Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarida kasbiy va kreativ qobiliyatni shakllantirishning mavjud holati




Download 0,62 Mb.
bet25/31
Sana12.06.2024
Hajmi0,62 Mb.
#263037
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
МУРОДОВА МУХТАСАР БМИ

2.2. Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarida kasbiy va kreativ qobiliyatni shakllantirishning mavjud holati.
Bo’lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining kreativ sifatlarga ega bo’lishi unung shaxsiy qobiliyatlari tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatini sifatli, samarali tashkil etishga yo’naltiriladi . Odatda tarbiyachi- mutaxasis kreativ qobiliyatlariga ega bo’lishlari pedagogik muammolarni xal qilishga intilish, ilmiy bilish doirasini kengaytirishga yordam beradi. Har qanday mutaxasis - pedagog kreativ qobiliyatlarga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivijlantirib boriladi.
So’ngi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o’quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirishga alohid e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratmoqda. Ana shu maqsadda o’quv dasturi ishlab chiqish , yangi o’quv darsliklari yaratilmoqda. Bu esa ham talabalar, ham o’qituvchilarni kasbiy rivojlantirishga yordam beradi.
Ma’lumki, kasbiy tajriba, bilim, ko’nikma, malakalarning integratsiyasi, mutaxasis sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy – ijtimoiy faoliyat ko’nikmalarining o’zlashtirilishi nafaqat amaliy ko’nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxasis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usuli va vositalarini ishlab chiqish emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo’lish ,, ijodiy tafakkurni’’ rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarning yetarli darajada o’zlashtirilishini talab etadi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativ va kasbiy sifatlarga ega bo’lishi, o’z navbatida, bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarining o’quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda an’anaviy yondashuvdan yangi g’oyalar yaratishda o’ziga xoslik, tashabbuskorlikda o’z qobiliyatlarini namoyon qiladi. Binobarin, kasbiy va kreativ sifatlarga ega bo’lgan bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislari kasbiy faoliyatni tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi ilg’or g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy izchil fikr almashish tajribasiga jiddiy e’tibor qaratadi.
Kreativ muhitda bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislari tarbiyalanuvchilar diqqat – e’tiborini jalb etish maqsadida biror bir yangilikdan foydalanadi. Qiziquvchanlik va shubhani uyg’otuvchi ma’lumot , tarbiyalanuvchilarni jalb etib, ularda o’qishga bo’lgan intilishni kuchaytiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachilar kreativlik darslarida jamoa tuyg’usining ahamiyatini anglagan holda , doimiy ravishda guruhlarni o’zgartirib, jamoa bo’lib ishlash , boshqalar qobiliyatini va mahoratini hurmat qilish ko’nikmasini shakllantiradi. Shunday qilib , yakka tartibda ishlash ma’lum vaziyatlarda samara bersa, kreativlik mashg’ulotlarida esa kichik guruhlarda ishlash maqsadga muvofiqdir, chunki kreativlik ko’nikmasi ijtimoiy fenomdir. A.J.Rouning fikriga ko’ra, kreativ qarashlar jamoa bo’lib ishlash jarayonida va kreativ hamkorlik natijasida shakllanadi.
Jamiyatimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, ilm-fan va ta’lim rivoji, zamonaviy fan- texnika yutuqlari bilan qurollangan malakali yetuk kadrlar bilan ta’minlash bugungi kundagi muhim vazifalardan biridir. Respublikamizning Pedagogika Oliy Ta’lim muassasalarining bo’lajak tarbiyachilarni tayyorlashdagi mas’uliyatni oshirish, pedagogik ta’limning real ta’lim amaliyoti bilan uyg’unligini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. Oliy Ta’lim Muassasalarining bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarining kasbiy rivojlanishi, ijtimoiy - shaxsiy qiziqishlarining kasbga yo’nalganligi, mustaqil fikrlashlari, ijodkorliklari, faolliklari, tarbiyachida kasbiy kompetentligini shakllantirish, dunyoqarashining turg’unlashuvi va o’z- o’zini tarbiyalashga bo’lgan ehtiyojlarini shakllanishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo’lajak tarbiyachi mutaxasis uchun Oliy Ta’lim tizimida ta’lim olish jarayonida pedagogik faoliyatni muvafaqqiyatli amalga oshirishda, kasbiy jihatdan, ahamiyatli sanalga sifat, bilim, ko’nikma, malakalarni rivojlantirish va o’z – o’zini takomollashtirishning maqbul davridir.
Respublikamizda ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, uzluksiz ta’lim, jumladan oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida kata o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oliy o’quv yurtdan keying ta’lim tizimi yanada takomollashtirildi. Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarini kasbiy ko’nikmalarni egallashga tayyorlash, ularga zamonaviy sharoitda tarbiyachilikka oid bilimlarni o’rgatishni ilmiy – nazariy va amaliy asoslarini o’rganish natijasida amaliyot, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat nizmi, tejamkorlik, bolalarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini shakllantirish, asosan bilimga oid bo’lgan intilishga qarab o’zlarining bilim manbaiga ega bo’ladilar.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo’g’ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat hamda nodavlat tarmog’ini kengaytirish ularni malakali pedagog kadrlar ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Demak, hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxasisligiga oid bilimlar bilan birga pedagogik psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir.
E.P. Torrens fikricha, ,, kreativlik’’ tushunchasi negizida quyidagilar yoritiladi:
- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish,
- farazlarni tekshirish va o’zgartirish,
- qaror natijalarni shakllantirish asosida muammoni aniqlash,
- muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama- qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik.
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. Tarbiyachining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvda aks etadi. So'’gi yillarda ushbu holat ,, pedagogik kreativlik ‘’ tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
,,Pedagogik kreativlik’’ - pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi, yangi g’oyalarni yaratish, shuningdek mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyatdir. Shaxs kamolotini ta’minlash uning intelektuall, ma’naviy - axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o’ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shunday ekan, bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarida kasbiy va kreativ qobiliyatlarini shakllantirish muhimdir. Boshqa har qanday sifat kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarida izchil rivojlantirilib boriladi. Ma’lumki, Oliy Ta’lim muassasalarida bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarida kreativ tafakkurga ega bo’lishlari ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirganligiga bog’liq. To’laqonli kasbiy va kreativ muhitga ega ta’lim muhitini yaratish puxta o’ylangan rejaga tayanadi. O’qituvchilar agarda o’zlarining kreativ o’qitish metod va strategiyalarini qo’llash, ya’ni keng ko’lamda o’ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etishda kata samaradorlikka erishishni istasalar, buni talabalar ongiga singdirishlari va o’z vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim (Higgins, Hall, Baumfuld& Masely; 2005). Shunday ekan, kreativlik va kasbiy jihatdan rivojlanishda har bir shaxs hayotida davr va bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko’ra ma’lum davr va bosqichlarda bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarida ham kasbiy va kreativ sifatlar, ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi.
Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi:

