• BOG‘I BALAND
  • BOG‘I DULKUSHO
  • Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati Reja




    Download 90,3 Kb.
    bet4/9
    Sana16.12.2023
    Hajmi90,3 Kb.
    #120712
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Amir Temur davrida Movaraunnahrda olib borilgan bunyodkorlik ishlari 3

    BOG‘I BEHISHT – bu Samarqandning g‘arbiy tarafida malika Tuman og‘o sharafiga 1378 yilda insho etilgan. Bu bog‘ Bog‘i Shimolning janubi-g‘arbida joylashgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, bog‘dagi saroy atrofini suv bilan to‘ldirilgan xandaq o‘ragan bo‘lib, bir necha ko‘prik saroy bilan bog‘ni o‘zaro bog‘lab turgan. G‘oyat ko‘rkam bog‘ saroyi ataylab ko‘tarilgan dasti tepalik ustida Tabrizdan keltirilgan oq marmardan tiklangan7.
    Bog‘ manzili haqida turli fikrlar mavjud. Agar “Samariya” muallifi uni Samarqandning sharqida joylashgan deb yozsa, Bobur mirzo “Boburnoma”da: “shaharning quyi yonida Bog‘i Shimol va Bog‘i Behishttur”, deya qayd etadi. Qadimshunos M.Masson o‘z tekshirishlarida bu bog‘ning o‘rnini Bog‘i Shamoldan janubi-g‘arbda bo‘lgan, deb ko‘rsatadi. O‘zbek olimi O‘.Alimov esa “O‘rta asrlarda Movarounnahrda bog‘dorchilik xo‘jaligi tarixi” kitobida olib borgan izlanishlari natijasida bog‘dan biror iz topilmagani haqida yozadi. Biz bu o‘rinda ko‘proq Bobur mirzo guvohligi haqiqatga molik deb hisoblaymiz.
    BOG‘I BALAND – bu shaharning shimolidagi Cho‘ponota tepaligi yonbag‘rida barpo etilgan bog‘. U Amir Temurning eng go‘zal bog‘laridan sanalib, bog‘ni yaratishda Eron, Iroq, Ozarbayjon va boshqa zabt etilgan o‘lkalardan keltirilgan usta me’morlar qatnashgan. Bog‘dagi Tabriz marmari bilan tiklangan saroy binosi uchta katta xonadon iborat bo‘lib, unda qimmatbaho buyumlar, nodir san’at asarlari saqlangan. Bu bog‘ Sohibqironning suyukli nabirasi, Mironshohning qizi Og‘abegimga atab qurilgan. Poytaxt shimolidagi tepalikda barpo etilgani sabab, Bog‘i Baland nomini olgan. Bog‘ning asosiy qismi uzumzor, olmazor va anjirzordan iborat bo‘lgan. Hozirgacha Bog‘i Baland deb ataluvchi bu manzil o‘zining to‘kin anjirzorlari bilan mashhur.
    BOG‘I DULKUSHO – bu Samarqand sharqidagi bog‘. Shahardan taxminan olti chaqirim masofada, Panjakent yo‘lining o‘ng tomonida bo‘lgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Bog‘i Dilkushoni bino qilish davomida oldindan mavjud bo‘lgan o‘n ikkita bog‘ birlashtirilib mukammalashtirilgan. Bog‘ qurilishi 1396 yilda boshlangan. Bog‘da gumbaz shaklida tiklangan qasr va uning uch tomonida minoralar yuksalib turgan. 1398 yil bahorida – Hind yurishi arafasida Amir Temur shu yangi bog‘da mislsiz tantanalar o‘tkazib, amir Xizrxo‘ja qizi – To‘kalxonimga uylangan va bog‘dagi qasrni yosh malikaga atagan. “Zafarnoma”ning muallifi yozadi: “Bog‘ nihoyatda dilkusho va go‘zal tarzda barpo etilgach, bezavol iqbol tili uning ismi-jismiga monand bo‘lsin uchun “Bog‘i Dilkusho” deb atadi”. Bog‘i Dilkusho to‘rtburchak shaklida bo‘lib, har bir tomoni bir yarim ming gazga en bergan. To‘rt tomonda toqi rangli koshinlaru-naqshi nigorlar bilan ziynatlangan darvozalari bo‘lgan. Shaharga qaragan darvoza toqida “Darvozayi Feruza” deb hal bilan juda chiroyli yozilgan. Bobur mirzo yozishicha, “Andin (bog‘dan) Feruza darvozasigacha xiyobon qilib, ikki tarafida terak yig‘ochlari ektiribtur”. Bog‘ning to‘rt burchagida, muarrixlar ta’riflaganidek, at-Toir yulduziga yetgudek baland minoralar qad ko‘targan. Bog‘ sahni handasa uslubida to‘rtburchak shaklidagi yo‘laklar va oltiburchagu-uchburchak shaklidagi chamanzorlarga bo‘lingan. Yo‘laklar chetida oqteraklar, olti va uchburchakli chamanzorlar atrofida mevali daraxtlar, gulbutalar yashnagan.

    Download 90,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 90,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati Reja

    Download 90,3 Kb.