|
Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati Reja
|
bet | 3/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 90,3 Kb. | | #120712 |
Bog'liq Amir Temur davrida Movaraunnahrda olib borilgan bunyodkorlik ishlari 3BOG‘I SHIMOL– bu bog‘ xalq orasida Bog‘ishamol nomi bilan mashhur bo‘lgan. U 1397-yili insho etilgan. Muarrix Sharafiddin Ali Yazdiyning qayd etishicha, bu manzil bog‘ asos bo‘lmasdan oldin ha ko‘kalamzor joy bo‘lgan. Muarrix yozadi: “Hazrati Sohibqiron obod Samarqandning shimoliy tomonida barpo etgani Bog‘i Shimol nomi bilan mashhur boqqa ko‘chib o‘tib, jahon ahli sig‘gudek ulkan saroparda (shohona chodir) qurdirdi. Uning darvozasi oldidagi chodir (ko‘ndalon) hamda podshoh qabulxonasi (borgoh) bazmlar uchun tikilgan katta va kichik chodirlar ko‘kka bo‘y cho‘zib, oyga tekkudek tuyulardi. Bu bog‘i Eram yanglig‘ orom maskani jannatning bazm saroyi hasad qiladigan darajada orasta va salobatli qilib bezatdilar. Qazodek keskin farmon sodir bo‘ldiki, ul firdavsmonand bog‘da amirzoda Mironshohning qizi, oliy iffat sohibasi Beka Sulton nomiga atab dilni rom etuvchi baland qasr va go‘zal bir ishratgoh qursinlar. Fors o‘lkasining barcha viloyatlari, Iroq, Ozarbayjon, Dorussalom (Bag‘dod) va boshqa mamlakatlardan jam’ bo‘lgan mohir muhandislar, ravshan fikrli me’morlar qasrning tarhini teran farosat qalami bilan mahorat lavhasiga chizdilar. Uni hazrati Sohibqiron ma’qullagach, yorqin ra’yli munajjimlar qasr qurilishini boshlash uchun munosib vaqtni belgilashda hushyorlik va ehtiyotkorlikning barcha shartlariga rioya qilgan holda 799 sana jumodul oxir oyining (1397-yil, mart) quvonchli bir soati va baxtli bir tole’ida inshosini boshladilar.
Qasrning to‘rt ruknini amirlar o‘rtasida taqsimlab, har bir ishboshi ixtiyoriga biror mamlakatdan keltirilgan hunarmandlarni tayin qildilar… mustahkam ruknlarini bag‘oyat mahkam va puxta qilib ko‘tardilar. Har bir rukniga bittadan Tabrizdan keltirilgan marmar toshdan ishlangan ustun o‘rnatdilar. Devorlari sathini lojuvard va oltin bilan shunday ajoyib va hayratomuz darajada go‘zal etib naqshladilarki, ularning tarovatidan Moniy rasmlari va Chin nigorxonasini uyatu-xijolat g‘ubori qopladi. Qasrning sahniga marmar toshlardan va Ko‘hi Nur (Nurota)dan keltirilgan toshlardan chiroyli qilib yotqizdilar… Tashqi devorining ich tarafidagi izorasini koshin bilan ziynatladilar”.
Bir qancha tarixiy manbalarda bog‘ shaharning “Devori Qiyomat” deb atalgan qadimiy devori chegarasida, Damashq (Dimishq) qishlog‘i yaqinida bo‘lgan, deb ko‘rsatiladi. O‘sha yerda bog‘ nomi bilan atalgan ariq oqib o‘tgan. Samarqandliklar Amir Temur sharafiga shahar tumanlaridan birini Bog‘ishamol deb atashgan.
|
| |