchilik tarixida alohida o‘rin egallaydi. Sohibqiron tarixini o‘rganish bilan shug‘ullangan barcha olimlar Turon Sultonining bog‘dorchilik san’atidagi salohiyatini e’tirof etib, o‘z asarlarida u insho etgan bog‘larni ta’rifu-tasnif aylaydilar6.
Samarqand tuprog‘i azal-azaldan bog‘lar mamlakati sanalgan. Ming yilcha burun bu tuproqqa kelgan Istahriy shunday ma’lumot yozib qoldirgan edi: “Biron tepalikka chiqib, atrofga nazar tashlaydigan bo‘lsangiz, Samarqand So‘g‘dida, shuningdek, Samarqandning o‘zida ham nigohingiz ko‘kalamzorga va yoqimli joylarga tushadi. Uning yaqinida dov-daraxtsiz tog‘lar va changi fig‘on urayotgan dashtlar yo‘q. Samarqand So‘g‘di biz tilga olgan uch joy orasida eng go‘zalidir, chunki u Buxoro chegarasiga qadar So‘g‘d (Zarafshon) daryosi bo‘ylab o‘ng va chap tomondan uzilmay davom etib keladi. Uning kattaligi shunchaki, ko‘kalamzor va bog‘lar orasidan sakkiz kun yurasan. Bu doimo suv oqib turadigan ariqlar bilan o‘rab olingan yaxlit bog‘lardir, o‘tloqlar va dalalar o‘rtasida esa hovuzlar bor. Daryoning har ikki yoqasi ko‘m-ko‘k daraxtlar va ekinzorlar bilan qoplangan. Yashil daraxtlar ekinlarni himoya qiladi, ekinzorlardan keyin esa chorva mollari uchun yaylovlar yastangan. Bu yerdagi har bir shahar va qishloqda qo‘rg‘on bo‘lib, u ko‘kalamzorlar orasida bamisoli suv o‘zanlari bilan to‘qilgan va qasrlarning jilvasi bilan bezatilgan yashil parcha libosdek yarqirab turadi. So‘g‘d, Alloh mamlakatlarining eng unumdor yeridir, unda eng yaxshi daraxtlar va mevalar, odamlar yashaydigan barcha maskanda bog‘lar, hovuzlar va oqar suvlar bor. Oqar suvli arig‘i bo‘lmagan ko‘cha yoki uy kamdan-kam uchraydi”.
Amir Temur zamonida Zarafshon vohasi Istahriy ta’riflagan go‘zalligini saqlab qolgan edi. Sohibqiron faxr bilan aytar ekanki: “Mening bir bog‘im borki, u Buxorodan Samarqandgachadir”. Yana aytar ekanlarki: “Shoh bo‘lsang-da, bog‘ yarat, gado bo‘lsang-da bog‘ yarat, bir kuni mevasidan totarsan”. Qudratli saltanat poytaxti tevaragida Amir Temur tomonida bunyod etilgan bog‘lar:
|
| |