• BOG‘I BO‘LDU
  • Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati Reja




    Download 90,3 Kb.
    bet6/9
    Sana16.12.2023
    Hajmi90,3 Kb.
    #120712
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Amir Temur davrida Movaraunnahrda olib borilgan bunyodkorlik ishlari 3

    GULBOG‘ – bu Samarqandning janub tomonida, Taxti Qoracha dovoni yaqinidagi bog‘. Bog‘ o‘rtasida nasr joylashgan va uning yonidan tog‘dan tushgan jilg‘a oqqan. Sharafiddin Ali Yazdiyning ma’lumotiga ko‘ra bog‘ 1398-yilda barpo qilingan. Muarrix yozadi: “Hazrati Sohibqiron bir necha kundan so‘ng (Samarqanddan ko‘tarilib), azimat jilovini Kesh tomon jo‘natdi. Bu yo‘lda bir tog‘ borki, undan Samarqandgacha qariyib yetti farsah keladi. Uning boshlanishida bir anhor oqadi. Daryodek saxiy va osmondek shavkatli podshohona tashrif shu’lasi u toqqa tushdi. Olamni tartibga keltirib ravnaq berish borasida himmatining zo‘rligi tufayli imorat qurishga yaroqli har bir joyning zoe ketishini ravo ko‘rmaydigan, mamlakatlarga oro beruvchi ra’y bu mavzeda bir boqqa asos solishga farmon berdi, toki bu chuchuk suvli anhor u jannat asarli bo‘stonda “uning tagida anhor joriydir” degan oyati karimani eslatib tursin. Bog‘ o‘rtasida voqe bo‘lgan ko‘phora ustida esa bir qasr qurishni buyurdi. Bajarilishi vojib bo‘lgan bu amr ijro etilib, qasr qurilishi bitgach, unga “Taxti Qoracha” deb nom berildi”.
    Muhtasar qilib aytganda, bog‘ni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Klavixo bog‘ni shunday tasvirlaydi: “Bog‘ning atrofi paxsa devor bilan o‘ralgan bo‘lib, devor aylanasi to‘la bir liga (liga – ispancha uzunik o‘lchovi bo‘lib, 5572 metrga to‘g‘ri keladi) kelar edi. Bog‘da po‘rtahol (apelsin) va limudan tortib, har xil mevali daraxtlar bor edi. Bog‘da oltita hovuz bo‘lishiga qaramay, bog‘ni kesib o‘tgan anhor oqib turadi. Hovuzlarning biridan ikkinchisiga baland va katta soyali daraxtlardan bamisoli yo‘l solingan. Bu yashil yo‘llar o‘rtasidan balandlikka tomon ko‘tarilgan xuddi shunday so‘qmoqlar butun bog‘ bo‘ylab o‘tgan. Bu yo‘ldan yana qiyalab boshqa butun bog‘ bo‘ylab o‘tgan. Bu yo‘ldan yana qiyalab boshqa yo‘llar o‘tkazilgan. Undan yana boshqalari tarmoqlab ketgan. Xullas, bu yo‘llardan yurib, butun bog‘ni tomosha qilish mumkin edi. Bog‘da atrofi yog‘och qoziqlar bilan o‘ralgan sun’iy barpo qilingan usti tekis tepalik bor. Xullas, mazkur saroy mustahkam qo‘rg‘on edi. Bog‘da shoh (Temur) topshirig‘i bilan erkin qo‘yilgan kiyiklar va tustovuqlar (tovuslar ham) mavjud. Bog‘dan katta uzumzorga chiqadigan darvoza bor. Bog‘ kabi katta va keng uzumzor atrofidagi tepalik bo‘ylab o‘stirilgan baland daraxtlar juda chiroyli ko‘rinadi. Mazkur bog‘ va saroy “Talisiya”, ularning tilida esa Kalbet (Gulbog‘) deb ataladi”. Hozir bu bog‘ning o‘rnida Gulbog‘ qishlog‘i mavjud.
    BOG‘I BO‘LDU – bu Samarqand sharqida barpo bo‘lgan bog‘. Bobur mirzo yozadiki: “(Temurbek) Samarqandning sharqida ikki bog‘ solibtur, birikim yiroqroqtur, Bog‘i Bo‘ldudur, yovuqrog‘i (yaqinrog‘i) Bog‘i Dilkushodir”. V.Vyatkin qadimiy Samarqand topografiyasiga oid maqolasida Bog‘u Bo‘lduni Bog‘i Dilkushoga yaqin yerdagi Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida bo‘lgan, deb ma’lumot beradi. O‘.Alimovning tekshirishlari natijasida bog‘ning Panjakentga ketadigan yo‘lning o‘ng tomonida, Bog‘i Dilkushodan bir yarim kilometrcha narida joylashganligi aniqlangan.
    Bog‘ nomi xususida fikr yuritganda aytish joizki, “Bo‘ldu” kalimasini ayrimlar “kamolotga yetgan, yetuk, kam-ko‘stsiz”, boshqalar esa “farovonlik, mo‘lchilik” ma’nosiga ega deb ko‘rsatadilar. V.Radlovning turk shevalari lug‘atida bu so‘z “badavlat” ma’nosini bildiradi deb qayd etilgan. Shunga ko‘ra, Bog‘i Bo‘ldu “to‘kin bog‘” ma’nosiga egadir.

    Download 90,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 90,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati Reja

    Download 90,3 Kb.