• «Aholi shahardan 3 chaqirimcha berida meni non-tuz bilan qarshi oldi»
  • Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati Reja




    Download 90,3 Kb.
    bet8/9
    Sana16.12.2023
    Hajmi90,3 Kb.
    #120712
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Amir Temur davrida Movaraunnahrda olib borilgan bunyodkorlik ishlari 3

    BOG‘I MAYDON – bu Samarqand shimolida, Afrosiyob bilan Cho‘ponota
    (Ko‘hak) tepaliklari oralig‘ida barpo etilgan bog‘. Bobur mirzo bu bog‘ni Ulug‘bek mirzo
    barpo etgan deb yozsa-da, boshqa bir qator asarlar bog‘ Amir Temur zamonasidan qolgani
    va Sohibqiron nabirasi uni ta’mirlagani, u yerda ko‘shk tiklagani haqida yozadilar.
    “Boburnoma”dan: “Yana pushtai Ko‘hakning domanasida g‘arb sari bog‘e srolibtur,
    Bog‘i Maydong‘a mavsum. Bu bog‘ning o‘rtasida bir oliy imorat qilibtur, Chilsutun
    derlar, du oshyona (ikki qavatli), sutunlari tamom toshdin. Bu imoratning to‘rt burchida
    to‘rt manordek burjlar qo‘poribturlarkim, yuqqorig‘a chiqar yo‘llar bu to‘rt burjdindur.
    O‘zga tamom yerlarda toshdin sutunlardir. Ba’zini morpech xiyora qilibturlar, Yuqqorig‘i
    oshyonining to‘rt tarafi ayvondur, sutunlari toshdin. O‘rtasi chordara uydur. Imorat
    kursisini tamom toshdin farsh qilib turlar”…
    Yuqorida fikr va mulohazalardan kelib chiqib, yoshlarni milliy g‘urur ruhida
    tarbiyalash va vatanparvarlikni shakllantirishda Amir Temur va uning farzandlari,
    nabiralari va saltanatning nufuzli amirlari tomonidan bunyod etilgan bog‘larining
    ahamiyati katta. Amir Temurning avlodlari, Hirotda (Shohruh, Husayn Boyqaro),
    Hindistonda (Bobur mirzo va boburiylar) ko‘plab ajoyib va beqiyos bog‘lar yaratdilar. Bu
    an’ana bugungi kunda ham davom etib kelmoqda. Misol uchun, Samarqand va
    Shahrisabzda Amir Temur bog‘larining qayta tiklanganligi, Toshkent shahrida Milliy bog‘
    va boshqa yashil chamanzorlar, Andijonda Zahriddin Muhammad Boburning bog‘lari
    bunyod etilgani fikrimiz yaqqol dalilidir8.r
    Oq Saroy binosining qurilishi
    Sohibqiron Amir Temur yurish qilgan mamlakatlarida ham qurilish va obodonchilik ishlarini olib borgani bizga ma'lum. Boshqa yurtlardan olimu hunarmandlarni Movarounnahrga olib kelib, o‘z yurtida ilm fan, me'morchilik va hunarmandchilik yuksak darajaga ko‘tarilishiga sababchi bo‘ldi. Hattoki bugungi kunda ham Amir Temur va temuriylar davrida qurilgan obidalar dunyoning turli chekkalaridan kelgan sayyohlarni o‘ziga rom etib kelmoqda.
    Bugun biz ham aynan Sohibqironning buyrug‘i bilan ona yurti Shahrisabzda qurilgan Oq saroy qarorgohi tarixi haqida fikrlashmoqchimiz. Bizga bu masalada Shahrisabzdagi Amir Temur nomli moddiy-madaniyat tarixi muzeyi ilmiy xodimi Jasurbek Ahmedov yaqindan ko‘mak berdi. Ayrim fakt va ma'lumotlarda Poyon Ravshanovning «Oq saroy tarixi» kitobidan foydalanildi.
    Albatta, maftunkor Oq saroyning qurilishi haqida tarixiy manbalardan, jumladan, Zahiriddin Bobur va Klavixo Gonsalesning asarlari orqali ishonchli ma'lumotlar va go‘zal ta'riflarga egamiz. Amir Temur me'morchilik sohasining yuksak namunasi sifatida qurdirgan imoratlari ichida Oq saroy eng balandi, go‘zal va salobatlisi bo‘lib, balandligi 70 metrdan ortiq bo‘lgani, 1380-1405-yillar davomida qurilgani ham obidaning me'moriy jihatdan naqadar mukammaligini bildiradi.