  • Ijodiy yo’nalganlik,

  • Eruditsiya ( bilag’onlik),

  • Ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskorlik,

  • Refleksiya qobiliyati,

  • Tavakkal qila olish qobiliyati,

  • Ichki sezgining rivojlanganligi,

  • Innovatsion qobiliyatga egalik,

  • Mantiqiy fikrlash qobiliyati,

  • Boy tasavvurga egalik,

  • O’z ijodkorligini to’la - to’kis namoyon etish,

  • Hissiyotga boylik,

  • Tafakkur tezligiga egalik,

  • O’ziga xos g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati ,

  • Yuksak badiiy qobiliyatlarga egalik .

Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarida kreativlik sifatlari bilan bir qatorda ijodkorlik va kasbiy kreativ qoboliyatlarni tashkil etishga layoqotliligini ifodalovchi quyidagi malakalarga ham ega bo’lishlari zarur.
- Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarida kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhlari,
- Bilishga oid malakalar,
- loyhalash malakalari,
- ijodiy – amaliy, konstruktiv malakalari,
- tadqiqotchilik malakalari,
- muloqotga kirishuvchanlik( komunikativ)malakalar,
- tahkilotchilik malakalari,
- izchillikni ta’minlovchi (protsessual)malakalar,
- texnik- texnologik malakalar.
Bo’lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxasislarida kasbiy va kreativ qobiliyatlarni shakllantirishning mavjud holati shundan iboratki, bu ta’lim olish, rivojlanishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Alohida bilim va ko’nikmalarning egallanishi, insonda tasavvuri, dunyoqarashi e’tiqodini shakllantiradi. Inson bulardan o’zining keying hayotida foydalanib o’z hayotiy o’rnini bo’lajak kasbi to’g’risidagi tasavvurlar hamda qadriyatlariga ega bo’lgan munosabatlarni belgilaydi. Ushbu hodisalar kasbiy shakllanishning pedagogik yo’naltirilganligini belgilab beradi.
Respublikada amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarning bosh maqsadi- barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalashdan iborat etib belgilangan bir sharoitda bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislari bilan ta’minlash masalasi o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Zero komil inson qiyofasida nafaqat shaxsiy sifatlar shu bilan birga , kasbiy shakllanishida yetakchi o’rin tutuvchi asosiy sifatlar:
Motivatsion xislatlar – insonning butun hayoti davomida shakllanib, rivojlanib, boruvchi tanlangan kasbiga bo’lgan ehtiyojlari, motivlari va maqsadlarini qamrab oladi. Motivatsion xislatlarning salmoqli qismini rag’batlantiruvchi g’oyalar tashkil etadi. U inson hayotining muayyan bosqichida shaklanadi va yashaydigan joy bilan bog’liq bo’ladi.
Intelektuall salohiyat quyidagilar bilan tavsiflanadi: fikrlash turlari ( ijodiy, nazariy va amaliy bilish)

  • Fikrlash metodi : ( obrazli va ko’rgazmali fikrlash, fikrning asoslanganligi),

  • Intelektuall sifatlar (zehnlik, moslashuvchanlik, tanqidiy fikrlash, aqliy xarakat qila olish),

  • Bilish jarayonlari ( diqqat, tasavvur xotira, idrok, fikrlash jarayonlari ( tahlil, sintez , aniqlashtirish va talqin qilish),

  • Bilish ko’nikmalari ( masalani qo’ya olish, uni tahlil qilib muammoni shakllantirish , uni asoslash , xulosalar chiqarish)

