Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining kasbiy kompetentsiyasi




Download 0,62 Mb.
bet7/31
Sana12.06.2024
Hajmi0,62 Mb.
#263037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
МУРОДОВА МУХТАСАР БМИ

1.2. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining kasbiy kompetentsiyasi.
Tarbiyachining kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:
1) tarbiyachining shaxsiy fazilatlar bo’yicha tayyorgarligi;
2) tarbiyachining ruhiy-psixologik tayyorgarligi;
3) tarbiyachining ijtimoiy-pedagogik va ilmiy-nazariy jihatdan tayyorgarligi;
4) tarbiyachining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi.
Tarbiyachi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to’g’ri baholay oladigan hamda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak. Muloqot jarayonida tarbiyachining so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do’stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin. Hozirgi sharoitda jamiyatning tarbiyachilik kasbiga nisbatan qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda to’g’ri tashkil qilish vazifasi tarbiyachiga bog’liq. Ijodiy faoliyat olib boruvchi tarbiyachi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o’qitish va tarbiyalash, ilg’or pedagoglar ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisi fan va texnika taraqqiyotining eng so’nggi yutuqlaridan foydalanishi, o’z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo’llay olishi taqozo etiladi.
Qobiliyat – shaxsning individual-psixologik xususiyati bo’lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish sub'ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig’indisiga aytiladi, zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo’lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya'ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg’ulariga qarama-qarshi qo’yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo’yilishi kerak. Qobiliyatni inson tug’ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi.
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to’plami deb atadi va uning ettita jihatini ajratib ko’rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini tarbiyachi pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olimlar ushbu jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va tarbiyachining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko’rsatib o’tadilar:

  • muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati: tarbiyachining mashg‘ulot jarayonlarida guruhda ijobiy ruhiy iqlim yarata olishi;

  • voqealarni oldindan ko’ra olish qobiliyati: ushbu qobiliyat turi har bir tarbiyachining sergakligida, bolalarning ruhiyatini, ichki dunyosini ko’ra olishida namoyon bo’ladi. Shunda tarbiyachi kim nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi;

  • eshitish va his qilish qobiliyati: bunday qobiliyatga ega bo’lgan insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya asosida yaxshi o’qishadi, eshitgan narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa she'r va qo’shiqlarni sevib tinglaydi;

  • kinestetik (teri-muskul) qobiliyat: tarbiyachining o’z hatti-harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilib yo’naltiradi, vaqtni, harakat sur'atini his qilish, maishiy qulayliklarni yarata olish, hayot marhamatlaridan rohatlanish;

  • mantiqiy qobiliyat: mulohaza yuritishni, raqamlarni, matematikani, murakkab masalalarni sevish, sababiyat va natijalarni tushunish malakasi, voqelikda asosiyni ikkinchi darajalisidan ajrata olish;

  • shaxsning ichki qobiliyati: o’z-o’zini bilish, tushunish va his qilish qobiliyati. erkin shaxsda qo’rquv yoki noerkinlik tuyg’usi kamdan-kam holda bo’ladi.

Qobiliyat tarbiyachining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bir xil sharoitda qobiliyatli pedagoglar o’z faoliyatlarida ham qobiliyati past kishilarga qaraganda ko’proq yutuqlarga erishadilar. Qobiliyat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta'minlaydi.
Qobiliyatli kishi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi. Qobiliyat bilimdan farq qiladi.
Bilim bu ilmiy mutolaa natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo’lib, shu bilan birga, u ma'lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi. Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malakalardir.

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining kasbiy kompetentsiyasi

Download 0,62 Mb.