|
Andijon davlat pedagogika instituti
|
bet | 13/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИRaqamli video lavhalar – o’quv moduli (o’quv fani) bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga yordam beradigan ma'lumotlarni o’z ichiga olgan 3D o’lchamdagi zamonaviy o’quv manbai.
Virtual stendlar – 1) real ob'ekt, predmet, jarayon, voqea va hodisalarning elektron modeli; 2) matn, rasm, sxema, jadval, diagramma va b. shakldagi axborot, jarayon hamda virtual muhitlarni yaratish, saqlash, ishlov berish, raqamlashtirish va tizimli ravishda amalga oshirishni ifodalovchi kompyuterli vosita.
Imitatsion virtual trenajyor (ingl. “train” – “tarbiyalamoq”, o’qitmoq”, “mashq qildirmoq”) – elektron shakldagi o’quv-mashqlantiruvchi qurilma bo’lib, u yordamida mehnat faoliyatining real sharoiti modellashtiriladi, muayyan faoliyat (m-n: mashina (mexanizm)ni boshqarish, murakkab stanokda ish bajarish yoki harbiy texnika sirlarini o’zlashtirish) ko’nikmalari shakllantiriladi, ko’nikmalar malakalarga aylantiriladi hamda hosil bo’lgan malakalar takomillashtiriladi.
Multimedia mahsulotlari – o’zida AKTning dasturiy va texnik imkoniyatlari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o’quv materialini tinglovchilarga etkazib berilishini mujassamlashtirgan ishlanma (mahsulot)lar.
Audio va video vizual materiallar – o’quv axborotlarini kompyuter texnologiyasi yordamida ovozli va vizual shaklda qabul qilinishini ta'minlovchi materallar.
Video animatsiyalar – chizilgan (rasmli) yoki kichik hajmli obraz (hajmiy, qo’g’irchoq yoki o’yinchoqli ob'ekt)larni harakatga keltirish va bu harakatning har bir bosqichini ketma-ket suratga olinganligini ifodalovchi elektron tasvirlar.
Prezentatsiya (taqdimot; lot. “praesentatio” – taqdim etish) – muayyan mavzu yoki muammo bo’yicha o’quv (ilmiy, amaliy) xarakterdagi materiallarning ish qog’ozlari (oddiy yoki vatman qog’ozlar) hamda axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter, proektor, protsessor va b. qurilmalar) yordamida taqdim etilishi.
Kreativlikni bolani yoshligidan tarbiyalab borish maqsadga muvofiq. Quyuda kreativlikni rivojlantirishga oid ko‘rsatmalarini keltirib o’tamiz:
1. Bolalarning savollariga chidam bilan to’g’ri javob bering.
2. Ularning savollari va fikrlarini jiddiy qabul qiling.
3. Bolalarga o’z ishlari bilan shug’ullanishlari uchun alohida xona yoki burchak ajrating.
4. Agarda ijodiy jarayon bilan bog’liq bo’lsa, u holda bolani xonadagi tartibsizlik uchun koyimang.
5. Vaqti-vaqti bilan bolalarga ularni yaxshi ko’rishingizni va ularni qanday bo’lsalar, shunday qabul qilishlarini namoyon eting.
6. Bolalarga imkoniyatlariga mos yumushlarni buyuring.
7. Ularga shaxsiy rejalarini ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishga ko’maklashing.
8. Bolalarga faoliyatlarda yuqori natijalarga erishishlariga yordam bering.
9. Kamchiliklarini ko’rsatgan holda bolani boshqalar bilan solishtirmang.
10. Bolani kamsitmang va o‘zini yomon, ojiz deb hisoblashishiga yo’l qo’ymang.
11. Uni mustaqil fikrlashga o’rgating.
12. Bolani sevimli mashg’ulotini tashkil etishi uchun zarur buyumlar bilan qurollantiring.
13. Uni turli voqealarni o’ylab topishga, fantaziya qilishga majburlang, bu jarayonda unga yordamlashing.
14. Bolani yoshlikdan o’qib-o’rganishga odatlantiring.
15. Doimo bolaning ehtiyojlariga e'tibor qarating.
16. Har kuni bola bilan yuzma-yuz suhbatlashish uchun vaqt toping.
17. Oilaga oid masalalarning muhokamasiga bolalarni ham jalb qiling.
18. Xatolari uchun bolani masxara qilmang.
19. Bolani har bir yutug’i uchun maqtang.
20. Uning yutuqlarini maqtashda samimiy bo’ling.
21. Bolani turli yoshdagi kishilar bilan muloqot qilishga o’rgatib boring.
22. Uning borliqni anglashiga yordam beradigan amaliy tajribalarni o’ylab toping.
23. Bolaga turli latta-puttalar bilan o’ynashni taqiqlamang – bu uning tasavvurini boyitadi.
24. Uni muammoni topish va uni hal qilishga rag’batlantiring.
25. Bolaga nisbatan o’z munosabatingizni baholashda odil bo’ling.
26. U bilan muhokama qilinadigan mavzularni cheklamang.
27. Bolaga qarorlarni mustaqil qabul qilish va uning uchun javobgar bo’lish imkonini bering.
28. Bolaga uning shaxs bo’lib shakllanishi uchun yordam bering.
29. Bolaga uning uchun foydali bo’lgan teleko’rsatuvlarni tomosha qilishi va radioeshittirishlarni tinglashi uchun ko’maklashing.
30. Uni o’z qobiliyatlarini ijobiy qabul qilishga odatlantirib boring.
31. Bolani kattalardan mustaqil bo’lishga o’rgatib boring.
32. Bolaning o’ziga va uning sog’lom fikrga egaligiga ishoning.
33. Bolaga “Men ham buni bilmayman” deb, uni muvaffaqiyatsizliklarga bee'tibor bo’lishga o’rgatmang.
|
| |