  • Fanlardan tashqari o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalar (axloqiy hamda umuminsoniy qadriyatlar to’g’risidagi tasavvurlari , hayotiy qarashlari)

Demak bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislari axborot va ma’lumotlarni bilishga, bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga intilishlari lozim.
Irodaviy sifatlar - maqsadning ongli ravishda belgilanishi bilan tavsiflanadi. Irodali insonga maqsadga intiluvchanlik, ichki va tashqi to’siqlarni jismoniy va aqliy zo’riqishlarni yenga olishlik , o’zini tuta bilishlik va tashabbuskorlik xislari xosdir.
Xissiy sifatlar - nafaqat xissiyotlar balki o’z-o’zini baxolash sifatlari bilan xam tavsiflanadi. Shu sababli bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarini xissiy sifatlarni shaklantirish va rivojlantirishga e’tibor berish juda muhim ahamiyat kasb etadi ya’ni:

  • O’z xissiyotlarini boshqarishning zaruriy malakalarini shakllantirishni e’tiborga olish,

  • O’zining aniq xislari (xamdardlik , uyalish, mag’rurlik, qo’rqish va boshqalarni boshqarishga o’rgatish;

  • O’z xissiy holatlarni va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni tushunishga o’rgatish.

Aqliy ko’nikmalar o’zida psixologik metodik- texnika , kasbiy va kreativ qobiliyatlar , mutaxasislarning faoliyat va muloqotning turli soxalaridagi ko’nikmalarni mujassamlashtiradi.
O’z- o’zini boshqara olishi maqsadlarni va ularga erishish vositalarini tanlashdagi erkinlik, vijdoniylik , o’z faoliyatiga tanqidiy yondashuv xarakatlarning keng qamrovliligi va anglanganligi , kelajakka ishonch o’z jismoniy hamda psixologik xolatini talab darajasida tutib turish va boshqara olish bilan tavsiflanadi.
Dastlab kasbiy va kreativ shakllanish tushunchasi shaxs rivojlanishining shakllaridan biri sifatida talqin etilgan. Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarining kasbiy va kreativ qobiliyatlarining shakllanishi uning o’quv- pedagogik vaziyatlarda o’ziga xos xususiyatlarning ifodalanishi bilan namoyon bo’ladi. Ayniqsa, mashg’ulotlar jarayonida aqliy, predmetli- amaliy va motivatsion omillar bilan bog’liq xislatlar namoyon bo’ladi. Shu bilan birga kasbiy va kreativ sifatlar ko’plab umumiy jihatlarga ham ega. Bu sohadagi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kasbiy faoliyatga , shuningdek, jamiyatdagi yangi mavqega kirishish yangidan hosil bo’ladigan hodisalar qatoriga kiradi.
Psixologik tadqiqotlarning natijalari shuni ko’rsatadiki, kasbiy faoliyat va bilish faoliyati motivlarining o’zaro birikmasi yuqori darajadagi intilish bilan bog’lanishi o’quv faoliyatining muvafaqqiyatli amalga oshishi uchun eng qulay sharoitni yuzaga keltiradi.
Har bir bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasisi uchun jarayonning davomiyligi va miqdori alohida belgilanadi. Kasbiy shakllanish jarayonining belgilari majmuasi hamda ularning kasbiy va kreativ rivojlanish darajalari ko’rinishidagi namoyon bo’lish darajasi asosida tasavvur qilish mumkin bo’ladi .
Kasbiy va kreativ ijodkorlik oliy tavsif sifatida qaraladi. U ijodiy xususiyatga ega shaxsiy kategoriya bo’lib, o’zida quyidagilarni mujassamlashtiradi;

