|
Andijon davlat pedagogika instituti
|
bet | 24/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИInsonparvarlik – insonning qadri erkinligi baxt-saodati teng huquqliligi to’g’risida insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g’amxo’rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Pedagoglarning individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o’z imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish; oldindan aniqlanayotgan vaziyatlarga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lish, o’zgalar muvoffaqiyatini oqilona baholash, moddiy va ma’naviy rag’batlantirishda adolatlilik.
Samimiylik – atrofdagi kishilar bilan munosabatda sofdillik, vijdonlilik ifodalanadigan shaxsiy sifat.
Vatanni sevish – ona yurtiga, ota-onasiga va yoru do’stlariga sadoqatli bo’lish va e’tiqod qilish; mustaqil respublikamiz konstitutsiyasi va qonunlari, davlatimiz ramzlari, milliy urf-odatlar va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik.
Fidoiylik. Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish, ota-bobolarimiz qoldirgan madaniy meroslarni to’plash, o’rganish, avaylab saqlash va targ’ib qilish.
Hozirgi taraqqiyotimizning talablari asosida ta’lim standartlari takomillashtirilib, dasturlar modernizatsiya qilinib, ta’lim muassasalariga etkazilib berilmoqda. Ta’lim muassasalarining moddiy bazalari jadallik bilan mustahkamlanmoqda.
Tarbiyachi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan shartlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga–yangilik, maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi.
Tarbiyachining innovatsion faoliyati - o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari tarbiyachining innovatsion faoliyatga hozirligi meyorlarini belgilashga imkon berdi:
innovatsion faoliyatga bo’lgan zaruriyatni anglash;
ijodiy faoliyatga talab qilinishiga tayyorgarlik;
shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
innovatsion faoliyatni ijro etish texnologiyasiga tayyorgarlik darajasi.
Innovatsion jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlarining pedagogik asoslarini o’rganish o’quv jarayonini zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlari yutuqlari asosida, jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
Hozirgi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida tarbiyachi innovatsion faoliyatiga bo’lgan talablar quyidagilar bilan aniqlanadi:
- ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi metodologiya va o’quv jarayonining texnologiyasini tubdan yangilanishni talab qiladi. Bu sharoitda tarbiyachi innovatsion faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va foydalanishdan iborat bo’ladi;
- ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, o’qitishning yangi shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo etadi.
Tadqiqotlar tarbiyachining innovatsion faoliyatiga ijobiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi:
mo’ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;
yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va aniqlik darajasini aniqlash;
yangilikni tadbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
yangilikni tadbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.
Bunda tarbiyachining innovatsion faoliyati o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi, unda innovatsion faoliyatining samarasi tarbiyachi shaxsiyati bilan belgilanadi.
Tarbiyachining innovatsion faoliyatiga bo’lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari:
shaxsning ijodiy motivatsiyani qo’llaganligi. Bu qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o’z kamolotiga intilish;
kreativlik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o’z kamolotiga intilish;
kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati;
mualliflik konsepsiyasi va ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyatlari;
ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o’zaro yordam berish qobiliyati;
o’qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur’ati va ish qobiliyati; qat’iyatlik, mas’uliyatlik va xalollik, o’zini tuta bilish.
Innovatsion faoliyatni eng muhim masalalardan biri - tarbiyachi shaxsi: u novator, sermaxsul ijodiy shaxs, keng qamrovli qiziqish, ichki dunyosi boy, pedagogik yangilikka o’ch bo’lishi lozim.
Tarbiyachining innovatsion faoliyatini rivojlantirishga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
- tarbiyachilarning ijod qilishi uchun erkinlikning taqdim etilganligi;
- novator tarbiyachilarni resurslar bilan ta’minlanishining rahbariyat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi;
-jamoada munozara va fikrlar almashinuvining faol yo’lga quyilganligi;
-kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga ishtiyoqning rag’batlantirilganligi;
- tarbiyachining o’z-o’zini rivojlantirishi uchun imkoniyatlarning taqdim etilishi;
- yuqori darajadagi axboriy ta’minotning yo’lga qo’yilganligi;
- o’zgarishlar argumentatsiyasining asoslanganligi;
- jamoada ishonch va o’zaro bir-biriga yordam berish jarayonining qo’llab-quvvatlanishi.
|
| |