|
Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining pedagogik faoliyatida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash
|
bet | 26/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИ2.3. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarining pedagogik faoliyatida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash.
Bizga ma’lumki, innovatsiyalar uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida bolalarning sifatli bilim olishlarini kafolatlabgina qolmay, ularning intellektual qobiliyati, mustaqillik tafakkurini shakllantirishga olib keladi.
Demak, innovatsiyalar yangiliklar asosida vujudga keladi va ta’lim jarayonini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida innovatsiyalardan o‘rinli foydalanish tarbiyachi uchun ham bola uchun ham ko‘plab qulayliklarni yaratib beradi. Xuddi shunday tarbiyaviy ishlarda ham innovatsion texnologiyalardan foydalanish faqat va faqatgina samadorlikning oshishiga olib keladi. Demak, belgilangan vazifalar asosida bugungi kunda ta’lim sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyaning ta’lim-tarbiya jarayoniga kirib kelishi jadallashmoqda.
Innovatsion texnologiyalar (noan’anaviy usul) jarayoni markazida bola shaxsi turadi. Bolani barkamol inson sifatida tarbiyalash jarayonini samarali amalga oshirishda interfaol usullardan keng foydalanish yaxshi samara beradi. Chunki mazkur jarayonda tarbiyachi bola faoliyatining yo‘naltiruvchisi, maslahatchisi, tashkilotchisi, boshqaruvchisi bo‘lib faoliyat olib boradi, bolalarda ko‘proq mustaqillikni, ijod va irodaviy sifatlarni shakllantiradi.
Interfaol so‘zining lug‘aviy ma’nosi: “inter”- bu o‘zaro, “act”- harakat qilmoq, yahni o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqotda bo‘lish tartibini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, o‘qitishning interfaol usullari bilish va muloqot faoliyatini tashkil etishning maxsus shaklidir. Ya’ni ta’lim jarayonida bolalarning o‘zaro muloqoti, ta’sirining maqsadli tashkil etish sharoitidir.
Interfaol ta’lim muhitining muhim sharti shuki, unda ta’lim oluvchi (bola) va ta’lim beruvchi (tarbiyachi)lar o‘rtasidagi birgalikdagi, o‘zaro hamkor faoliyat ustuvorlik qiladi. Bu pedagogik jarayon ishtirokchilarining hamkorligi va o‘zaro hamfikrligi hamda faolligiga asoslanadi.
Pedagog noan’anaviy usullardan qaysi birini qo‘llamasin, u har bir bolaning qiziqishi, individual xususiyatini bilgan holda yondashishi lozim. Innovatsion usullar asosida ta’lim muhiti yaratilganda bolalar jamoasi ishtirok etadi, ya’ni bola-pedagog, pedagog-bola emas, balki bolalarning o‘zaro birgalikdagi harakati sodir bo‘ladi. Bunda bolalar o‘z fikrlarini o‘z guruhdoshlariga aytadi, birovning fikriga qo‘shimchalar qo‘shadi. Jamoaviy harakat bolalarni birlashtiradi, qaysar, odamovi bolalarni esa jamoaga tortadi. Qanchalik bolalar bir-birlari bilan til topishib, o‘zaro tushunishsa, shunchalik ularning nutqi, fikrlashi, o‘zgalarni tinglashi shakllanadi.
Tarbiyachi pedagog zamonaviy usulni tanlar ekan, avvalo, kerakli vositalarni oldindan tayyorlamog‘i lozim. Hozirda amaliyotchilarda shunday fikr mavjudki, u ham bo‘lsa: “interfaol usullarda ishlaganda pedagog kam harakatlanadi, bolalar ko‘proq ishlab, muammoning yechimini o‘zlari topadi”. Bu qarash mohiyatan sayoz xulosadir. Chunki oddiy usulmi, yoki interfaol usulmi pedagog jarayonning egasidir. U mashg‘ulotgacha bajargan ishining sifati, vositalarning to‘g‘ri tanlanishi jiddiy ahamiyatga ega. Agar vositalar ko‘p talab etilgan usul qo‘llanilsa, demak pedagog mashg‘ulotgacha tegishli harakatini amalga oshirgan hisoblanadi. Agar jarayonda pedagog ko‘p harakat qilsa, demak tanlagan usuli shuni taqozo etadi yoki kerakli jixozlarni o‘z vaqtida tayyorlamagan hisoblanadi. Interfaol usullar pedagogni har doimdagidan ham ko‘proq ijod qilishga, mas’uliyatli bo‘lishga chorlaydi. Ya’ni, ishtirokchilarning barchasi jarayonda faol bo‘lishi taqozo etiladi.
Mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan bolalarda tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida, donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, shaxsiy gigiena, ozodalik, kiyinish odobi, bolalar huquqlari, tabiatni asrash, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalarni o‘tkazishda nimalarga e’tibor berish to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
Tarbiyachini yangi texnologik mahoratga ega bo‘lishi va ijodkorligiga tayangan holda mashg‘ulotlarni maqsadiga ko‘ra xilma-xil shakllarda tashkil etish mumkin:
1. Ijodiy mashg‘ulot
2. Ertalik
3. Suhbat
4. Sayohat
5. Uchrashuvli mashg‘ulot
Bolalarni mustaqil fikrlashga odatlantirish maqsadida multfilm, bolalar adabiyoti, ma’naviy o‘yinlar, mushoiralar qo‘llanilishi mumkin. Inson hayoti davomida duch keladigan turli-tuman to‘siqlar va ularni mardona yengib o‘tish masalasi xalq og‘zaki ijodiyotida, yozma yodgorliklarda, afsona, doston, qissa, hikoyat, rivoyatlarda hamda hurfikrli dono, ma’rifatparvar mutafakkirlarimizning asarlarida atroflicha talqin etilgan. Shu asarlardan bolalarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda keng foydalanish mumkin. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi, tarbiyasi, odobliligi uning muomalasida namoyon bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarni o‘tish va mazkur mashg‘ulot ishlanmalaridan foydalanishda tarbiyachi ijodiy yondoshgan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida har xil qiziqarli o‘yinlar orqali noan’anaviy tarzda tashkil qilishi mumkin.
Interfaol usuli hamkorlikda faoliyat olib borish ma’nosini anglatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun turli interfaol usulllar mavjud. Jumladan:
1. «Doira» usuli
2. «Akvarium» usuli
3. «Muzyorarlar»
4. «Guruhlarga bo‘linish»
5. «Aqliy hujum»
6. «Kim qaerda?»
7. «Mozaika»
8. «Tez yordam»
9. «To‘xtab o‘qish»
10. «Tarmoqlar» (Klaster)
11. «Suratli diktant»
12. «Chigil yozdi» o‘yinlari
13. «Zanjir»
14. «Enerjayzerlar»
15. «Hamma hammaga o‘rgatadi»
16. «Bahs-munozara»
17. «Kontinium» va h.k.
Ularning ayrimlarini mashg‘ulot jarayonlarida qo‘llashni tavsiya etamiz.
|
| |