|
Andijon davlat pedagogika instituti
|
bet | 10/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИshaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish;
texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish;
ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik.
Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo’lishda o’z ustida ishlash, o’z- o’zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’z-o’zini rivojlantirish vazifalari o’zini o’zi tahlil qilish va o’zini o’zi baholash orqali aniqlanadi. O’z ustida ishlash – tarbiyachining izchil ravishda o’zining kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etishi. O’z ustida ishlash quyidagilarda ko’rinadi:
Tarbiyachining mutaxassis sifatida:
aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
pedagogik jarayon samaradorligini, o’zining ishchanlik faolligini oshirish;
izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o’zlashtirish;
ilg’or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo’lish;
faoliyatiga fan-texnikaning so’nggi yangiliklarini samarali tatbiq etish;
kasbiy va malakalarini takomillashtirish;
ko’nikma salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo’lida olib boradigan amaliy harakati uning o’z ustida ishlashini ifodalaydi.
Tarbiyachining kasbiy kompetentlikka ega bo’lishida o’zini tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi. O’zini o’zi tahlil qilish tarbiyachi tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o’z amaliy harakatlari mohiyatining o’rganilishidir. O’zini o’zi tahlil qilish orqali tarbiyachi o’zini o’zi ob'ektiv baholash imkoniyatiga ega bo’ladi. Zero, tarbiyachilarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo’lishida ularning o’z-o’zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. O’zini o’zi baholash (O’O’B) – shaxsning o’z-o’zini tahlil qilishi orqali o’ziga baho berishi. O’zini o’zi baholash sub'ekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o’ziga ob'ektiv baho berish, o’zidan qoniqishni ta'minlaydi. O’z-o’zini baholash shaxsning qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O’z-o’zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi tarbiyachining ham o’zini o’zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta'sir ko’rsatadi.
|
| |