    Istiqlolga 28 yil to‘layotgan bir davr oralig‘ida olib borilayotgan davlatimiz islohotlari, ayniqsa, tariximizga bo‘lgan munosabat, madaniy merosni asrab avaylash hamda turizmni rivojlantirishi borasidagi ishlar, albatta, barchamizni quvontiradi. Xalqimizning bunga ijobiy munosabatini sayyohlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Shunday bo‘lsada, afsuski, ba'zi fuqarolarimiz ongida sobiq sho‘ro davrida noxolis yozilgan risolalardagi fikrlarga ojizona ergashishni ko‘ramiz. Bulardan biri Shahrisabzdagi Oq saroy majmuasining buzilishi haqida ham ana shunday noaniqliklarni kuzatamiz. Shu sababdan biz Oq saroyning qurilishi, hashamati haqida emas qurilgandan keyingi o‘tmishning suronli davrlarida qanday vayronagarchiliklarga uchragani haqida to‘xtalmoqchi bo‘ldik. Zero, bu urinishimiz «dengizdan bir tomchi» bo‘lsada, tariximizni xolisona o‘rganish uchun ko‘proq kitob o‘qishga undab, birgina manbani o‘qib, biryoqlama fikr bildirishdan qochishga yordam beradi, deb umid qilamiz.
    Temuriylar davrida Shahrisabz ham Samarqand singari temuriyzodalarning to‘qnashuvlariga guvoh bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, Ulug‘bek Mirzo (1409-y) taxtga o‘tirishi bilan bobosining ishlari davomchisi sifatida Shahrisabzda Ko‘k gumbaz singari imoratlar bino qildi. Shahrisabz va Oq saroy temuriylar uchun shonli yoki qiyinchilik davrlarida ham Samarqandga, ya'ni poytaxtga yaqin boshpana bo‘ldi.
    XVI asrning oxirlarida ikki sulola - temuriylar va shayboniylarning to‘qnashuvida, albatta, boshqa davrlarda bo‘lganidek shaharlardagi imoratlar ham zarar ko‘radi. Lekin Abdullaxonning (1533-1598) Shahrisabzdagi obidalarni, jumladan, Oq saroyni vayron qilgan deyish to‘g‘ri bo‘lmas. Bunga javoban tarixiy manbalar guvohligini keltiramiz.
    Abdullaxonning hukmronlik yillarining ko‘p qismi shayboniyzodalarning o‘zaro kurashlarini daf qilish, davlatni mustahkamlash yo‘lidagi harakatlardan iborat bo‘ldi. 1552-yil Abdullaxon Shahrisabzni shayboniyzoda Hoshim Sultondan tortib olib, ukasi Ibodullo Sultonni Shahrisabz hokimi qilib tayinlaydi. 1553-yil Toshkentdan kelgan Navro‘z Ahmadxon yordamida Hoshim Sulton yana Shahrisabzni egallaydi. 1563-yil Hoshim Sultonni daf qilish uchun Abdullaxon ikkinchi bor Shahrisabzga yurish boshlaydi. Bu galgi fathdan so‘ng Abdullaxon Shahrisabzni o‘z yaqinlaridan Xusrav Sultonga beradi va unga qarata «haqiqat bilan hukmronlik qil, kuchli va kuchsizni adolat sitamida barobar tut, hamisha jabr-u zulm bayrog‘ini sindir», degan gaplari Hofiz Tanish ibn Mir Muhammad Buxoriyning «Abdullanoma» asarida keltiriladi9.
