|
Shuning uchun hozirgi kun tarbiyachisi
|
bet | 21/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИShuning uchun hozirgi kun tarbiyachisi:
pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol;
O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to’g’ri anglagan, e'tiqodli fuqaro;
ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni muqammal egallagan;
tarbiyachilik kasbini va bolalarni yaxshi ko’radigan, har bir bola ulg’ayib, yaxshi inson bo’lishiga chin ko’ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko’maklashadigan;
erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo’lmog’i darkor.
Davlatimiz maktabgacha ta’lim sohasida o’rtaga qo’yayogan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan tarbiyachiga bog’liq. Hozirgi kunda ta'lim-tarbiyadan ko’zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, tarbiyachilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, mehnatsevar, erkin fikrli, ongli barkamol inson qilib o’stirish pedagoglar zimmasiga yuklatilgan.
Bu maqsad quyidagi vazifalarni yechish orqali hal etiladi:
pedagogik mahoratning nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirish;
pedagogik mahoratning pedagogik texnika, pedagogik muloqot, pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat kabi tarkibiy qismlari haqidagi malakalarni echish;
pedagogik mahoratni mustaqil shakllantirish ko’nikmalarini hosil qilish;
egallangan pedagogik-psixologik bilimlar asosida shaxsiy pedagogik mahoratni yaratish malakalarini hosil qilish;
Avvalo tarbiyachining kasbiy mahoratiga ta’rif beraylik. Tarbiyachining kasbiy mahorati – bu ma’lum shaxsiy (bolalarni sevishi, mehribonligi, hayrixohligi va h.k) va kasbiy (bilimdonligi, javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarining yig’indisi hisoblanib, u pedagogik-psixologik, usuliy tayyorgarligida, bolalarni tarbiyalashning optimal yo’llarini izlab topishida namoyon bo’ladi. Shuning uchun tarbiyachining kasbiy mahorat, bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligi bilan birga shaxsiy sifatlarni ham takomillashtirishni ham taqozo qiladi. Murabbiy faoliyat mahoratini qanday fazilatlar belgilaydi? Mohir avvalo mafkuraviy tayyorgarlikka ega bo’lishi lozim. Bu deganimiz milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarni bo’lishi va ularni yoshlar ongiga yetkazib tarbiyalanuvchilarni ota-bobolarimiz yaratgan boy merosga hurmatni tarbiyalay olishi kerak. Buning uchun avvalo murabbiyning o’zi milliy qadriyatlarning mohiyat mazmunini chuqur anglashi, ularga hurmat e’tiqodi bo’la olishi darkor, ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tushunish, milliy-ahloqiy qadriyat, mafkura mazmunini anglash tarbiyalanuvchilarda bobolar, avlodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |