|
Andijon davlat pedagogika instituti
|
bet | 20/31 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #263037 |
Bog'liq МУРОДОВА МУХТАСАР БМИInnovatsion texnologiya – pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni (faollik, didaktik o’yinlar, evristik, kreativ, muammoli, loyihashtirilgan, AKT texnologiyalari).
Innovatsion o’qitish: 1) yangicha o’qitish tizimi; 2) va talabalarni yangi kiritilgan texnologiyalar asosida o’qitish jarayoni (algoritmlash, loyihali, modulli va b.).
Innovatsion faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a boshlovchi, taraqqiyettiruvchi, zamon bilan birga qadam tashlashga yordam beruvchi kuch sanaladi.
Innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlarini olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridanfoydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan sharoitda yangi mahsulot yaratish bilan yakunlanadi. Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning shakllanishi bo’lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi loyihaga, loyihani texnologiyaga aylantirishga yo’nattirilgan faoliyatdir
Pedagogik innovatsion faoliyati quyidagi belgilar asosida namoyon bo’ladi:
- ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;
- pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;
- mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati;
- tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;
- o’zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo’llay olish;
- hamkasblar bilan hamkorlik;
- fikr almashish va metodik yordam ko’rsata olishlik;
- ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;
- yangiliklarni izlab topish va ularni o’z sharoitiga moslashtirib borishni innovatsion faoliyatga tayyorlashda pedagogik jamoadagi psixologik muhit, jamoa a’zolarining qay darajada dunyo ta’limi bozoridagi yangiliklardan xabardor ekanligi asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Innovatsion faoliyatining shakllanishida pedagogik jamoada ijodiy muhitning alohida o’rni borligini ko’pchilik olimlar ta’kidlab o’tadilar. Ta’lim oluvchilarning novatorlik xususiyatlari va ta’lim jarayonidagi yangiliklarga bo’lgan ijobiy munosabatlariga qarab beshta guruhga ajratiladi:
1. Novatorlar.
2. Eski g’oyalarni amalga oshiruvchilar.
3. Eski g’oyalarni amalga oshirishni ma’qul ko’ruvchilar (ular aksariyat holatlarda ko’pchilikni tashkil etadilar).
4. Yangi g’oyalarni amalga oshirishni ma’qul ko’ruvchilar (bugungi kunda ularning soni ham ortib bormoqda).
5. Ikkilanuvchilar.
Ta’lim sifatini oshirish jamiyatning barcha jabhalarida hayotni yaxshilash va farovon turmush kechirishga olib keladi. YAngilikni kiritish ta’lim sifatini oshirishning samarali vositasi bo’lganligi uchun ham rivojlangan davlatlar ta’lim jarayoniga uzluksiz yangilik kiritishga harakat qiladilar.
Ko’pgina mamlakatlar tajribalari shuni ko’rsatadiki, innovatsion jarayonlarda yuqoridan pastga qarab harakatlansa va bunda bo’ysunuvchi ijrochisi, ya’ni yangilikning faqat iste’molchisi bo’lib qolsa, u holda bu jarayon ma’muriy xarakterga ega bo’ladi.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
• kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
• me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
• kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
• dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo’lish;
• o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, o’z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.
Pedagogika adabiyotlarida innovatsion jarayonning sxemasi ko’rsatiladi va uning bosqichlari quyidagicha:
1. Yangi g’oya tug’ilishi yoki yangilikning paydo bo’lishi (kashfiyot bosqichi) deb yuritiladi.
2. Ixtiro qilishlik – yangilik yaratish bosqichi;
3. Yaratilgan yangiliklarning amalda qo’llay bilish bosqichi;
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi;
5. Muayyan sohada yangilikka xukmronlik qilish bosqichi.
Tarbiyachi sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina etarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g’oyalar bayon etiladi, yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi.
Maktabgacha ta'lim hayoti kichik pedagogik jarayon bo’lib juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa tarbiyachidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi.
|
| |