• BOG‘I DAVLATOBOD
  • Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati Reja




    Download 90,3 Kb.
    bet7/9
    Sana16.12.2023
    Hajmi90,3 Kb.
    #120712
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Amir Temur davrida Movaraunnahrda olib borilgan bunyodkorlik ishlari 3

    BOG‘I NAQSHI JAHON – bu Cho‘ponota tepaligining janubiy etaklarida bunyod etilgan bog‘. Ayrim tadqiqotchilar Bog‘i Naqshi Jahon Amir Temur qurdirgan dastlabki bog‘larning biri, deb hisoblaydilar. “Naqshi Jahon” so‘zi “dunyo bezagi” ma’nosini bildiradi. Mirzo Bobur yozadi: “(Temurbek) yana Pushtai Ko‘hak domanasida, Konigilning qora suyining ustidikim, bu suvni Obi Rahmat derlar, bir bog‘ solibtur, Naqshi Jahong‘a mavsum. Men ko‘rgan mahalda bu bog‘ buzulub erdi, oti besh qolmaydur edi” (ya’ni nomidan boshqa hech narsasi qolmagan edi).
    BOG‘I DAVLATOBOD – bu Samarqand janubida, Termiz yo‘lining yoqasida, Bog‘i Dilkusho bilan Bog‘i Jahonnamo oralig‘ida barpo etilgan bog‘. Temuriylar davriga oid vaqf hujjatlariga ko‘ra, bog‘ Darg‘om arig‘i bilan Shovdor arig‘i yaqinida bo‘lgan. Harbiy yurishlardan qaytgan jahongir shu bog‘da tantanali marosimlar o‘tkazgan, elchilarni qabul qilgan. Xususan, Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida Amir Temur 1399 yili Hindiston yurishidan qaytayotib, Bog‘i Jahonnomada orom olgandan so‘ng Davlatobod bog‘iga, u yerdan Bog‘i Dilkushoga kelganini hikoya qiladi. O‘.Alimovning yozishicha, bog‘dagi saroy baland tepalik ustida qurilgan bo‘lib, shimol tarafdan Darg‘om arig‘i hamda Samarqandning go‘zal manzaralari, janub tarafidan esa Qoratepa tog‘lari ko‘rinib turgan. Sharq tarafidan qishloqlar, g‘arb tomondan esa bepoyon dalalar o‘rab turgan.
    BOG‘CHA – bu Samarqand shahrining ichida, amirzoda Muhammad Sulton
    madrasasi va dahmasi (bu yer Go‘ri Mir deb ataladi) yonida barpo etilgan kichik bog‘. Sharafiddin Ali Yazdiy yozadi: “Olamni zabt etuvchi Sohibqiron Jahonnamo qasridan
    saodat bilan otga minib, 807 yil muharram oyida (1404 yil iyulida) Samarqandda Bog‘i
    Chinorga kelib qo‘ndi, u yerdan shahar ichiga kirdi va (marhum) baxtli shahzoda
    Muhammad Sulton madrasasini kelib ko‘rib, (qabrni) ziyorat qilish rasmini ado etdi… Bu
    yerda farmon chiqdiki, shahzodanig nurli qabri uchun uning himmat me’mori tomonidan
    qurilgan madrasaga ulab bir gumbaz ko‘tarsinlar. Farmonga muvofiq xonaqoh
    maydonining old tomonidan (madrasaning) janubiy suffasiga ulab, falak yanglig‘ bir
    qubba bunyod ettilar, uning izorasini tillo va lojuvard bilan naqshlangan marmar
    toshlardan ishladilar hamda mag‘rifatga cho‘milgur murdani qo‘yish uchun bir sardoba
    kovladilar. So‘ngra xatmi Qur’on qilib, ojizu-ehtiyojmandlarga sadaqalar ulashib, barcha
    rasm-rusumlarga rioya qilingan holda marhum shahzoda jasadini xonaqohning gumbazi
    ostidan shu sardobaga ko‘chirdilar. Madrasa atrofida bo‘lgan bir nechta uyni buzib, jannat
    misol bir bog‘cha yaratdilar…”

    Download 90,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 90,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati va san’ati Reja

    Download 90,3 Kb.