• Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi va hajmi
  • Kasb ta’rifi.
  • Kasb tarixi.
  • Ish joylari.
  • Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati




    Download 0,62 Mb.
    bet3/31
    Sana12.06.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #263037
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    МУРОДОВА МУХТАСАР БМИ

    Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlar, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari uzluksiz ta’lim tizimida tadqiqot olib boruvchilarga, shuningdek maktabagacha pedagogika fani bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar yaratish, ish tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.
    Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 6 bo`lim, umumiy xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo’lib, jami 73 sahifani tashkil qiladi.


    1 BOB. HOZIRGI ZAMON TARBIYACHISIDA KASBIY MAHORAT VA KOMPETENTLIKNING ZARURIYATI
    1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi faoliyati.
    Respublikamizda ta’lim tizimini, jumladan, maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni ilg‘or texnologiyalar asosida tarbiyalash va ijtimoiylashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, sо‘nggi yillarda tarbiyachilar va ular kasbiy mahoratini oshirish hamda sifatli ta’limga bо‘lgan ehtiyoj dunyo miqyosida keskin orta boshladi. Shunday ekan tarbiyachilarni har tomonlama о‘z kasbining bilimdoniga aylantirish, о‘quv-tarbiya ishlari jarayonining mazmunini hamda shaklini yangilash orqali ta’lim samaradorligini oshirishga erishish dolzarblik kasb etadi.
    Kasb ta’rifi. Tarbiyachilik ishi mas’uliyatli kasblardan biri hisoblanadi. Shu sababli mutaxassis о‘z faoliyati davomida pedagogika, psixologiya, gigiyena talablariga javob bera olishi kerak. Odatda tarbiyachi zimmasida bir guruh bolalarga g‘amhо‘rlik qilish yotadi. Bu jarayon bino ichida va xuddi shu bilan bir qatorda tashqarida ham о‘tkazilishi mumkin. Kutilmagan jarohatlanish vaziyatlarida shifokor kelguniga qadar birinchi tibbiy yordam kо‘rsata oladigan darajada bilimga ega bо‘lishi talab etiladi.
    Kasb tarixi. Qadimgi tarixdan ma’lumki, bolalar tarbiyasi bilan faqat ayollarimiz shug‘ullanishgan. Qadimgi Yunonistonda bola tarbiyasi bilan qullar shug‘ullangan. Yildan yilga bola tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan alohida bir mutaxassislarga, ya’ni tarbiyachilarga ehtiyoj sezilib, bugungi kunga kelib bunday mutaxassislarga ega tashkilot – davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari kо‘rinishida vujudga kelgan.
    Ish joylari. Tarbiyachilar – maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ya’ni rivojlantiruvchi markazlar, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boradilar. Mansab pog‘onasida maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori darajasigacha kо‘tarilishlari mumkin.

    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati

    Download 0,62 Mb.