Andijon davlat pedagogika instituti




Download 0,62 Mb.
bet18/31
Sana12.06.2024
Hajmi0,62 Mb.
#263037
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
МУРОДОВА МУХТАСАР БМИ

Qaysi davr pedagogik sistemasi bo’lmasin u o’zaro bog’langan quyidagi elementlardan iboratdir:
1) ta’lim (tarbiya)maqsadi (umumiy va xususiy);
2) ta’lim (tarbiya)mazmuni;
3) ta’lim (tarbiya)jarayoni (xususiy tarbiya va ta’lim);
4) lar (o’qitishningtexnika vositalari);
5) tarbiyaviy ishlarni tashkiliy shakllari.
Innovatsiya chuqurroq bilim olish, o’rganish, o’zlashtirish, keng hajmdagi bilimlarni olishga qaratilmog’i yaxshi natijalar berishi mumkin.
Bular doimiy pedagogik muammo bo’lib kelayotgan: o’quv-tarbiyaviy faoliyat motivatsiyasini oshirish, dars jarayonlarida o’quv materialni hajmini oshirish, o’quv jarayonini jadallashtirish, vaqtni tejash, ko’proq ilg’or metodlardan foydalanish, o’quv-tarbiyaviy ishlarda interfaol usullardan foydalanish, ilg’or texnologiyalarni qo’llash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilishdan iborat. Yuqori natijalar beradigan yangi g’oyalar, yangi nazariy bilimlar beruvchi, shaxsni rivojlanishiga olib keluvchi, tom ma’nodagi innovatsiyalarni yaratish, izlash, joriy etish talab etiladi.
Ko’plab umumiy va xususiy loyihalarni tahlil etib, pedagogik nazariya va amaliyotga tadbiq etilish xususiyat va holatlarini o’rganish asosida umumpedagogik innovatsiyalarni quyidagi ko’rinishlarini belgilash mumkin:
1. Juda yangi bo’lmasa-da, doimiy faol bo’lgan, o’zining g’oyasi, ahamiyati jihatdan eskirmagan, o’quv jarayonini optimallashtirishga xizmat qiladigan o’quv-tarbiya texnologiyalari.
2. Gumanistik pedagogika mohiyatini ifodalovchi texnologiyalar.
3. Pedagogik tizim jarayonidagi boshqaruvlarni yangi g’oya, yondashuvlar asosida tashkil etilishini ta’minlovchi texnologiyalar.
4. Yangi g’oyalar, axborot vositalari va ommaviy kommunikatsiyalarga asoslangan texnologiyalar.
Innovatsion texnologiyalarda yangiliklarni asosiy yo’nalishlari sifatida:
- pedagogik tizimning bir butunligi;
- o’quv muassasalari;
- pedagogik nazariya;
- ta’lim oluvchilar;
- pedagogik texnologiya;
- ta’lim (tarbiya) mazmuni;
- ta’lim (tarbiya)ning shakl, metod va vositalar;
- ta’lim (tarbiya) jarayonini boshqarish;
- ta’lim (tarbiya) maqsadi;
- ta’lim (tarbiya) natijalarini ko’rsatib o’tish mumkin.
Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g’oyalarning mavjud g’oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni echishga qaratilgan faoliyat.
Mohiyatiga ko’ra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi takomillashtirilgan mahsulotni yaratishdan iborat:
- yangilikni qo’llashga tayyorgarligi;
- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
- novatorlik darajasi;
- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
- ijodkorligi.
Innovatsion jarayonni tashkil etuvchi yangilik yaratish, o’zlashtirish, yangilikni qo’llash–hamkorlikda innovatika ob’ekti hisoblanadi. Pedagogik didaktikada esa o’qish jarayoni ilmiy tadqiqot ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Ana shu bilan ular bir-biridan farqlanadi.

Download 0,62 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat pedagogika instituti

Download 0,62 Mb.