  • Intelektuall-ijodiy tashabbuskorlik , intelektuall qobiliyatlar, bilimlar kengligi va chuqurligi,

  • Ziyraklik, qarama-qarshiliklarni seza olish, ichki yaratuvchanlik qobiliyati;

  • Kasbiy mahorat va bilimga intiluvchanlik qobiliyati.

Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislar o’qitishda Oliy Ta’lim Mutaxasislari pedagog- o’qituvchilar pedagogic faoliyat uchun muhim bo’lgan bir qancha sifatlarni o’rgatish bilan birga ularni shakllantirish hamda rivojlantirishga ham e’tibor qaratishlari joizdir. O’qituvchilar bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislariga o’z- o’zini boshqarish, qat’iyatlilik, atrofdagi insonlarga hurmat va e’tibor, kamchiliklarni his qilgan holda o’z imkoniyatlariga ishonishi, o’z-o’zini faoliyatini baholashda haqqoniylik, kuchli iroda , o’z kuch- quvvatini yo’naltira olish, faoliyat va maqsadni amalga oshirish yo’lida o’z imkoniyatlarini jamlay olishi , belgilangan maqsadni amalga oshirishda o’z faoliyatini boshqarib borish, aqliy faollik va o’zgaruvchan sharoitlarda o’z axloqini qayta qura olish , shaxsni harakatga keltiruvchi kuch va ijtimoiy borliq bilan o’z imkoniyatlarini qiyoslay olish omili sifatida o’z-o’zini hurmat qilish sifatlari rivojlangan bo’lsa, kasbiy va kreativ qobiliyatlari orqali esa ijodkorlik va bolalar uchun mashg’ulotlarni qiziqarli ravishda tashkil eta olish qobiliyatlarini o’rgatish lozimdir.
Demak kasbiy qobiliyat orqali kreativlik ya’ni ijodkorlik sifatlari ham shakllanar ekan. Bu ikki tushuncha mazmunan o’zaro aloqadordir. Shunday ekan, bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarida kreativ ijodkorlik orqali kasbiy faoliyatni ham mashg’ulotlar jarayonida qo’llay olish muhimdir. Demak, bo’lajal maktabgacha ta’lim mutaxasislarida yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida kreativlikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatni shakllantirar ekan. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislari maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi mashg’ulotlar jarayonida bevosita ishtirokchisiga aylanadi va ularni ta’lim va tarbiya olishlari uchun mas’ul shaxs hisoblanadi. Mashg’ulotlar jarayonida bolalar bilan ishlashda ular Oliy ta’lim muassasasalarida olgan bilimlar orqali ularni mashg’ulotlar davomida topqirlikka, hozirjavoblikka qolaversa, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini ham hisobga olgan holda o’tishlari lozim bo’ladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislaridan shuni talab qilinyabdiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilar ular orqali maktab ta’limiga tayyor tarzda pedagogik va psixologik tomondan esa ruhan tayyor holda maktab ta’limiga tayyorlab borishdir.



Download 0,62 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo’lajak maktabgacha ta’lim mutaxasislarida kasbiy va kreativ qobiliyatni shakllantirishning mavjud holati

Download 0,62 Mb.