|
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
|
bet | 2/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИMuammoning o‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkur, kognitiv faoliyat, diqqat, xotira rivojlanishiga doir tadqiqotlar F.Qodirova M.Abdullayeva, Z.Azizova, G.Berdaliyeva, D.Babayeva, T.Hurvaliyeva, Sh.K.Xujamberdiyeva kabi olimlar tadqiqot ishlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash masalasi o‘rganilgan.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlari olimlari N.S.Melnik, E.V.Dekina, M.A.Lebedeva, V.A.Ivanova, E.A.Kurkina, E.V.Stolinskaya, L.A.Bogatireva, M.T.Nogerova, K.Yu.Chernisheva kontsentratsiyaning pedagogik, psixologik, tibbiy va kognitiologik jihatlari atroflicha tadqiq qilingan.
Xorijiy davlatlar olimlardan J.Goodsitt, J.Grady Raitan, M.Perlmutter, L.Maxwell, G.W.Evans, J.Brodin, K.Renblad, A.J.Goldman, R.Thompson, M.O‘Kanelar ilmiy tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni kognitiv rivojlanishi keng yoritilgan hamda ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va mavzuning dolzarbligini inobatga olgan holda bitiruv malakaviy ishi mavzusini “Yangıcha yondashuvlar asosıda bo’lajak maktabgacha ta’lım mutaxasıslarıda kasbıy va kreatıv qobılıyatlarını shakllantırısh” deb nomladik.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Yangıcha yondashuvlar asosıda bo’lajak maktabgacha ta’lım mutaxasıslarıda kasbıy va kreatıv qobılıyatlarını ilmiy-nazariy jihatdan asoslash.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti: Yangıcha yondashuvlar asosıda bo’lajak maktabgacha ta’lım mutaxasıslarıda kasbıy va kreatıv qobılıyatlarını shakllantirishga qo’yiladigan talablarni aniqlash jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: Yangıcha yondashuvlar asosıda bo’lajak maktabgacha ta’lım mutaxasıslarıda kasbıy va kreatıv qobılıyatlarını shakllanyirish mazmuni, unga qo’yiladigan talablar va zamonaviy yondashuvlar.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
mavzuga oid pedagogik, psixologik, falsafiy yo`nalishidagi manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;
zamonaviy tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o’rnini asoslash;
maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisining kasbiy kompetentsiyasini aniqlash;
kreativ yondashuv – tarbiyachi ijodiy faoliyatini rivojlantirishning muhim sharti ekanligini asoslash;
tarbiyachining innovatsion faoliyatini yoritish;
maktabgacha ta'lim tizimini texnologiyalashtirish sharoitida tarbiyachi faoliyatini tashkil etishni asoslash;
mavzu yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asosi. O`zbekiston respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi Qonuni, “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, nutq va ma'ruzalarda maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, O`zbekiston respublikasi Hukumatining maktabgacha ta'limni sifat va samaradorligini ta'minlashga qaratilgan me'yoriy Hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 2017-yil 30-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori, 2018-yil 18-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son Qarori, 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PQ-4312-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni, mavzuga oid ilmiypedagogik, psixologik, metodik manbalar.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi maktabgacha yoshdagi bolalarning kontsentratsiya qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari bolalar yosh va rivojlanishiga mos xususiyatlarini (beqarorlik, impulsivlik, chalg‘ish, beparvolik, jalb qilishda qiyinchilik va diqqatni bir obyektga nisbatan uzoq vaqt jamlashning qiyinligi) kontsentratsiya qobiliyatining tarkibi bo‘lgan diqqatning asosiy turlariga (tabiiy va ijtimoiy belgilangan, bevosita va bilvosita diqqat, ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqat, hissiy va intellektual diqqat) ichki integratsiyalashtirish orqali aniqlashtirilgan, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kontsentratsiya qobiliyatini rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar majmuasini shakllantirishning ustuvor jihatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida egallashi lozim umumiy muhim kompetentsiyalarni (kommunikativ, o‘yin, ijtimoiy, bilish kompetentsiyalari) aniqlashtirilgi, ilmiy asoslangan metodikasi berilganligi bilan tavsiflanadi.
|
| |