• «Akvarium» usuli
  • «Ismlar» o‘yini
  • «Ism tarixi»
  • «Sizni tanishtirmoqchiman».
  • Andijon davlat pedagogika instituti




    Download 0,62 Mb.
    bet27/31
    Sana12.06.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #263037
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
    Bog'liq
    МУРОДОВА МУХТАСАР БМИ

    «Doira» usuli.
    Bunda bolalar doira shaklida o‘tirib, turli mashqlarni bajaradilar. Bu usulning bolalarni qator qilib o‘tkazish usulidan qulay tomoni shundaki, hech bir bola o‘zini ajratilganligini, ya’ni kimdir orqada, kimdir oldinda ekanligini sezmaydi. Har bir bola tarbiyachi nazari va e’tiboridan chetlanib qolmaydi. Hamma o‘zini «teng» his qiladi.
    «Akvarium» usuli
    Bu usulda bir nechta bola doira ichida turli vazifalarni bajarishadi. O‘rtadagi bu bolalar «Akvaruim» ichidagi baliqchalar kabidir. Ularning har bir harakati doira atrofida o‘tirgan bolalar tomonidan aniq kuzatib boriladi.
    «Muzyorarlar» usuli
    Maqsad: Ishtirokchilarni o‘zaro tanishuvlari uchun erkin muhitni yaratish. «Muzyorarlar» boshqacha tanishuvlar deb ataladi. Bu mashg‘ulot qisqacha qilib aytganda, bolalarning o‘zlarini tutishlariga, bir-birlari bilan tanishishiga va guruhda o‘zaro ishonch muhitini yaratishga ko‘maklashadi.Ularni ishtirok etishga va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga da’vat etadi. Mashg‘ulotlarda siz bunday mashqlarning yangi turlarini yaratishingiz mumkin. Biz sizlarga ayrimlarini tavsiya etamiz.
    «Ismlar» o‘yini. Birinchi bola o‘z ismini aytadi. So‘ngra esa ismi qay harfdan boshlansa, xuddi shu harf bilan boshlanadigan o‘z fazilatlaridan birini aytib o‘tadi. (masalan, Shoira-sho‘x). Ayni paytda uning shu xarakterini ifodalaydigan harakatlar bilan aks ettirib berish mumkin.
    «Ism tarixi» bolalar navbat bilan nima uchun aynan shu ism va kim tomonidan qo‘yilganligi haqida so‘zlab beradilar.
    «Men o‘n yildan so‘ng» Har bir bola o‘z ismini aytadi va o‘n yildan keyingi hayoti haqida so‘zlaydi.
    «Sevimli jonivorlar» Har bir bola, agar iloji topilganda, qanday jonivorga aylanib qolishini xohlashini aytadi. Hayvonning nomi unga xos bo‘lgan harakatlar bilan ko‘rsatiladi.
    «Sizni tanishtirmoqchiman». Bolalar guruhi juftliklarga ajratiladi va shundan so‘ng har bir bola o‘z sherigini guruh azolariga tanishtiradi.
    «Bolalagimdan qolgan toshcha». Kichik tosh-guruh bo‘ylab navbat bilan uzatiladi va uni tutib turgan bola ismini aytadi, hamda bolaligidan qolgan qiziq voqealarni so‘zlab beradi.

    Download 0,62 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat pedagogika instituti

    Download 0,62 Mb.