|
Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati Reja
|
bet | 5/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 90,3 Kb. | | #120712 |
Bog'liq Amir Temur davrida Movaraunnahrda olib borilgan bunyodkorlik ishlari 3BOG‘I CHINOR– bu Samarqand janubida, Darg‘om arig‘i yoqasida bino etilgan bog‘. U yerda chinorlar haddan ziyod ko‘p bo‘lgani sababidan “Bo0i Chinor” deb atalgan. Bu bog‘ o‘rni bo‘lgan va keyinchalik Xoja Kafshar nomini olgan manzilda hozir ham chinorlar ko‘p. Muarrix G‘iyosiddin Ali bu bog‘ haqida ma’lumot berib, u sharq tomonda bo‘lgan deb yozadi. Sharafiddin Ali Yazdiy esa bog‘ Kesh shahridan kelaverishda (shaharga yaqin turgan) birinchi bog‘dir deb xabar beradi. Boshqa ma’lumotlar Yazdiyning ma’lumotini tasdiqlaydi. Masalan, Bobur mirzo yozadikim: Yana Samarqandning janubida Bog‘i Chinordur, qal’ani yovuqtur”. Klavixo o‘z safarnomasida “Bog‘i Chinor yangi qurilgan hashamatli saroy joylashgan bog‘ edi” deb qayd etadi.
BOG‘I ZOG‘ON – bu Samarqandning sharqiy tomonida, shahardan taxminan 20 chaqirim masofada, Ko‘chayi Xiyobon, ya’ni shaharning Xiyobon mavzesiga olib boradigan yo‘l ustida, “Samariya” muallifi yozganidek, “Shovdor tumanining shimol tomonida” bo‘lgan. Bu bog‘ o‘rnida hozir Bog‘i Zog‘on qishlog‘i mavjud.
BOG‘I NAV – bu Samarqand janubida Lolazor qishlog‘i yaqinida 1404 yil barpo etilgan bog‘. Bog‘ Amir Temurning barcha bog‘lari kabi to‘rtburchak shaklida bo‘lib, baland devor bilan o‘ralgan. Bog‘ning har burchagida minoralar qad tiklagan. O‘rtasidagi gumbaznamo qasr qurilgan, uning oldida katta hovuz ham bo‘lgan. Qasr xonalari qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy yozishicha, bog‘i Nav bilan Bog‘i Dilkushoning har tomoni bir yarim gaz, ya’ni tomonlari mingga ming metrlie shaklda – kvadratdan iborat bo‘lgan. Fazlulloh ibn Ro‘zbehon “Mehmonnomayi Buxoro” asarida XVI asr voqealari bayonida Bog‘i Navni Samarqandning Chorraha darvozasi yaqinida deb yozadi. Shunga asoslangan ayrim tadqiqotchilar, jumladan, M.Masson bu bog‘ o‘rni hozirgi shahar istirohat bog‘ida bo‘lgan bo‘lsa kerak, deya taxmin qiladi.
BOG‘I JAHONNAMO – bu Samarqand janubidagi Taxtiqoracha devoniga yaqin, shahardan 24-25 chaqirim uzoqdagi Qorateta qishlog‘ida bino qilingan bog‘. Bog‘ning yonida katta qal’a ham bo‘lgan. Bog‘ va qal’a Amir Temur harbiy yurishlar arafasida va jangdan qaytishda hordiq oladigan maskan hisoblangan. Ayrim tadqiqotchilarning yozishicha, Sohibqiron barpo qilgan bog‘lardan yolg‘iz Bog‘i Jahonnamo yo‘qdan bor etilgan, qolgan bog‘lar esa asosan mavjudlari o‘rnida ta’mir va kengaytirish yo‘sunida bunyod etilgan. “Zafarnoma” muallifi bog‘dagi saroy 1398-yil qurilgan deb ma’lumot beradi. Muarrixlarning mubolag‘asiga ko‘ra, bog‘ shu qadar ulkan ekanki, u yerda bir ot yo‘qolib qolib, olti oydan keyin topilgan ekan.
|
| |