    1567-yilning dekabrida Samarqand hokimi Abulxayr Sulton Shahrisabzni egallab oladi. Hofiz Tanish Buxoriyning hikoya qilishicha, Abulxayr Sulton qal'aga kirib olgan vaqtda bir guruh navkarlari Abdullaxonga «xandoq suvidan suzib o‘tib, qal'aning burj va devorlarini yiqitamiz», deganda Abdullaxon bunga rozi bo‘lmaydi va «Umid shulki, oqibatni o‘ylamovchilar oxiri o‘z qilganlaridan pushaymon bo‘ladilar», deydi. Yana ushbu asarga ko‘ra, 1568-yil Samarqanddan kelgan shayboniyzodalar Gadoyxon, Abulxayr Sulton, Xudoyberdi Sulton Abdullaxon va u qo‘ygan hokim Xusrav Sultonga qarshi otlanadi. Ushbu janglarda Xusrav Sulton halok bo‘ladi va bir muddat Shahrisabz qo‘ldan chiqadi. 1569-yil Abdullaxon Shahrisabzni qaytarish uchun otlanadi va Faqir Sultonni chekinishga majbur qiladi. Muarrix bu haqda «Ul hazrat, Shahrisabz tomon yuzlandi. Qal'a atrofiga qo‘ngandan so‘ng, uning buzilgan qal'asini tuzatishga buyurdi», deb yozadi.
    Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilsak ham Abdullaxon buzuvchi emas, aksincha, tiklovchi, bunyodkor inson bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Shahrisabz qal'a devorining buzilishi Abulxayr sultonning talonchiligi natijasida bo‘lib, Oq saroyning esa ayrim joylari, sirli koshinlari ko‘chgani ehtimol.
    Lekin nima uchun bu ishlar Abdullaxonga nisbat berildi, degan savolga kelsak, bizningcha Amir Temur singari «sohibqiron» deb atalgan, o‘z davrining va qolaversa shayboniy hukmdorlar ichida ham yetuk siyosatdon, lashkarboshi, ma'rifatli, bunyodkor shaxsi Abdullaxonni qoralash va uning xaqiqiy siyratini xalqdan to‘sishga intilish bo‘lgani, bu orqali barchamiz bilgan o‘zligimizni anglashdan sobiq sho‘ro hukumatining qanchalik qo‘rqqanini ko‘rishimiz mumkin.
    Lekin Oq saroy shunchalik mustahkamligidan unga o‘sha davr qurollari bilan katta talafot yetkazish ham qiyin bo‘lgan. Buni keyinchalik kimlar amalga oshirganini bilish uchun yana manbalarga yuzlanamiz.
    Ashtarxoniylar davrida Oq saroy Shahrisabz kenagas beklari uchun ham qarorgoh vazifasini o‘tab keldi. Buxoro taxti mang‘it amirlari qo‘liga o‘tgach Shahrisabz va Kitob beklarining mustaqillikka intilishi Amir Haydar, Amir Nasrullo va Amir Muzaffar davrida bekliklarga qo‘shin tortishiga sabab bo‘ladi. Bunday o‘zaro urushlar shahar devorlariga, imoratlariga bezarar bo‘lgan deb bo‘lmaydi, albatta.
    Muhammad Hakimxon To‘raning «Muntaxab at tavorix» asarida 1840-yil Doniyol otaliq vafotidan so‘ng, Oq saroy imorati ostida Xo‘jaqulibiy parvonachi Shahrisabz amiri mansabiga o‘tqazilgani yoziladi. Shunga ko‘ra, Rossiya imperiyasining tajovuzi Buxoro xonligi chegaralariga qadar kelguncha, Oq saroy Shahrisabz kenagas beklarining ma'muriy-boshqaruv binosi sifatida qad ko‘tarib turgan, deyishimiz mumkin bo‘ladi.
    Muarrix Abdulazim Somiy rus qo‘shinlarining Shahrisabz va Kitob bekliklariga hujumini 1873-yil deb ko‘rsatsa, Rossiya imperiyasi harbiylarining hujjatlarida 1870-yil kuzida bo‘lgani qayd etiladi. Shahrisabz va Kitob bekliklarini bosib olishda «jonbozlik» ko‘rsatgan vayronkor general-mayor Abramov edi. Abramov 1870-yil 31 -avgustda yozgan 591-raqamli raportida shaharni qirg‘inbarot qilgani haqida aytmasdan «Aholi shahardan 3 chaqirimcha berida meni non-tuz bilan qarshi oldi», deb xaspo‘shlashga urinsa-da, D.N.Logofet «rus qurolining kuchi va ko‘lob bo‘lib to‘kilgan rus qoni evaziga olingan Shahrisabz va Kitobdek ulkan bekliklar Buxoro amiriga berildi», deya general yashirganini oshkor qilib qo‘yadi «Temurning hashamatli Oq saroyi Buxoroning shu davrdagi hamma imoratlarida kuzatilganidek, xarobalardan iboratdir. Shunga qaramasdan, bu vayrona hozir ham o‘zining benazir go‘zalligi bilan rom etadi. Janubiy tarafdan gumbaz qoldiqlari yaqqol bilinib turadi, vaqtida imorat bezagi bo‘lgan bu gumbaz hozirda nuragan bo‘lib, undan koshinlar va yozuvlar bilan bezatilgan ikki baland devor saqlanib qolgan»10.
    XULOSA
    Тemuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Хuroson me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Тemur va Ulug‘bek davri me’morchiligida bezakda ko‘p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan. Koshin qatamlarida tasvir mavzusi kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Тemur va Ulug‘bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo‘lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Тemur davrida qurilgan binolarda ko‘k va zarhal ranglar ustun bo‘lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug‘bek davrida Хitoy chinnisiga o‘xshash oq fondagi ko‘k naqshlar ko‘p uchraydi. Temuriy hukmdorlar orasida ayniqsa, Ulugbek bobosi Temur kabi mamlakatda qurilish ishlariga katta ahamiyat beradi. U hukmdorlik qilgan davrda bir qancha masjid, madrasa, honaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroylar quriladi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etiladi. Avvalo u Temur davrida qurib bitkazilmagan talaygina binolarni oxiriga yetkazadi. Go‘ri Amirning kirish peshtoqi, Shohizinda ansamblidagi ba’zi maqbaralar, Shahrisabzdagi Ko‘kgumbaz masjidi, Yassidagi Ahmad Yassaviy qabri ustiga qurilgan binolar shular jumlasidandir.
    Sohibqironning dunyo bo‘yicha yashab o‘tgan ko‘pgina mashhur
    hukmdorlardan farqli jihatlaridan biri nafaqat Movarounnahrda, balki buyuk
    saltanatning tarkibiy qismi bo‘lggan Markaziy Osiyo hamda boshqa keng hududlarda
    ham tartibintizom o‘rnatib, obodonchilik, bunyodkorlik ishlariga juda katta ahamiyat
    qaratganli bilan ham belgilanadi. Buyuk ipak yo‘lining nazoratini o‘z qo‘liga oldi va
    bu bilan Markaziy Osiyo hamda uzoq-yaqin boshqa hududdagi davlatlar bilan turli
    sohalardagi hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘ydi. Bunga misol keltiradigan
    bo‘lsak, 1381 yili Xurosondagi Murg‘ob daryosidan sug‘orish kanali qazdirdi va Marv vohasini obodonlashtirish to‘g‘risida farmon e’lon qilgan. 1401 yilda esa Kavkazning
    Baylakon degan joyida Araks daryosidan chiquvuchi mashhur “Barlos” nomli kanalni
    qurdiradi. Shuningdek, Mashhad, Qobul, Hirot va boshqa vohalarda ham shu singari
    yirik bunyodkorlik ishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, markazi Samarqand bo‘lgan
    Vatani - Movarounnahrni har tomonlama yuksaltitish uchun o‘zining bor
    imkoniyatlarini ishga soldi. Me’morchilik, san’at sohalarida amalga oshirgan ko‘pgina
    ishlari uning nomini abadiyatga daxldor etib qo‘ydi.
    Masalan, Shahrisabzdagi Oqsaroy, Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi,
    Bibixonim Jom’e masjidi, Shohizinda majmuasi kabi me’moriy yodgorliklar insoniyat
    tafakkuri va san’atining noyob durdonalari sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.
    Zahiriddin Muhammad Bobur mahobati, peshtoqining ulkanligini ko‘rib,
    Oqsaroyga shunday ta’rif bergandi: “Muncha oliy toq jahonda kam nishon berur.
    Derlarkim, Kasro toqidin bu buyukroqdir6” Sohibqiron hukmronligi davrida
    Samarqand esa "Yer yuzining sayqali" ga aylandi. Obodonchilik, bunyodkorlik ishlari
    saltanatning boshqa hududlarida ham shu tariqa davom ettirildi.


    Download 90,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 90,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati Reja

    Download 90,3 Kb.