• T a ’l i m inn o vats i yal a ri
  • T a ’ l i m i n n o v ats i ya la r i
  • Faoliyat yo’nalishi tavsifiga ko’ra
  • Ke l i b ch i q i sh ma n b a i g a k o’r a
  • O’ z g a r i shl a r n i n g k o’l am i ga k o’ra
  • “ yan g i ” , “ yan g ili k ”
  • 1-jadval
  • Andijon davlat pedagogika instituti




    Download 0,62 Mb.
    bet16/31
    Sana12.06.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #263037
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
    Bog'liq
    МУРОДОВА МУХТАСАР БМИ

    Innovatsion ta’lim (ingl. innovation yangilik kiritish, ixtiro) ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim.
    Innovatsion ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.
    Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
    Talim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi.
    Innovatsion talim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda
    Rim klubida qo’llanilgan.
    Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi:
    Faoliyat yo’nalishi tavsifiga ko’ra:

    1. pedagogik jarayonda qo’llaniladigan innovatsiyalar;

    2. radikal innovatsiyalar;

    3. kombinatsiyalangan innovatsiyalar;

    4. modifikatsyalangan innovatsiyalar.

    Kelib chiqish manbaiga ko’ra:

    1. tarmoq (lokal) innovatsiyalari;

    2. modul innovatsiyalari

    3. tizim innovatsiyalari

    O’zgarishlarning ko’lamiga ko’ra:

    1. jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar;

    2. o’zlashtirilgan innovatsiyalar.

    Innovatsiyalar turli ko’rinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy ko’rinishlari sanaladi.

      • yangi g’oyalar;

      • tizim yoki faoliyat yo’nalishini o’zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;

      • noan’anaviy yondashuvlar;

      • odatiy bo’lmagan tashabbuslar;

      • ilg’or ish uslublari.

    Ta’lim tizimida yoki o’quv faoliyatida innovatsiyalarni qo’llashda sarflangan mablag’ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko’zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o’zgaruvchan mexanizmga ega bo’lishi zarur.
    Barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’limda ham novatsiya, innovatsiya hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to’g’risida so’z yuritiladi.
    Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o’zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi.
    Bordi-yu, faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o’zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi.
    Ilmiy adabiyotlarda novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Misol uchun, yangi, yangilik tushunchasi nafaqat muayyan g’oyani, balki hali amaliyotda foydalanilmagan yondashuv, metod hamda texnologiyalarni ifodalaydi. Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat bo’lib, o’zgarib turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish g’oyalarini o’zida aks ettiradi.
    Darhaqiqat, yangilik – vosita sanalib, u aksariyat holatlarda yangi metod, metodika, texnologiya va b. ko’rinishida namoyon bo’ladi.
    Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o’tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o’rganila boshlagan. Mohiyatiga ko’ra novatsiya va innovatsiya o’rtasida muayyan farqlar mavjud.Ular quyidagilardir.
    1-jadval
    Novatsiya va innovatsiyalar o’rtasidagi asosiy farqlar


    Download 0,62 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat pedagogika instituti

    Download 0,62 Mb.