|
Andijon davlat pedagogika instituti
|
bet | 17/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИAsosiy farqlar
Novatsiya
|
Innovatsiya
|
1) amaldagi nazariya doirasida qo’llaniladi;
2) ko’lam va vaqt bo’yicha chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi;
4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi.
|
1) tizimli, yaxlit va davomli bo’ladi;
2) ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi;
3) sub’ektlarning faoliyati to’la yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;
6) amaliyotning o’zi ham yangilanadi.
|
Mohiyatiga ko’ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O’z-o’zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig’ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig’ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko’rsatadigan o’zaro ta’sirini ifodalaydi.
Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, sub’ektiv, mahalliy va shartli g’oyalar tarzida namoyon bo’ladi. Xususiy yangilik munosabat, ob’ekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini o’zgartirish, yangilashni nazarida tutadi. Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ektning o’zini yangilash zaruriyatni ifodalaydi.
Mahalliy yangilik alohida olingan ob’ekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi.
Shartli yangilik esa munosabat, ob’ekt yoki jarayonda murakkab, progressiv yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi ma’lum elementlarning yig’indisini yoritishga xizmat qiladi.
Bu o’rinda ular innovatsion jarayonning tashkil etilishiga nisbatan quyidagi ikki yondashuv mavjud ekanligini e’tirof etadi:
1) yangilikning individual mikro darajasi (unga ko’ra qandayir yangi g’oyaga amaliyotga joriy etiladi);
2) alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o’zaro ta’sirini ifodalovchi mikro daraja (bu o’rinda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o’zaro ta’sirlanishi, birligi, raqobati va birining o’rnini ikkinchisi tomonidan egallanishi ahamiyatli sanaladi).
Innovatsiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg’un elementlar bilan boytib borish tushunilishi lozim. Bu o’rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini ifodalaydi. SHundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o’ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi.
Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g’oyasi o’tgan asrning boshlarida G’arbiy Evropa va AQSHda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shart- sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o’rtaga tashlandi. Mazkur g’oya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi “o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko’maklashuvchi usul va vositalar yig’indisi” tarzida talqin etildi hamda o’quv jarayoniga o’quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko’rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi etakchi omillardir deya baholandi.
XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo’llash “ta’lim texnologiyasi” yo’nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor talabalar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig’imini kengaytirish, axborotlarni o’zatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob’ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o’quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o’rganishga alohida urg’u berildi.
60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko’rila boshlandi. Dasturiy ta’lim ta’lim oluvchilarga muayyan bilimlarni alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonini yaxlit, maqbul dasturga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQSHda faoliyat yurita boshlagan “Dasturiy ta’lim va o’rgatuvchi mashinalar bo’yicha birlashgan Qo’mita” tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta’lim o’zida ta’lim maqsadlari, ularni o’zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi. Bu esa o’zgartirish majmuasini to’laligicha qayta tashkil etish tushunchasi mazmuniga mos keladi. Pedagogik tizim elementlarning juda chidamli va mustahkam majmuidir.
|
| |